question_id
int64
7.99k
24.2k
title
stringlengths
1
145
body
stringlengths
1
7.25k
category
stringclasses
27 values
region
stringclasses
14 values
owner
stringlengths
1
19
created_at
stringdate
2019-04-24 08:12:23
2025-02-11 08:43:31
answer_id
int64
1
13.2k
answer_body
stringlengths
0
14.9k
answer_author
stringclasses
157 values
author_region
stringclasses
13 values
isLawyer
bool
2 classes
isLegist
bool
1 class
answer_created_at
stringdate
2019-04-26 17:12:43
2025-03-30 17:20:45
21,879
Bu holatda rozilik xati tan olinadimi?
Assalomu alaykum. Men o'tgan haftada Damas avtomobilini harid qildim. Avtomobil egasi ayol kishi, shu yerda O'zbekistonda. Lekin turmush o'rtog'i Rossiyada. Avtomobilni o'z nomimga o'tkazish uchun rozilik xati kerak bo'lishini bilaman. Savolim shundan iboratki: "Rozilik xatini Rossiyada notariusda yozdirib, tasdiqlatib, faks orqali O'zbekistonga jo'natsa, shu orqali men avtomobilni o'z nomimga rasmiylashtira olamanmi?" Hozirda vaqtinchalik ishonchnoma bilan boshqaryapman.
notary
words.regions.andijan
Mirahmad
2023-03-23T04:33:11.000000Z
12,136
Assalom alaykum. Boladi
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-03-23T06:20:29.000000Z
21,879
Bu holatda rozilik xati tan olinadimi?
Assalomu alaykum. Men o'tgan haftada Damas avtomobilini harid qildim. Avtomobil egasi ayol kishi, shu yerda O'zbekistonda. Lekin turmush o'rtog'i Rossiyada. Avtomobilni o'z nomimga o'tkazish uchun rozilik xati kerak bo'lishini bilaman. Savolim shundan iboratki: "Rozilik xatini Rossiyada notariusda yozdirib, tasdiqlatib, faks orqali O'zbekistonga jo'natsa, shu orqali men avtomobilni o'z nomimga rasmiylashtira olamanmi?" Hozirda vaqtinchalik ishonchnoma bilan boshqaryapman.
notary
words.regions.andijan
Mirahmad
2023-03-23T04:33:11.000000Z
12,154
Albatda bo'ladi notaryal idoralarda tasdiqlangan bo'lsa
Firdavs Abdujalilov
words.regions.samarkand
false
true
2023-03-26T12:53:17.000000Z
21,877
Bu holatda qayerga murojaat qilsam bo'ladi?
Assalomu alekum! Men o'g'limga aliment olardim. Oglimmi dadasi alimetdan kech chet elda ishlab sanga xar oy pul jonataman degandi. Endi tel qb pul jonat disam Nima qisen qil sanga pul yo didi. Nima qisam boladi kimga murojaat qiley alimet tolashi uchun. Chet eldan deport qildirb ozbekistonga qaytarsa boladmi?
family
words.regions.tashkent
Firuza
2023-03-22T18:00:09.000000Z
12,137
Assalom alaykum. MIB ijrochisiga borib taqiq qoydirib qoying. uzbga qaytganida qaytib chiqib keta olmaydi. Boshqa ilojingiz yoq.
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-03-23T06:26:11.000000Z
21,876
Dekret pulidan davlat solig'i qaytariladimi?
Assalomu aleykum. 1-apreldan dekretga chiqaman va maktabda òqituvchi lavozimida ishlayman va dekret pulidan tashqari otpustnoy ham tòlanadimi? Keyin Dekret pulidan davlat solig'i qaytariladimi?
labor
words.regions.samarkand
E'zozw
2023-03-22T17:25:35.000000Z
12,138
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 104-bandiga ko`ra, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (dekret puli) tug‘ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lanadi. Dekret puli tolanadi. Otpusnoy tolanmedi. Homiladorlik va tug`ish nafaqasi xodimning boshqa daromadlari tarkibiga kiritiladi (Soliq kodeksi 178-moddasining 1-bandi), biroq unga Soliq kodeksi 179-moddasi birinchi qismining 20-bandiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinmaydi
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-03-23T06:30:50.000000Z
21,874
Ta'til maoshimni qanday olsam bo'ladi?
6 oy ishladim lekin staj yozilmagan. Ishdan bo'shadim menga otpuska pul tashab berilishi kerakmi? 10- sentabrda kirganman ishga 10 -martda bóshadim menga 10 kunlik oylik ham hali tushmadi nima qilishim kerak birinchi yil ishlashim.
labor
words.regions.karakalpakistan
Umida
2023-03-22T16:13:46.000000Z
12,139
Assalom alaykum albatta tolanadi. Adliya bo’limiga murojaat qiling
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-03-23T06:38:24.000000Z
21,870
Ayollar uchun pensiya yoshi necha yosh?
Savol Ayollar uchun pensiya yoshi necha yosh? pensiya to'lanish vaqti ariza berilgan kundan boshlanadimi yoki pensiya yoshiga yetgan kunidan hisoblanadi?
socialsecurity
words.regions.kashkadarya
Nazira
2023-03-22T07:13:07.000000Z
12,133
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro, O‘zbekiston Respublikasi''Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonun''ning 7-moddasiga muvofiq Ayollar-55 yoshga to‘lishi va 20 yil ish stajiga ega bo‘lganda davlat pensiya ta'minotini olish huquqiga ega bo‘ladi.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-22T09:27:06.000000Z
21,868
Men propiskamni qay tartibda o'zgartirsam bo'ladi?
Assalomu Aleykum ! Men Mirobod tumanidan (прописка) daman lkn Yunsobod tumaniga (прописка) ka o'zgartirmoqchiman kimga murojat qilishim kerak va qaysi xujjatlar bilan ? My.gov.com dan oline o'zgartira olamanmi ? Oldindan katta rahmat !
housing
words.regions.tashkent_region
B
2023-03-21T21:59:37.000000Z
12,135
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro siz Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish yoki my.gov.uz portali orqali yashash joyingizga doimiy ro‘yxatga o‘tishingiz mumkin.My.gov.uz orqali ro‘yxatga o‘tmoqchi bo‘lsangiz sizda eri kalit bo‘lishi lozim. My.gov.uz sayti orqali quydagicha ro‘yxatdan o‘tiladi. Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirish va xizmatlar ro‘yxatidan fuqarolik bo‘limini tanlash lozim. Undan so‘ng, Yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish xizmat turi tanlanadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishda arizachi uy-joyning kadastr raqamini va doimiy ro‘yxatga qo‘yilayotgan shasning JSH SHIRni bilishi lozim. So‘rovnoma shakli to‘ldirilgach, tegishli ravishda Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yuboriladi. Fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi. Shundan so‘ng, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan doimiy ro‘yxatga olinishi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini rasmiylashtirilib, ariza beruvchiga elektron tarzda yuboriladi.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-22T09:41:25.000000Z
21,867
Mehnat ta'tili olmaganligimni qanday isbotlashim mumkin?
Muqaddam 2019-2022 yillar davomida IIB xodimi bo'lib ishlaganman. Ushbu davrda biror marotaba mehnat ta'tilidan foydalanmaganman. Foydalanilmagan Mehnat ta'tili uchun kompensatsiya so'rab murojaat qilganimda, ular menga kompensatsiya berilmasligini ma'lum qilishdi. 2022 yilda mehnat tatiliga chiqishga ruxsat so'rab ariza yozganman. Ammo chiqmaganman bu rasmiylashtirilmagan ham. 2022 yilda ham mehnat ta'tiliga chiqmaganligimni qanday isbot qilsam bo'ladi.
labor
words.regions.navoiy
Otabek
2023-03-21T12:46:08.000000Z
12,134
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro bu vaziyatda siz Fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz kerak va ular mehnat ta'tili berganliklarini isbotlab berishi lozim. Hurmatli fuqaro hududiy adliya bo‘limiga murojaat qilsangiz sizni manfaatingizni ko‘zlab fuqarolik sudiga ariza kiritib berishadi va siz davlat bojidan ozod etilasiz.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-22T09:31:52.000000Z
21,865
Men sudlanganligimni olib tashlashni iloji bormi?
Ассалому Алайкум ва роҳматуллоҳи, мен 20 ёшимда 2013й, махаллада уриш килиб судланиб колганман. Шу судланишни учириш ёки олиб ташлаш иложи борми? олдиндан рахмат
criminal
words.regions.kashkadarya
Olimov
2023-03-21T02:31:29.000000Z
12,155
Sudlanganlik xolatini tugatish mumkun. butunlay yoq qilaolmaysiz OQLANSANGIZ butunlay yoq qilish mumkun
Firdavs Abdujalilov
words.regions.samarkand
false
true
2023-03-26T12:59:07.000000Z
21,854
Men bu holatda qanday qilib eski ishga tiklanishim mumkin?
Мен 2022- йилнинг 28- апрел кунида 270-сонли буйруқ билан Дехқонобод тумани Ободонлаштириш бошқармаси қабристонларни сақлаш бўлимига бўлим бошлиғи лавозимига ишга қабул қилинган эдим. Орадан биркун ўтиб мени 29.04.2022 йил 271-сонли буйруқ билан меҳнат шартномамни бекор қилиб яна худди шу 28.04.2022 йилдаги 271-сонли буйруқ билан оддий қабристон назоратчиси лавозимига ишга қабул қилган. Саволим шундан иборатки мен ушбу холатда нима қилсам яна қайтадан бўлим бошлиғи лавозимига тикланишим мумкин?
labor
words.regions.kashkadarya
BEKZOD
2023-03-20T10:02:12.000000Z
12,129
Ассалому алайкум, меҳнат қонунчилигига кўра, б ошқа доимий ишга ўтказишга, яъни ходимнинг меҳнат вазифаларини ўзгартиришга — унга бошқа мутахассислик, малака, лавозимга оид ишни топширишга фақат унинг розилиги билан йўл қўйилиши мумкин. Агар объектив сабабларга кўра ( Меҳнат кодекси 92-моддаси иккинчи қисмида аниқ кўрсатиб қўйилган ) меҳнат шартномасида белгилаб қўйилган меҳнат вазифаси доирасида ишни давом эттириш мумкин бўлмаса, иш берувчи ходимга мутахассислиги ва малакасига мувофиқ келадиган ишни ( ходим бажараётган ишига ёки эгаллаб турган лавозимига номувофиқ бўлса, мутахассислиги бўйича бир мунча кам малака талаб этиладиган бошқа ишни) , бундай иш бўлмаган тақдирда эса, — корхонада мавжуд бўлган бошқа ишни таклиф этиши шарт. Ходим бошқа ишга ўтишдан бош тортган ёки корхонада мувофиқ келадиган иш бўлмаган тақдирда, меҳнат шартномаси умумий асосларда бекор қилиниши мумкинлиги белгилаб қўйилган
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-20T15:03:28.000000Z
21,853
Daromad solig'i qancha hisoblanadi?
Assalomu alaykum! men maktabda dars beraman savolim shunday mening oyligimdan har oy 13%ni ushlab qoladi shu tõğrimi aslida oylikdan necha foiz ushlab qolish kerak?
labor
words.regions.samarkand
Sohibbek
2023-03-20T08:46:15.000000Z
12,128
Assalom alaykum. Soliq kodeksiga kora jismoniy shaxslardan 12 % daromad soligi undiriladi. Agar 13% ushlab qolinayotgan bolsa bu xato.
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-03-20T09:09:59.000000Z
21,851
Men bu holatda chet elga chiqsam bo'ladimi?
Assalomu aleykum men chet elga chiqmoqchiman meni nomimda ikkilamchi avtomashina bor chetelga chiqsam boʻladimi? nimalar qilishim kerak menga anigʻroq malumot bering iltimos yana 4 000 000 lik mayishi texnikaham bor.
international
words.regions.kashkadarya
Jumanazar
2023-03-20T02:31:15.000000Z
12,227
Ассалому алайкум, илтимос, саволингизни аниқ ифодалаб беринг.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-04-05T10:51:13.000000Z
21,844
Bu holatda qanday konsultatsiya olsam bo'ladi?
Ассалому алейкум, пуллик консультация омокчиман, саволларим куп ва улар езиб колдирсам сигмайди. Кискача саволимни мазмуни ажримдан кейин собик эримни пропискадан чикариш хакида
family
words.regions.tashkent
С
2023-03-19T07:17:19.000000Z
12,122
Assalomu alaykum Savolingizni aniqroq bersangiz. Agar sobiq eringizni propiskadan chiqarmoqchi boʻlsangiz . Faqat fuqarolik sud orqaligina propiskadan chiqarishingiz mumkin. Lekin 6 oy oʻsha uyda yashamayotgan boʻlishi kerak.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-19T07:42:50.000000Z
21,841
Bu holatda zararni qanday qilib undirsam bo'ladi?
Assalomu alaykum! avtoulovimni og'aynim xaydab avtoxolakatga uchragandi ulovim yangi edi kein uyga yig'lab keldi shunaqa buldi deb menga davoyim yuq deb yozib ber men albatta pachoq ulovingni sotib yangi oberaman degandi mana 6 oy utdiki haligacha obergani yuq men nima qilsam bulsam tirik guvoxlarim bor lekin video va diktafonga usha payt zapis qilmagandim undan keyin har haftada telegramda yozishganlarimizi skrin shoti bor keyin telefonda ha oberaman shuncha payt sarson qildim degani bor
civil
words.regions.samarkand
Azamat
2023-03-18T16:58:57.000000Z
12,120
Assalomu alaykum Bu holatda sizni avto mashinangizni almashtirib yangi olib berish majburiyatini yuklay olmaysiz. Doʻstingiz sizni mulkingizga qancha ziyon yetkazgan boʻlsa, shuni toʻlab berishi kerak. Lekin siz va doʻstingiz oʻrtasida boshqacha kelishuv mavjud boʻlsa, ya'ni yangi olib beraman deb aniq diktafonda yozdirib olgan boʻlsangiz yoki tilxat yozib bergan boʻlsa sudda dalil sifatida oʻtishi mumkin. Hozir avto mashinangizni qaytadan kim remont qildi siz yoki doʻstingiz? Mashinangiz yangi boʻlib avariyadan soʻng uning bozordagi real narxiga taʼsir qilganini ham sudda isbotlab bera olsangiz. Shuni ham qoʻshimcha yetkazilgan zarar sifatida olishingiz mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-19T01:35:54.000000Z
21,833
Menda bu holatda yoshlar daftariga kirishga huquq bormi?
Assalomu alaykum! men talabaman, yosh oilaliyman 3 yil toʻlmadi hali nigohimga. Dadam pensener. Onam bn ayolim uy bekasi. Farzandim bor. Bollar pulini olaman. Yoshlar daftarchasiga kirsam boʻladimi. Imkoniyatim bormi.
socialsecurity
words.regions.sirdarya
Aziz
2023-03-17T19:50:38.000000Z
12,119
Ассалому алайкум, бу саволингизга тўлиқ жавобни олиш учун, мазкур сайтдаги менинг профилимга киришингиз мумкин
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-18T00:38:29.000000Z
21,832
Bu holatda sud protsess vaqti hisobga olinadimi?
Ассалому алайкум ҳурматли юристлар! Саволим шундан иборатки, менга жарима белгиланган эди (маъмурий). Норози бўлиб судга мурожаат қилдим, аммо жарима бекор қилинмади. Саволим, суд ишни ўрганиш учун кетган вақт инобатга олинадими йўқми, чунки бошида 15 кун 30%чегирма бериладику.. Жавоб учун олдиндан раҳмат !
court
words.regions.tashkent
Kamoliddin
2023-03-17T18:20:48.000000Z
12,117
Ассалому алайкум, қонунчиликка кўра, ҳ уқуқбузар унга жарима солиш тўғрисидаги қарор топширилган кундан бошлаб ўн беш кун ичида жарима миқдорининг етмиш фоизини ихтиёрий равишда тўлаган тақдирда, у жариманинг қолган қисмини тўлашдан озод қилинади. Жарима солиш тўғрисидаги қарорни ижро этишнинг соддалаштирилган тартиби қуйидаги ҳолларда қўлланилмаслиги белгиланган: маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этганлик учун суд томонидан жарима солинганда; жарима солиш тўғрисидаги қарор устидан шикоят қилинганда ёки протест билдирилганда; худди шундай ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир этилганда. Демак, сиз томонингиздан жарима солиш тўғрисидаги қарор устидан шикоят берилган бўлиб, бу ҳолатда соддалаштирилган тартиб қоидалари тадбиқ этилмайди, яъни жарима миқдорини 100 фоиз тўлашингиз керак бўлади.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-18T00:27:31.000000Z
21,831
Mazkur jinoyat uchun qanday jazo qo'llaniladi?
Assalomu Alaykum. Tartibli (Svetaforlik) choraxadan yashil chiroqda avtomobilda o'tayotib, moshinalar orasidan tezlik bilan kelayotgan vilosiped haydovchisi bilan to'qnashdik. Vilosiped haydovchisi "koma"ga tushdi va 3 kundan keyin vafot etdi. Harajatlar avtomobil egasi tomonidan to'landi. Vilosiped haydovchisining oila a'zolari tergovchiga "Davoim yo'q" deb yozib berdi. Shu holatda qanday hukm bo'ladi. Javob uchun oldindan raxmat!
criminal
words.regions.andijan
Shermuhammad
2023-03-17T16:15:19.000000Z
12,112
Ассалому алайкум, бу ҳолат бўйича Жиноят кодексининг 266-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилган бўлса, жиноят иши судга аблов хулосаси билан чиқарилишида айблов 2-қисмга ўзгартирилади. Бироқ, жиноят иши бўйича тайинганланган экспертиза хулосалари билан хайдовчининг хатти-ҳаракатларига ҳам ҳуқуқий баҳо берилиши, йўл транспорт ходисаси бўйича йўл ҳаракати қоидалари бузилган ва бузилмаганлиги текширилиши лозим, сизнинг саволингиз бўйича аниқ жавоб бериш қийин. Агар жиноят иши судга юбориладиган бўлса, жабрланувчи вакилларининг даъвоси йўқлиги, моддий зарарлар қопланганлигини суд айбни енгиллаштирувчи ҳолат деб топиши мумкин. ЖК 266-моддасининг 2-қисми санкциясида муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиб, етти йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоси назарда тутилган.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-17T17:19:02.000000Z
21,830
Holat yuzasidan qayerga murojaat qilsam bo'ladi?
Assalom alekum. Men dushanba kuni abetda 12:20 lar atrofida mexmonxonaga keldim admenstrator bilan gaplashib 6 kunga turishga xona oldim. Boshlanishiga 2 kun uchun tulov qildim yana 2kundan 2kun uchun tulov qildim yana bir kun turub bir kunlik uchun tulov qilmoqchi bulganimda adminstrator obshi 7 kun uchun tulov qilishimni aytmoqda. Men bor yug'i 5 kun ya'ni 5 sutka turdim va ishlarim bitdi. Endi mendan mexmonxonada turmagan kunim uchun ham tulov olishga haqqi bormi bunaqa vaziyatda qayerga tezkor murojaat qilsam buladi? Kim nazorat qiladi mexmonxonalarni?
criminal
words.regions.tashkent
Giyos
2023-03-17T14:49:58.000000Z
12,113
Ассалом алайкум, турган кунларингиз учун тўлов квитанция еки чеклари мавжуд бўлса, мехмонхона ҳоҳлаган жойига мурожаат этсин, сиз тўловни тўғри амалга оширгансиз, сизнинг ушбу меҳмонхонада неча кун бўлганлигингизни кузатув камераларидаги ёзувлар ҳам тасдиқлаб беради, сиздан 7 кун учун тўловни талаб қилишга ҳақли эмас. Сиз ички ишлар ходимига ушбу далилларингизни тақдим этишингиз мумкин.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-17T17:27:18.000000Z
21,829
Menga avans puli berilmasigi qonuniymi?
Assalamu aleykum, men davlat ishxonasida ishlayman va mening o’tgan yilgi otpusk uchun to’lanadigan pul ko’p to’laganligi sababili hozir oyligimnan meni ogahlontirmasdan pul ushlab qolishgan ya'ni hozir avans puli berilmadi. Yana qo’shimcha qilmoqchi edim, men u ishxonadan 31 avgustda bo’shaganman va 6 sentyabr yana qaytadan ishga olinganman. Savolim bu qonuniy tog’ri yani kimlardur xato qiladi va sal kam yarim yildan keyin kimdir to’laydi? U paytda bosh shartnoma edi va hozir boshqa…
labor
words.regions.tashkent_region
Madiyar
2023-03-17T13:17:29.000000Z
12,109
Assalomu alaykum Sizga koʻp toʻlab yuborilganligi va ortiqch toʻlab yuborilgan pulni qaytarish boʻyicha sizning tashkilotingizda tegishli hodim buyruq chiqarganmi? Agar boʻlsa tashlab bera olasizmi?
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-17T13:41:41.000000Z
21,828
Men bu holatda qanday qilib 1 yillik ish stajiga ega bo'laman?
Men oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida , summa toʻlab bir yillik stajga ega boʻlmoqchiman. Buni qanday qilaman? va bu ishni har yili amalga oshirsam boʻladimi? javob uchun oldindan raxmat.
business
words.regions.namangan
Omonjon
2023-03-17T12:41:24.000000Z
12,116
Ассалому алайкум, Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 23 декабрдаги 806-сон  қарори билан " Ўзини ўзи банд қилган шахс сифатида фаолиятни амалга ошириш тартиби тўғрисида"ги Низом тасдиқланган. Унга кўра, ў зини ўзи банд қилган шахс махсус мобил илова ёки солиқ тўловчининг шахсий кабинети орқали ёхуд давлат солиқ хизмати органига келган ҳолда рўйхатдан ўтиши мумкин. Бунда сўровнома ўзини ўзи банд қилган шахс томонидан махсус мобил илова ёки шахсий кабинет орқали электрон шаклда мустақил равишда, давлат солиқ хизмати органига келганда эса солиқ органи ходими томонидан тўлдирилади. Ўзини ўзи банд қиладиган шахслар учун фаолият (ишлар, хизматлар) турлари рўйхати билан ушбу ссилка орқали танишишингиз мумкин. https://lex.uz/docs/4849607
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-17T18:12:15.000000Z
21,821
Men bu holatda to'lagan kontrakt pulimni qaytarib olsam bo'ladimi?
Здравствуйте, такой вопрос, я поступил в прошлом году в государственный университет в Ташкенте, на основе суперконтракта, я заплатил 53 миллиона сумов, но решил отчислиться, можно ли узнать вернут ли мне обратно мои деньги? Или по закону смогу ли я вернуть часть денег?
education
words.regions.tashkent_region
Sobir
2023-03-16T19:40:10.000000Z
12,226
Ассалому алайкум, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 15.06.2022 йилдаги “Давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини ташкил этиш тўғрисида”ги ПҚ-279-сонли қарори билан 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб, табақалаштирилган тўлов-контракт миқдори (супер контракт) Давлат комиссияси томонидан белгиланган суммадан кам бўлмаган миқдорда олий таълим муассасалари томонидан мустақил белгиланиши кўрсатилган. Бироқ, табақалаштирилган тўлов-контрактни бўлиб-бўлиб тўлаш, таълим кредити олиш ва тўловни қайтариш масаллари бўйича муносабатларни тартибга солувчи норматив ҳуқуқий ҳужжат қабул қилинмаган. Мазкур тўлов-контракт миқдорини олий таълим ташкилоти мустақил равишда ҳал этиши мумкин. Сиз тўлаган тўловни қайтариш юзасидан ҳужжат топширган олий таълим муассасаси ректори номига ариза билан мурожаат этинг, агар тўлаган маблағингизни қайтаришни рад этишса, сиз бунинг учун қонуний асослар билан ёзма жавоб берилишини талаб этинг. Шундан сўнг таълим муассасаси мансабдор шахсларининг хатти-ҳаракатлари юзасидан судга мурожаат этишингиз мумкин.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-04-05T10:49:54.000000Z
21,815
Bu holatda mol-mulkga qanday egalik qilish mumkin?
(bir tanishimning nomidan savol) Sizga holatimizni toʻliq tushuntradigan boʻlsam Oilada 4 kishimiz ota onam va ukam bor Otam oyimga juda yomon muomilada boʻladi mana 7 oydrki roʻzgʻorga ham qaramay qoʻygan biz topganimiz juda kam yani tolliq taminlashga yetmaydi 4 kun oldin oyim oyisini yani buvmni yoniga ketgan edi Men usha kuni oyimni yetib borganligi haqida maʼlumot olib boʻlganman Ertasi kuni ukamni ham jonatganman Endi bugun qaytib kelishsa Otam tuxmat qilib kurakda turmas gaplar aytib uydan chiqarib yubordi bu holat avaldan boʻlib kelgan holat Shunga yakun yasash maqsadida oyim shu qarorga keldi lekin tartibi va qoidalardan habari yoʻq Mol mulkdan oʻz qismini qay tartibda olsa boʻladi nikoh qayd etilgan
family
words.regions.surkhandarya
SHAXRIYOR
2023-03-15T21:14:00.000000Z
12,101
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro! Ushbu vaziyatda mulkiy muammo bo'lganligi va orada farzandlar mavjudligi sababli nikoh tegishli Fuqarolik ishlari bo'yicha sud tomonidan bekor qilinadi. Bunda nikohni bekor qilish va mol-mulkni bo'lish to'g'risidagi da'vo ariza javobgar, ya'ni otangiz yashaydigan joydagi Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taqdim etiladi. Sud n ikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo bilan bir vaqtda er-xotin o‘rtasidagi umumiy mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi nizoni ko‘rishi mumkin. Oila kodeksiga ko'ra, Nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan quyidagi masalalar ham hal qilinadi: nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi; voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlash; er va xotinning (ulardan birining) talabiga ko‘ra ularning birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lish; er (xotin)dan ta’minot olishga haqli bo‘lgan xotin (er)ning talabiga ko‘ra ana shu ta’minot miqdori. Demak, bu vaziyatda nikohni bekor qilishni so'rovchi shaxs Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo ariza bilan murojaat qilib, lozim bo'lgan davlat bojini to'lashi lozim.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-16T10:39:23.000000Z
21,802
Bu holatda soliq to'g'ri hisoblanganmi?
Assalomu alaykum! Men Qashqadaro viloyati Nishon tumani Talimarjon shaharchasida yashayman shu yerda savdo do'konim bor savdo do'konim yeri 1,20 sotix qurilish 50 kv² kadastirda mulk 3000000 ga baholangan va 2022-yilgacha 350000, 400000 urtasida yer, mol-mulk solig'i to'lab kelganman utgan yili soliqchilar 900000 dan oshiq soliq hisoblab chiqarishdi 2023-yilga ham 900000 oshiq to‘lashimni talab qilishmoqda asos qilib 42 million so'mgacha bo'lgan mulklarini 42 million deb hisoblab soliq undirisin deb qonun chiqarilgan emish shu tug‘rimi oldindan rahmat
tax
words.regions.kashkadarya
Boburjon
2023-03-15T17:01:43.000000Z
12,105
Assalomu alaykum Sizga soliqni toʻlash boʻyicha xatmi yoki boshqa hujjat berishganmi? Agar boʻlsa ilova qila olasizmi? Agar sizdan qoʻshimcha soliq olishayotgan boʻlsa, birinchi navbatda shu soliq oshganligi qonunchilikda bor yoʻqligini talab qiling. Soliqdagi hodimlar normativ hujjatlarda mavjud boʻlmagan tarzda soliq yukini oshirishi mumkin emas. Agar sizga biror bir asoslovchi qonun yoki qonun osti hujjatini topib berisha olmasa, demak soliqni koʻp olayotganligi noquniy boʻladi.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-17T06:19:45.000000Z
21,768
Bu holatda biz aybdor bo'lamizmi?
Men Ma'suliyati cheklangan jamiyat rahbariman. O'tgan yili iyul oyida bir xaridor bilan shartnoma imzoladik. Tovar uchun 100% pul o'tkazdi va tovarini ham qabul qilib oldi. 2023-yil martda esa bir narsa aniq bo'ldiki ular o'tgan yili elektron ishonchnoma yuborishmagan va o'z navbatida elektron schyot faktura olishmagan ekan. Endi bizni sudga berishmoqchi ekan. Shu holatda biz aybdor bo'lib qolamizmi? Axir biz schyot faktura yuborishimiz uchun avval ular tomondan ishonchnoma qabul qilishimiz kerak. Lekin ikki tomonning e'tiborsizligi sabab o'tgan yili shu hujjatlar rasmiylashtirilmay qolib ketibdi.
civil
words.regions.tashkent_region
Temurmalik
2023-03-15T10:48:01.000000Z
12,103
Assalomu alaykum, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 223-moddasiga koʻra, Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) — yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasidan ushbu Kodeksga muvofiq soliqlarni hisoblash amalga oshiriladi. Ushbu moddaning maqsadida soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi: tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik; yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish; hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi; rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish; tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish; qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda o‘zgartirish kiritish; foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish; tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish); moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash; ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi; mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi; realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish; qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi. Ushbu modda uchinchi qismining  o‘n uchinchi  va  o‘n to‘rtinchi xatboshilarida  ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun aniqlanadi. Demak bu vaziyatda siz yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima toʻlashingizga toʻgʻri keladi.
Nafosatkhon Imamnazarova-Hryshchenko
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-16T16:02:38.000000Z
21,762
Bu holatda menga qanday maslahat berasiz?
Assalomu aleykum. Savolim noturar binolarni hujatlashtirish bo'yicha. Kadastr hujatida o'zboshimcha egallangan maydon bor shuni yoq qilish maqsadida rekanstruksya qilishqa ruhsat oldik va shunga asosan loyiha qilindi va kadastr pasportini oldim lekin kadastr pasportida huquqni belgilovchi hujatlarsiz degan bolimida turipti. shu kadastr pasporti asosida egalik huquqini tiklamoqchi boldim lekin ruhsat berishmadi maqsadim kadastirimdagi o'zboshimcha egalangan joyni yo'q qilib egalik huquqini tiklash, qaysi tartibda shu ishni qilsam bo'ladi. Oldindan raxmat.
housing
words.regions.namangan
Dovudjon
2023-03-15T05:18:01.000000Z
12,094
Assalomu alaykum! Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga binoan, qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi. O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas. Lekin, ushbu moddaning 4-qismiga ko'ra, Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bunda bir narsaga e'tibor qaratish kerak, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas. Demak, yuqoridagi holatlar sizda mavjud bo'lmasa, sud tomonidan mulk huquqini olishingiz mumkin.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-15T05:35:28.000000Z
21,740
Men oldingi lavozimimga qanday tiklanishim mumkin?
2022 йил 21 декабрь санасида “Ўзкомназорат” раҳбари А.Абдуллаев, бошқарма бошлиғи Р.Болтаев, Марказ раҳбари Н.Далибаев, Бухоро вилояти ҳудудий инспекцияси раҳбари М.Наврўзова ва ходими Ў.Турсуновлар Навоий вилояти ҳудудий инспекциясига келиб, “Ўзкомназорат”нинг 2022 йил 21 декабрь санасидаги 264-х-сон буйруғини ҳудудий инспекция ходимларига таништирди. Буйруқ билан Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси бошлиғи в.б М.Расулов билан меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ва бошлиқ вазифасини вақтинча бажариш менга юклатилганлигини ўқиб эшиттирди. Унгача “Ўзкомназорат” Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси Телекоммуникация, мобил алоқа ва телерадио эшиттириш бўлими бошлиғи лавозимида ишлаб келдим. Раҳбарлик менга юклатилаётганлигидан хабарим йўқ эди. (Буйруқда мени розилигим айтилган.) Аввал ушбу лавозимга ўтказиш бўйича менининг фикрим сўралганда эди қабул қилмаган бўлар эдим. “Ўзкомназорат” раҳбари мени бу лавозимга тайинлади лекин барча ходимлар олдида сабабсиз уршиб, дўқ пўписа қилди. Сўзлари орасида “Бухоро вилояти ҳудудий инспекцияси раҳбари қанақа топшириқ берса сўзсиз бажарасан агар бажармасанг сени деразадан отиб юбораман” деб уршиб берди. Буни сабабини тушунмадим. Шунингдек, ҳудудий инспекциядаги камчиликларни сўраганда мен томондан мавжуд камчилик айтилганда яна ўзимни айбдор қилишди. Ушбу юклатилган вазифани бажариш менга қийинлик қилганлиги сабабли 2022 йилнинг 25 декабрь ва 2023 йилнинг 4 январь саналарида бошқарма бошлиғи А.Маткаримов (ўша вақтда “Ўзкомназорат” бошлиғи в.в.б)га қўнғироқ қилдим ва вазифани бошқа ходимга ўтказишни сўрадим лекин айтганларим эътиборга олинмади ва 2023 йилнинг 17 январь санасида ўз хохишимга асосан ишдан бўшатишларини сўраб ариза ёзиб беришга мажбур бўлдим. Ариза ёзилгандан сўнг кадрлар билан ишлаш бўлими ходими мендан ишдан бўшаш сабабини сўради ва ўзим ишлаган аввалги лавозимга қолишим мумкинлигини айтди. Бошқарма бошлиғи Р.Болтаевга қўнғироқ қилдим ва ўзимни аввалги вазифамда қолишимда ёрдам беришларини сўрадим ва ушбу вазифада ишимни давом эттирдим. “Ўзкомназорат”нинг 2023 йил 18 январдаги 8-х-сон буйруғига асосан Бухоро вилояти ҳудудий инспекцияси бўлим бошлиғи Ў.Турсунов Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси бошлиғи в.в.б вазифасига ўтказилди. Ў.Турсунов телеграмда Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси учун гуруҳ очиб, барча топшириқларни телеграм орқали беришини, шунингдек, “Ўзкомназорат”нинг телеграмда очилган “Маҳаллабай”, “Диспетчр”, “Телекоммуникатциялар”, “Радиоалоқа” гуруҳларини доимий ўқишимизни ва келган топшириқларни тезда бажаришимизни буюрди. https://mahalla.technocorp.uz маҳаллабай ишлаш тизимига маълумотларни тўлиқ киритишимизни айтди ва маълумотларни шанба ва якшанба кунлари хам киритишга мажбур қилди. 2023 йил 24 январь куни Ў.Турсунов мени хонасига чақиртирди ва мендан эътирози борлигини яъни иш вақтида телефон ўйнаб ўтирганлигимни айтди. Шунга жавобан мен телефон уйнамаганлигимни ва барча топшириқлар телеграм орқали берилаётган бўлса қандай қилиб телефонсиз телеграмга киришим мумкинлигини айтдим шунингдек, шанба ва якшанба кунлари хам ишлаганимизни айтганимда у менга қуйилган талаб ёқмаса аризангни ёзиб кетишинг мумкин деб уршиб берди. Шунда мен унга мендан ариза сўрашга ва мени ишдан олишга сизда ваколат йук деб эътироз билдирдим ва у мендан хонадан чиқиб кетишимни сўради ва бошқарма бошлиғи Р.Балтаевга устимдан шикоят қилди. 2023 йилнинг 26 январь санаси 18-15лар атрофида ишдан чиқдим ва 18-34да “Ўзкомназорат” раҳбари менга қўнғироқ қилди ва нимага Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси раҳбарининг айтган топшириқларини бажармаганлигимни, ишдан раҳбарни огоҳлантирмасдан кетганлигимни, менга аввал имкон берганлигини айтди ва ўзимга бошқа иш топишимни талаб қилди. Раҳбар аслида менга имкон бермади балки мен бажараолмайдиган вазифани юклаб ҳаётимни издан чиқарди. Телефон орқали мен томондан бошлиққа айтилган гаплар эътиборга олинмади. Бошқарма бошлиғи Р.Балтаев менга бир неча бор қўнғироқ қилиб, ишдан бўшаш бўйича ариза ёзиб беришимни сўради ва мен 2023 йилнинг 26 январь санасида ариза ёзиб беришга мажбур бўлдим. “Ўзкомназорат”га 2011 йилдан 2023 йилгача ишладим, шу ишлаган вақтимда ўтказилган аттестациялардан бирор марта ўтмасдан қолмаганман, 2021 йилда иқтидорли инспектор фахрий ёрлиғини олганман. Навоий вилояти бўйича корхоналарга бориб чиқдим лекин иш топилмади. Ипотека кредитим борлиги ва қизим хусусий мактабда ўқиётганлиги, буларни барчаси учун тўловларни амалга оширишим кераклиги сабабли ишсиз ва пулсиз қийин аҳволга тушиб қолдим. Сиздан илтимос мени аввалги лавозимига қайта тиклаб берилишда амалий ёрдам беришингизни сўрайман. Тегишли аудио файл ва фото илова этилади.
labor
words.regions.navoiy
Tohir
2023-03-14T09:14:55.000000Z
12,086
Ассалому алайкум! Амалдаги Меҳнат кодексининг 99-моддасида ходимга меҳнат шартномасини икки ҳафта олдин иш берувчини ёзма равишда огоҳлантириб бекор қилиш мажбурияти юклатилган. Олий суд Пленумининг 17.04.1998 йилдаги 12-сон қарорида МКнинг 99-моддаси бўйича меҳнат шартномасини бекор қилишга ходимнинг шу корхонадаги ишни ҳақиқатда ташлаб кетиш истагини билдирган ёзма аризасига биноан йўл қўйилиши назарда тутилган. Агар Сиз ҳақиқатдан ҳам иш берувчининг босими билан, ғайриихтиёрий равишда ариза ёзган бўлсангиз, бу ҳужжат 99-моддада келтирилганидек, ходимнинг ташаббуси хусусиятини йўқотади. Иш берувчи томонидан ишчи ходимни ўз аризасига асосан ишдан бўшатишга мажбурлаши яъни ноқонуний равишда ишдан бўшатиш тўғрисида ҳам ариза ёзиш талаб этиши меҳнат шартномасини ғайриқонуний равишда бекор қилинганлигини анлатади. Ходимнинг аризасига асосан ишдан бўшатиш ҳолатларида, юқоридаги каби талаблар бузилганда, хусусан, мажбуран ариза ёздирилганда, ўша ходим ўзининг бузилган ҳуқуқларини ҳимоя қилиш яъни ишга тиклаш тўғрисида судга даъво ариза киритиши мумкин. Бундай пайтда юқоридаги ҳолатларни исботловчи далиллар келтирилиши керак бўлади. Шунингдек, Адлия вазирлиги томонидан давлат рўйҳатига олинган “Идоравий мансублиги, мулкчилик ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъи назар корхона, муассаса, ташкилот ички меҳнат тартибининг намунавий қоидалари” 2.25-бандида ходимнинг берган аризаси рўйхатга олиниши шартлиги кўрсатилган. Агар ходимнинг аризаси иш берувчи томонидан рўйхатга олинмаган бўлса, бу камчилик ҳам ходимнинг аризани мажбуран ёзганлиги тўғрисидаги талабини исботлашга ёрдам бериши мумкин.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-14T10:13:42.000000Z
21,740
Men oldingi lavozimimga qanday tiklanishim mumkin?
2022 йил 21 декабрь санасида “Ўзкомназорат” раҳбари А.Абдуллаев, бошқарма бошлиғи Р.Болтаев, Марказ раҳбари Н.Далибаев, Бухоро вилояти ҳудудий инспекцияси раҳбари М.Наврўзова ва ходими Ў.Турсуновлар Навоий вилояти ҳудудий инспекциясига келиб, “Ўзкомназорат”нинг 2022 йил 21 декабрь санасидаги 264-х-сон буйруғини ҳудудий инспекция ходимларига таништирди. Буйруқ билан Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси бошлиғи в.б М.Расулов билан меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ва бошлиқ вазифасини вақтинча бажариш менга юклатилганлигини ўқиб эшиттирди. Унгача “Ўзкомназорат” Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси Телекоммуникация, мобил алоқа ва телерадио эшиттириш бўлими бошлиғи лавозимида ишлаб келдим. Раҳбарлик менга юклатилаётганлигидан хабарим йўқ эди. (Буйруқда мени розилигим айтилган.) Аввал ушбу лавозимга ўтказиш бўйича менининг фикрим сўралганда эди қабул қилмаган бўлар эдим. “Ўзкомназорат” раҳбари мени бу лавозимга тайинлади лекин барча ходимлар олдида сабабсиз уршиб, дўқ пўписа қилди. Сўзлари орасида “Бухоро вилояти ҳудудий инспекцияси раҳбари қанақа топшириқ берса сўзсиз бажарасан агар бажармасанг сени деразадан отиб юбораман” деб уршиб берди. Буни сабабини тушунмадим. Шунингдек, ҳудудий инспекциядаги камчиликларни сўраганда мен томондан мавжуд камчилик айтилганда яна ўзимни айбдор қилишди. Ушбу юклатилган вазифани бажариш менга қийинлик қилганлиги сабабли 2022 йилнинг 25 декабрь ва 2023 йилнинг 4 январь саналарида бошқарма бошлиғи А.Маткаримов (ўша вақтда “Ўзкомназорат” бошлиғи в.в.б)га қўнғироқ қилдим ва вазифани бошқа ходимга ўтказишни сўрадим лекин айтганларим эътиборга олинмади ва 2023 йилнинг 17 январь санасида ўз хохишимга асосан ишдан бўшатишларини сўраб ариза ёзиб беришга мажбур бўлдим. Ариза ёзилгандан сўнг кадрлар билан ишлаш бўлими ходими мендан ишдан бўшаш сабабини сўради ва ўзим ишлаган аввалги лавозимга қолишим мумкинлигини айтди. Бошқарма бошлиғи Р.Болтаевга қўнғироқ қилдим ва ўзимни аввалги вазифамда қолишимда ёрдам беришларини сўрадим ва ушбу вазифада ишимни давом эттирдим. “Ўзкомназорат”нинг 2023 йил 18 январдаги 8-х-сон буйруғига асосан Бухоро вилояти ҳудудий инспекцияси бўлим бошлиғи Ў.Турсунов Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси бошлиғи в.в.б вазифасига ўтказилди. Ў.Турсунов телеграмда Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси учун гуруҳ очиб, барча топшириқларни телеграм орқали беришини, шунингдек, “Ўзкомназорат”нинг телеграмда очилган “Маҳаллабай”, “Диспетчр”, “Телекоммуникатциялар”, “Радиоалоқа” гуруҳларини доимий ўқишимизни ва келган топшириқларни тезда бажаришимизни буюрди. https://mahalla.technocorp.uz маҳаллабай ишлаш тизимига маълумотларни тўлиқ киритишимизни айтди ва маълумотларни шанба ва якшанба кунлари хам киритишга мажбур қилди. 2023 йил 24 январь куни Ў.Турсунов мени хонасига чақиртирди ва мендан эътирози борлигини яъни иш вақтида телефон ўйнаб ўтирганлигимни айтди. Шунга жавобан мен телефон уйнамаганлигимни ва барча топшириқлар телеграм орқали берилаётган бўлса қандай қилиб телефонсиз телеграмга киришим мумкинлигини айтдим шунингдек, шанба ва якшанба кунлари хам ишлаганимизни айтганимда у менга қуйилган талаб ёқмаса аризангни ёзиб кетишинг мумкин деб уршиб берди. Шунда мен унга мендан ариза сўрашга ва мени ишдан олишга сизда ваколат йук деб эътироз билдирдим ва у мендан хонадан чиқиб кетишимни сўради ва бошқарма бошлиғи Р.Балтаевга устимдан шикоят қилди. 2023 йилнинг 26 январь санаси 18-15лар атрофида ишдан чиқдим ва 18-34да “Ўзкомназорат” раҳбари менга қўнғироқ қилди ва нимага Навоий вилояти ҳудудий инспекцияси раҳбарининг айтган топшириқларини бажармаганлигимни, ишдан раҳбарни огоҳлантирмасдан кетганлигимни, менга аввал имкон берганлигини айтди ва ўзимга бошқа иш топишимни талаб қилди. Раҳбар аслида менга имкон бермади балки мен бажараолмайдиган вазифани юклаб ҳаётимни издан чиқарди. Телефон орқали мен томондан бошлиққа айтилган гаплар эътиборга олинмади. Бошқарма бошлиғи Р.Балтаев менга бир неча бор қўнғироқ қилиб, ишдан бўшаш бўйича ариза ёзиб беришимни сўради ва мен 2023 йилнинг 26 январь санасида ариза ёзиб беришга мажбур бўлдим. “Ўзкомназорат”га 2011 йилдан 2023 йилгача ишладим, шу ишлаган вақтимда ўтказилган аттестациялардан бирор марта ўтмасдан қолмаганман, 2021 йилда иқтидорли инспектор фахрий ёрлиғини олганман. Навоий вилояти бўйича корхоналарга бориб чиқдим лекин иш топилмади. Ипотека кредитим борлиги ва қизим хусусий мактабда ўқиётганлиги, буларни барчаси учун тўловларни амалга оширишим кераклиги сабабли ишсиз ва пулсиз қийин аҳволга тушиб қолдим. Сиздан илтимос мени аввалги лавозимига қайта тиклаб берилишда амалий ёрдам беришингизни сўрайман. Тегишли аудио файл ва фото илова этилади.
labor
words.regions.navoiy
Tohir
2023-03-14T09:14:55.000000Z
12,087
Юқорида аудио ва фото материаллар бор деб айтгансиз. Ушбу аудиоларда иш берувчининг сизга нисбатан "аризангни ўз хоҳишинга кўра ёз" деб айтган гаплари ҳам борми?
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-14T10:15:48.000000Z
21,735
Holat yuzasidan qayerga murojaat qilish mumkin?
Men erimni 1- fevralda alimentga berdim .u esa uyda sex yurg'izardi yaqinda sudimiz bolib otti u ozin 1 fevralda ishga kirgani va 920000 mng som pul olishini aytti...sud esa shu oyligiga qarab onalik haqi va aliment ciqardi ammo manga qancha summa onalik haqi va aliment berishi etmadi ozi qancha berishi keere va erim uyda seh yurgazganligini ozini sof daromadini berkitganini qasi idora shikoyat qisam boladi javob ucun raxmat
government
words.regions.tashkent
Malika
2023-03-13T22:02:32.000000Z
12,085
Assalomu alaykum Agar eringiz oʻzining sexida rasmiy ishlovchi hodim qilib, oʻziga oylik yoza yotgan boʻlsa siz yana qoʻshimcha alimnet miqdorini talab qilishingiz mumkin. Buni MIB orqali aniqlashtirib koʻrishingiz mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-14T04:23:14.000000Z
21,728
Bu holatda jazoni yengillashtirsa bo'ladimi?
Assalamu aleykum! men mast xolatda moshina haydab MK 131 moddasiga asosan sud tomonidan jarimaga tortildim. Hozirgi kunda ushbu summani tolashga imkoniyatim yoq. Apelatsiyaga bersam belgilan qarori yengilashtirish imkoni bormi. 25 baravir miqdorida jarima va 1 yil 6 oy boshqarish huquqidan mahrum boldim. Huquqbuzarlik Toshkent shaxrida boldi Xorazm viloyatiga otkazsa boladimi
auto
words.regions.tashkent
Olimboy
2023-03-13T15:31:05.000000Z
12,083
Assalomu alaykum! Ma‘muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 33-moddasiga ko‘ra, Sud ma’muriy jazo chorasini qo‘llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Demak, yuqoridagi asosga ko‘ra, sud tomonidan jarima jazosi kamaytirilishi mumkin. U uchun siz moddiy ahvolingiz yaxshi emasligini tasdiqlovchi asoslarni apellatsiya shikoyatiga kirgizishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi savolingizga to‘xtaladigan bo‘lsak, apellatsiya shikoyatini birinchi instansiya sudi qaysj tumanda bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yerdagi sudga topshirasiz. Bizda ariza yozish xizmati ham mavjud, shaxsiy chatga yozsangiz, bu masalada yordam berishim mumkin.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-13T16:11:49.000000Z
21,727
Bu holatda arizam qaytariladimi?
Ассалому алейкум. Мен СУД орқали адримга даво ариза берган эдим. Орадан 1хафта утгач аёлим билан узара келишувга эришиб ярашиб олдик. Судга даво аризани рад этиш буйича илтимос нома такдим килганман. Саволим шуки, СУД белгиланган куни иштирок этишимиз шартми, ёки илтимос номга асосан аризам кайтариладими.
family
words.regions.ferghana
Олимжон
2023-03-13T09:29:14.000000Z
12,081
Ассалом алайкум, Оила кодекси талабига кўра, суд никохдан ажратиш масаласини кўриб чиқишда 6 ойгача муҳлат беради. Сизнинг ҳолатингизда илтимоснома киритилган бўлса, суд ажрим асосида иш юритишни тугатиши мумкин.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-13T10:23:43.000000Z
21,714
Dekret vaqti ham mehnat stajiga hisobga olinadimi?
Assalomu aleykum. Men 9 yil olmazor tumani 478-bog'chada tarbiyachi bo'lib ishladim. Shundan 5 yil pensiyaga to'lov qilganman 4 yiliga qilinmagan. Bu yillar ichida men 4 ta bola dunyoga keltirganman va dekretga chiqganman. Dekret vaqtim ham stajga hisobga olinadimi?
labor
words.regions.tashkent
Ismatov
2023-03-12T15:33:46.000000Z
12,078
Assalomu alaykum Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonuning 37-moddasida Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari ko'rsatilgan unga ko'ra, shu moddaning j-bandida bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil. Ya'ni bu degani siz ishlayotgan vaqtingizda bola parvarish ta'tiliga chiqib ketgan bo'lsangi ham ish staji hisoblandi. Lekin siz 3 marta bola parvarishlash ta'tiliga chiqdingiz, shundan 6 yilini ish stajiga hisoblaydi. Ya'ni siz 3 ta farzand ko'rsangiz har biriga 3 yildan bola parvarishlash ta'tiliga chiqqansiz deylik, umumiy 9 yil bo'ladi. Shu holatda 6 yili ish stajiga kiritiladi. Demak, siz 4 ta farzandni ishlayotgan vaqtingizda tug'ib, bola parvarishlash ta'tiliga chiqqan bo'lsangiz sizga 6 yil ish staji hisoblanish kerak.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-12T15:50:22.000000Z
21,713
Men bu holatda daromad solig'i to'lashim kerakmi?
Birga yashagan, buvimni nomida bo’lgan kvartira, mart oyi 2021 yilda meni nomimga hadya sifatida o’tqizilgan. Bunday xolatda, meni nomimga daromad solig’i qo’llanilishi mumkinmi?
tax
words.regions.tashkent_region
Khumoyun
2023-03-12T12:13:54.000000Z
12,077
Assalomu alaykum Soliq kodeksining 378-modda Soliq solinmaydigan daromadlar ko'rsatilgan. Shu moddaning 11-bandida jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar uchun soliq ushlab qolinmaydi. bundan quyidagilar mustasno: ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot hamda san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari; yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog‘ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar; Agar siz hadya qilib olingan uyga daromad solg'ini to'laysan deb aytishayotgan bo'lsa, buvi yaqin qarindoshlar tarkibiga kirmasligi bo'yicha asos qonun hujjatini so'rang. Buvi ham oila kodeksining 57-moddasiga ko'ra qarindoshlar tarkibiga kiritilgan.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-12T13:32:26.000000Z
21,711
Menga qo'yilgan ta'qiqni qanday olib tashlash mumkin?
Assalomu alaykum Yahshimisizlar Mening voyaga yetmagan farzandim bor birga yashamaymiz shuning uchun aliment to’layman 4 yildan beri kechikgan yoki to’lanmagan holat bolmagan Shu paytgacha men bir oyga chet el safariga chiqmoqchiman lekin menga taqiq qoyilgan shuni qanday yol bilan taqiqdi olib tashlashim mumkun va qancha muddatda Ayolim bilan kelisha olmayapman 2 yoki 3 yillikdi tolayman ariza Yozib ber desam konmayapti nima maslaxat bera olasizlar oldindan raxmat
family
words.regions.andijan
Hikmatulloh
2023-03-12T08:28:57.000000Z
12,076
Assalomu alaykum Oila kodeksining 145-moddasida Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan ushbu Kodeksning  130—134-moddalariga  asosan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart. Demak, yuqoridagi asos bilan aliment oluvchi shaxs bilan kelishuv qilishingiz mumkin. Agar kelishsa muammo yo'q chetga chiqib ketaverasiz. Lekin sizni ayolingiz kelishuvga rozi emas. Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bunday holatda, ayolingiz kelishuvga rozi bo'lmasa, fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin. Bunday holatda alimentni hammasini bir vaqtda to'lashingiz kerak. Yoki 5 yillikni bir vatqtda to'lashingiz kerak bo'ladi. Agar siz alimentni bir vaqtda to'lashga imkoningiz bo'lmasa, ko'chmas mulk yoki avtomobilni garovga qo'ygan holda 145-moddaning 3-qismida Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi. Agar siz alimentni bir vaqtda to'lashga imkoningiz bo'lmasa, ko'chmas mulk yoki avtomobilni garovga qo'ysangiz kelishuv ham qilishingiz shart emas. Demak, siz chetga chiqmoqchi bo'lsangiz kelishuv qilish, agar alimnet oluvchi bunga rozi bo'lmasa, alimentni hammasini bir vaqtda to'lash yoki kamida 5 yillikini to'lash. Agar to'lolmasangiz biror mulkni garovga qo'shish orqali chetga chiqishingiz mumkin. Endi siz 1 oyga ketyapman deb aytyapsiz. Lekin buni isbotlab berish qiyin. Shuning uchun taqiqni olishmaydi. Yana bir variat bor MIBga bor yaqin qarindoshlaringizdan birini kafil qilishni aytib ko'ring. Agar siz alimentni to'lamasangiz, kafildan undirishni boshlashadi.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-12T10:13:40.000000Z
21,705
Bu holatda qanday qilib subsidya olish mumkin?
Men Surhondaryo viloyati Oltinsoy tumani Navruz mahallasi Qaymoqli qishlog'i mustaqillik ko'chasi 45-uyda istikomat qilaman. Men turmish o'rtog'im bilan birgalikda Yakka tartibda uy-joy qurish uchun subsidiya olmoqchi bo'lib 2022-yilning aprel oyida yagona interaktiv davlat hizmatlariga ariza bergan edik bizga bu masalada ijobiy natija chiqib keldi va 400 000 000 so'mgacha olish imkoniyatini berishdi biz 85 000 000 so'm olmoqchi bo'lib hujjat topshordik. Biz shu vaqtgacha Agrobank ATB Oltinsoy filialiga so'ragan barcha hujjatlarini qilib berdik. Ammo bizga ajratilgan muddat 1 oy qolmoqda biz hali ham 20 yillga mo'ljallangan ipoteka kreditini ololganimiz yo'q har kuni har hil bahonalar bilan aldab kelishyapti. Biz shu vaqt davomida ko'pgina harajat qilib ham qo'ydik Otamni uyini natariusdan o'tkazib garov qo'ydik hattoki. Sizdan iltimos subsidiya olish uchun bizga qanday yordam berolasiz. Agar bizga subsidiya olishda amaliy yordam berolsangiz xizmat haqqingizni to'liq qilib berardik.
socialsecurity
words.regions.surkhandarya
Uktam
2023-03-11T10:54:55.000000Z
12,072
Ассалому алайкум, сизни саволингиз ноаниқ бўлибди. Менимча уй-жой қуриш учун ипотека кредити олмоқчисиз. Субсидия 20 йилга еки муддатли қилиб берилмайди. Агар сизнинг банкка езган мурожаатингиз бўйича муддат бузилаетган ҳамда турли баҳоналар билан кредит ажратилиши пайсалга солинаётган бўлса ҳудудий прокурорга ёки 1007 ишонч телефонига мурожаат этинг. Ҳужжатларингизда камчилик бўлмаса албатта, ижобий ҳал этилади.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-11T17:32:47.000000Z
21,705
Bu holatda qanday qilib subsidya olish mumkin?
Men Surhondaryo viloyati Oltinsoy tumani Navruz mahallasi Qaymoqli qishlog'i mustaqillik ko'chasi 45-uyda istikomat qilaman. Men turmish o'rtog'im bilan birgalikda Yakka tartibda uy-joy qurish uchun subsidiya olmoqchi bo'lib 2022-yilning aprel oyida yagona interaktiv davlat hizmatlariga ariza bergan edik bizga bu masalada ijobiy natija chiqib keldi va 400 000 000 so'mgacha olish imkoniyatini berishdi biz 85 000 000 so'm olmoqchi bo'lib hujjat topshordik. Biz shu vaqtgacha Agrobank ATB Oltinsoy filialiga so'ragan barcha hujjatlarini qilib berdik. Ammo bizga ajratilgan muddat 1 oy qolmoqda biz hali ham 20 yillga mo'ljallangan ipoteka kreditini ololganimiz yo'q har kuni har hil bahonalar bilan aldab kelishyapti. Biz shu vaqt davomida ko'pgina harajat qilib ham qo'ydik Otamni uyini natariusdan o'tkazib garov qo'ydik hattoki. Sizdan iltimos subsidiya olish uchun bizga qanday yordam berolasiz. Agar bizga subsidiya olishda amaliy yordam berolsangiz xizmat haqqingizni to'liq qilib berardik.
socialsecurity
words.regions.surkhandarya
Uktam
2023-03-11T10:54:55.000000Z
12,075
Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 25 мартдаги 182-сонли қарори билан тасдиқланган “Уй-жой сотиб олиш ёки якка тартибдаги уй-жойларни қуриш ва реконструкция қилиш учун фуқароларга субсидия тўлаш тартиби тўғрисида”ги Низомнинг 42 бандига асосан ипотека кредитини белгиланган тартибда расмийлаштириш учун талабгор исталган иштирок этувчи тижорат банкига: уй-жой сотиб олиш учун субсидия ажратиш тўғрисидаги хабарномани ва уй-жойни ипотека шартлари асосида сотиб олиш бўйича қурилиш ташкилоти билан тузилган шартномани ҳамда фуқаро ўзига тегишли бўлган бадал маблағларини банкдаги ҳисобварағига жойлаштирганлиги ёки пудрат ташкилотига тўланганлигини тасдиқловчи ҳужжат; қуриладиган ва реконструкция қилинадиган якка тартибдаги уй-жойнинг кадастр ҳужжатларини ҳамда банк томонидан белгиланган бошқа ҳужжатларни; ипотека кредити бўйича биргаликда қарз олувчининг (кафилнинг) тегишли маълумотларини тақдим қилади. Мазкур Низомнинг 43 бандига асосан иштирок этувчи тижорат банки тегишли ҳужжатлар тўлиқ тақдим қилингандан сўнг уч иш кунида қарз олувчига кредит бериш масаласини ўрганиб чиқади ҳамда аризани қаноатлантириш ёки рад этиш тўғрисида қарор қабул қилади. Демак, сиз банкка ҳужжат тақдим этганингиздан сўнг 3 иш куни ичида асосли жавоб хати берилиши керак эди. Сизда субсидияни муддати тугаётганини инобатга олиб Марказий банкка ёзма равишда шикоят ариза ёзишни маслаҳат берамиз. Телеграм личка (t.me/sh_muhriddin). Ариза ёзиш хизмати ҳам мавжуд.
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-12T06:37:55.000000Z
21,702
Qo'llanilgan jarima qonuniymi?
Assalomu aleykum meni kadastr hujjatim 2019 -yilda shakllantirilgan. meni uyimga 06.03.2023 yil kuni sizni kadastr hujjatlaringiz davlat ro`yhatidan otmaganligi sababli MJTKning 68-moddasi prim 1 bilan 3.000.000 so`m jarima qo`llashibdi. meni ogohlantirmasdan va aytmasdan jarima qo`llashlari to`g`rimi ? bu moddani qo`llash tartibi qanday o`zi kadastr bo`limi xodimlaridan so`raganimda menga javob berisholmadi shu masala yuzasidan yordam bersangiz iltimos oldindan javob uchun raxmat
housing
words.regions.khorezm
Alisher
2023-03-11T09:31:06.000000Z
12,073
Ассалому алайкум, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 68 1 -моддасига кўра,  кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш учун ўз вақтида мурожаат этмаганлик учун жавобгарлик белгиланган ( фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн баравари, мансабдор шахсларга эса — ўн беш баравари миқдорида жарима жазоси мавжуд). Маъмурий ҳуқуқбузарлик ҳолати сизнинг иштирокингизда ҳуқуқ ва мажбуриятларингизни тушунтирган ҳолда расмийлаштирилиши (баённома сизга таништирилиб, тушунтиришингиз олиниши) лозим, шунингдек, маъмурий ҳуқуқбузарлик иши ҳам ҳуқуқбузар иштирокида кўриб чиқилиши шарт. Агар бу ҳолатда ҳуқуқларингиз бузилган деб ҳисобласангиз, қабул қилинган қарорни бекор қилишни сўраб ҳудудий прокурорга ёки мансабдор шахснинг ғайриҳуқуқий хатти-ҳаракатларидан норози бўлиб тегишли маъмурий ишлар бўйича судга шикоят билан мурожаат этишингиз мумкин.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-11T17:50:54.000000Z
21,686
Bu holatda menga qanday maslahat berasiz?
Assalom aleykum! Men MChJ tashkilotda sotuvchi bolib 5yildan buyon ishlab kelaman oylik maosh qonunda belgilangan tartibda olmayman faoliyatimiz qisman qonuniy va noqonuniyligini bilaman boshliq menga haddan ziyod zulum otkazadi va men bularga chidap turolmayman zulim qilish sababi faoliyat olib borayotgan qisman qonuniy va noqonuniy savdo dokonida qarzdorlik bilan chiqqanman men 5 yildan buyon oylik maosh olmayman qarzdorligim katta nima maslaxat berasiz
labor
words.regions.sirdarya
Atham
2023-03-10T03:41:17.000000Z
12,051
Assalomu alaykum Sizga nima uchun oylik berishmaydi va nima sababdan qarz boʻlib qolgansiz? Qonunda belgilangan eng kam oylik maosh hozirgi kunda 920 000 hisoblanadi. Agar siz bir stavka ishlayotgan boʻlsangiz bundan kam oylik olishingiz mumkin emas. Yana bir savol siz mehnat shartnomasi asosida ishga kirganmisiz?
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-10T03:48:09.000000Z
21,686
Bu holatda menga qanday maslahat berasiz?
Assalom aleykum! Men MChJ tashkilotda sotuvchi bolib 5yildan buyon ishlab kelaman oylik maosh qonunda belgilangan tartibda olmayman faoliyatimiz qisman qonuniy va noqonuniyligini bilaman boshliq menga haddan ziyod zulum otkazadi va men bularga chidap turolmayman zulim qilish sababi faoliyat olib borayotgan qisman qonuniy va noqonuniy savdo dokonida qarzdorlik bilan chiqqanman men 5 yildan buyon oylik maosh olmayman qarzdorligim katta nima maslaxat berasiz
labor
words.regions.sirdarya
Atham
2023-03-10T03:41:17.000000Z
12,071
Assalomu alaykum, Agar siz bu vaziyatdan norozi boʻlsangiz, tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Bu noqonuniy faoliyat ogʻir jinoiy faoliyat boʻlsa, sizga OʻzR Jinoyat kodeksining 241-moddasiga koʻra Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish boʻyicha va birovni molini talon taroj yoki rastrata qilganingiz boʻyicha ham jinoiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin. Bundan tashqari sizga oylik maosh bermasdan ishlatayotgani, noqonuniy faoliyat turlari bilan shugʻullanish boʻyicha siz aytgan odamga ham jinoiy ish ochiladi.
Nafosatkhon Imamnazarova-Hryshchenko
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-11T15:26:52.000000Z
21,681
Mazkur yo'nalish bo'yicha 2- mutaxasisslik bormi?
Assalomu alaykum.men hozir 3-kursman yurdik sohada oqimayman.Ammo yuridk sohaga bolgan kuchli qiziqishim tufayli hozirgi òqiyotgan yonalishimni tugatib 2024-yilda yuridik sohaga hujjat topshitmoqchiman.Iltimos aytingchi bu yonalishda 2-mutaxasislik bormi?Agar bolmasa men qanday tarzda kelgusi karyeramni yuridik soha bilan bog'lay?
education
words.regions.surkhandarya
Hojiniso
2023-03-09T17:40:07.000000Z
12,049
Assalomu aleykum hurmatli fuqaro Toshkent davlat yuridik universitetiga yoki boshqa universitetlardagi yurisprudensiya yoʻnalishiga oʻqishga kirish imkoniyati mavjud sizda.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-09T18:18:23.000000Z
21,678
Men bu holatda sobiq erimni otalikdan mahrum qilishim mumkinmi?
Men hozirda 2 ta oğil farzandim bn 2 chi turmushga chiqdim avvalgi erim shu kungacha vaqtida aliment tolamangan bolalardan xoh kasal bolganda sog bolganda habar olmagan hozir turmushga chiqqanimni eshitib sobiq qaynona qaynotam katta oğlimni olish uchun menga tuhmat qilib onalikdan mahrum qilish bn qorqityapti. Avval bolalar bn qiziqmagan va oyligi yuqori bolgan sobiq erim oyligini soliq bazasidan yashirib 2 bola uchun 494 000 som tolardi men hozirda qanday yol tutishim mumkun bu ish sudgacha boryapti men qandaydir yol bn sobiq erimni otalikdan mahrum qilishim mumkunmi
family
words.regions.andijan
Yulduz
2023-03-09T16:01:03.000000Z
12,044
Ассалому алейкум! Оила кодексининг 79-моддасига кўра ота-она ( улардан бири ) қуйидаги ҳолларда: ота-оналик мажбуриятларини бажаришдан бош тортса, шу жумладан алимент тўлашдан бўйин товласа; узрсиз сабабларга кўра ўз боласини туғуруқхона ёки бошқа даволаш муассасасидан, тарбия, аҳолини ижтимоий ҳимоялаш муассасаси ва шунга ўхшаш бошқа муассасалардан олишдан бош тортса; ота-оналик ҳуқуқини суиистеъмол қилса, болаларга нисбатан шафқатсиз муомалада бўлса, жумладан жисмоний куч ишлатса ёки руҳий таъсир кўрсатса; муттасил ичкиликбозлик ёки гиёвандликка мубтало бўлган бўлса; ўз болаларининг ҳаёти ёки соғлиғига ёхуд эри (хотини)нинг ҳаёти ёки соғлиғига қарши қасддан жиноят содир қилган бўлса, ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиниши мумкин. Мазкур кодекснинг 80 моддасига биноан ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиш суд тартибида амалга оширилади.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-09T16:08:16.000000Z
21,664
Holat yuzasidan qayerga murojaat qilish mumkin?
Mani 3 nafar farzandim bor. Kattakoni 19 yosh õrtanchasi 16 kichkinasi 14 . õrtancha farzandimni yoshlar daftariga kiritganman va repetetor pulini tulab berishi buyicha murojaat qilgandm 1 ta fanga tulab bermiz deyishdi uniyam 6 oylik shartnoma qilinishi keragidi 4 oylikni tashlab beraman deydi shuniyam tashlab bermayopti 2 oydan beri nima qilsam buladi?
socialsecurity
words.regions.kashkadarya
Ruhshona
2023-03-09T04:49:25.000000Z
12,040
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Ushbu masalada Hokimyatdagi oila va xotin qizlarni qo'llab quvvatlash bo'limi va yoshlar ishlari agentkligiga muropjaat qiling
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-09T13:44:23.000000Z
21,660
Tuhmat uchun qanday jazo belgilangan?
O'qituvchi o'qituvchi ustidan tuhmat qilyaptd.i qanday yuridik tamollama qonun yuzasidan javobgarlik belgilangan? ijtimoiy tarmoqlarda ya'ni telegramda tarqatib jamoa oldida quyidagi sozlar va rasmlatni tarqatgan qonuniy taraflama jazo belgilangan...
criminal
words.regions.khorezm
Ro'zmetova
2023-03-08T18:48:48.000000Z
12,041
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Ushbu holatda siz o'zingizni haqoratlangan deb hisoblasangiz Ichki ishlar organiga murojaat qiling . Qonunchilikka ko'ra haqorat qilish bazaviy hisoblash miqdori(300 ming so'm)ning yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. A S O S:O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 41-moddasi.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-09T13:51:53.000000Z
21,658
Men bu holatda daromad solig'ini qaytarib olishim mumkinmi?
Ассалому алейкум! ўзим харбий ходимман ФВБ да хизмат қиламан президент қарор асосида Сергелидан арзон уй жой олганман бошланғич толовини ўзим тўлаб мен даромат солиғини қайтариб олишим мумкинми ? уйимнинг тан нархи фоизсиз 246 миллион
tax
words.regions.tashkent_region
Ғаффор
2023-03-08T13:49:17.000000Z
12,037
Президентимизнинг ПҚ-377-сонли қарорига кўра, 2023 йил 1 январдан бошлаб дастлабки бадалнинг ва ипотека кредити бўйича фоизларнинг бир қисмини қоплаш учун субсидия берилган фуқароларнинг уй-жойларни сотиб олиш, қуриш ёки реконструкция қилиш учун олинган ипотека кредитларини ҳамда улар бўйича ҳисобланган фоизларни тўлаш учун йўналтирилган иш ҳақи ва бошқа даромадлари жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғига тортилмайди. Ушбу норма Солиқ кодексининг 378-моддаси 16-бандида ҳам ўз аксини топган. Бунда имтиёз қарз олувчи ва бирга қарз олувчилар даромадининг бир солиқ даврида меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 80 бараваридан ошмаган қисмига татбиқ этилади. Бу 73,6 млн. сўмгачани ташкил этади. Яъни сиз бир йил давомида ойма ой кредитни сўндириб бордингиз, шу бир йил ичида тўлаган кредит суммасининг 73.6 млн қисми учун даромад солиғи солинмайди. Бу суммадан ошган қисмига даромад солиғи солинади. Мол-мулк унга бўлган ҳуқуқ давлат рўйхатидан ўтказилган санадан эътиборан 36 ой ичида бегоналаштирилганда, даромадлар солиққа тортилади. Яъни, агар сиз ушбу имтиёзлардан фойдаланган бўлсангиз, уй-жойингизни уч йил давомида сотманг. Агар сотсангиз сизга қўлланилган имтиёзлар қайтариб олинади. Демак, Сиз кредитни олиб, тўлашни бошлаганиздан бир йил ўтганидан сўнг, солиқ органига мурожаат қилган ҳолда ушлаб қолинган даромад солиғини қайтариб олишингиз мумкин.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T17:28:28.000000Z
21,656
Bu holatda nima qilishni maslahat berasizlar?
Assalomu alaykum ! man bollar puliga topshiroʻdim rad etildi dib keldi xoʻjaynim chet eldalar 3 ta farzandim bor kichigim 1 oylik. sms oylezda ishsizlar bor dib keldi shunga nima qilishib kere
socialsecurity
words.regions.ferghana
Gulnoza
2023-03-08T04:13:19.000000Z
12,025
Assalomu alaykum! Siz soliq organiga borib, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ting. Undan keyin bola puliga qayta ariza topshiring.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T12:27:17.000000Z
21,655
Bu holatda uy-joy olish uchun qanday imtiyzolar bor?
Assalom aleykum! Men Tashkinbayev Jangeldi hozirda 22 yoshdaman 3 ta ukam bor, Onam 10 yoshimda vafot etgan, Otadan ajrashganmiz hozirda otani o'z oilasi bor. Men ukalarim bilan tog'amni qo'lida yashiymiz. Togamni ozini oilasi bor bolalari o'sib kelmoqda shu sababli men ozimni nomimga uy olmoqchi edim. Savolim shundan iboratki uy olish uchun davlat tomondan qanday yordam olsam bo'ladi?
socialsecurity
words.regions.tashkent
Jangeldi
2023-03-08T02:09:45.000000Z
12,021
Assalomu alaykum Yer kodeksining 27-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi. Bu degani siz davlatdan yer olmoqchi bo'lsangiz, faqat aksion orqali sotib olishingiz mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T06:24:00.000000Z
21,652
Holat yuzaisdan qayerga murojaat qilish kerak?
Assalomu alaykum! Mani opami turmush o'rtog'ini qandaydir 1 ayol yo'ldan ozdirishga harakat qilgan va uddaladiyam bundan yaqinda xabardor bo'ldik. Asos bor nima qilishni maslaxat berasiz???? Qayerga qanday murojaaat qilsa bo'ladi???
family
words.regions.ferghana
Fotimaxon
2023-03-07T18:15:38.000000Z
12,042
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ushbu holatda hech qanday javobgarlik yo'q.Sizga Oila va xotin qizlarni qo'llab quvvatlash bo'limiga murojaat qilishni maslahat beraolamiz
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-09T13:54:58.000000Z
21,651
DXX qurilish sohasiga oid yonalishga ishga kirish mumkinmi ?
Assalomu aleykum! DXX qurilish sohasiga oid yonalishga ishga kirish mumkinmi ? Mumkin bolsa qanday talablari bor ? iltimos shu xaqida malumot bersangiz oldindan raxmat
military
words.regions.tashkent_region
Yarbekov
2023-03-07T18:06:37.000000Z
12,026
Assalomu alaykum. Viloyatingizdagi DXX boshqarmasiga borib murojaat qiling, ular sizga batafsil ma'lumot berishadi.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T12:29:31.000000Z
21,650
Pasportdagi tug'ilgan joyni o'zgartirish mumkinmi?
Pasportdagi tug'ilgan joyni o'zgartirish mumkinmi? Assalomu alaykum, yoshim 25 da Andijonda tug'ilganimga bir yil to'lmasdan Farg'onaga ko'chib kelganmiz, endi familyamdagi hatolik yoki biror hujjat uchun Andijonga birishimga to'g'ri kelyapti. Bundan tashqari mahalliychilk ham noqulaylik tug'diryapti. Shuning uchun tug'ilgan joyimni Farg'ona qilib o'zgartira olamanmi? Javob uchun oldindan rahmat.
citizenship
words.regions.ferghana
Jaxongir
2023-03-07T14:43:41.000000Z
12,027
Assalomu alaykum! Avvalo shuni bilish kerakki, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomadagi ma'lumotlar o‘z holicha pasportga ko‘chiriladi. Ya‘ni sizdagi tug‘ilgan joyi degan yozuv ham pasportga guvohnomadan olib ko'chiriladi. Shuning uchun pasportdagi tug‘ilgan joyi degan yozuvni o‘zgartirish uchun guvohnomaga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi. Guvohnomaga o‘zgartirish kiritish tartibi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» gi qarorida dalolatnoma yozuvlarini o‘zgartirish, tuzatish, to‘ldirish haqida tegishli qoidalar belgilangan. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar , tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo‘lganda va manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi, agar ular O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo‘lsa, FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. Endi qarang quyidagilar guvohnomaga o‘zgartirish uchun asoslar hisoblanadi: Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi bo‘lganda; otalik belgilanganda; farzandlikka olinganda; ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda; millati o‘zgartirilganda; nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar); sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda, ota haqidagi ma’lumotlar bekor qilinganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda; ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda; dalolatnoma yozuvlarida imloviy xato va noaniqliklar bo‘lganda, shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining ismi haqidagi yozuv mavjud bo‘lmaganda; 16 yoshga to‘lmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa; agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan bo‘lsa; jinsi o‘zgartirilganda. Yuqoridagi asoslardan ko'rinib turibdiki, tug‘ilgan joyini o‘zgartirish uchun maxsus asos mavjud emas. Shuning uchun sizning murojaatingiz FHDYO organi tomonidan rad etilishi mumkin.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T12:50:03.000000Z
21,649
YPX xodimi harakatlari qonuniymi?
Meni hozi ypx hodimi jarima maydoniga qoydi sabab ishonchnoma yoq deb lekin men akamni moshinasida edim akam bilan men otamiz 2 ta lekin onamiz bita qorindan tushganmiz sugurtam ham bor haqi bormi jarima qoyishga
auto
words.regions.tashkent
Xasanboy
2023-03-07T14:09:34.000000Z
12,028
Assalomu alaykum! Transport vositasi egasining quyidagi qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin: • ota-onasi; • eri (xotini); • bolalari; • aka-ukalari; • opa-singillari. Ushbu yaqin qarindoshlar haqida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, qarindoshlik darajasi) transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T13:22:59.000000Z
21,647
Aliment miqdorini qisqartirish tartibi qanday?
Birinchi xotiniga 25% aliment to'laydilar. men ikkinchi turmushiman. egizak farzandli boldim. Aliment miqdorini qisqartirish uchun qayerga murojaat qilishim va qanday hujjatlar kk boladi?
family
words.regions.karakalpakistan
Gulasal
2023-03-07T11:46:32.000000Z
12,018
Voyaga yetmagan farzandlar taminoti uchun aliment undirish masalasi va aliment tolovi bilan bogliq nizolar Ozbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda tasdiqlangan Oila kodeksi hamda Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 29 iyulda qabul qilingan "Sudlar tomonidan voyaga etmagan va voyaga etgan mehnatga layoqatsiz bolalar taminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boyicha qonunchilikni qollash amaliyoti togrisida"gi 11-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Oila Kodeksining 105-moddasiga asosan aliment tolayotgan ota-onaning boshqa voyaga etmagan bolalari bolib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o'sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq taminlanib qoladigan bolsa, shuningdek aliment to'layotgan ota (ona) nogiron bolib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bolsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo`lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin. Qayd qilingan qonun talabidan kelib chiqqan holda ota birinchi turmushidagi farzandlari uchun aliment to'lovini amalga oshirib kelgan holda qaramog'ida ikkinchi turmushidan bolalari borligi holati uni aliment majburiyatidan ozod qilish yoki to'lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish uchun asos bola olmaydi. Chunki aliment miqdorini kamaytirish asoslari qonunda aniq belgilangan. Shu bilan birgalikda, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 115-moddasiga asosan boshqa-boshqa ota-onadan tugilgan voyaga etmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori ushbu Kodeksning 99-moddasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment tolovchi o'ta (ona) aliment tolash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug'i kimning foydasiga chiqgan bo'lsa,o'sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishlicha kamaytirish togrisida da'vo taqdim etishi mumkin.
Abror Mardonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-07T12:14:12.000000Z
21,646
Aliment to‘lovchi aliment undiruvchini ogohlantirmay aliment miqdorini kamaytirishi mumkinmi?
Men bir nafar farzandim uchun aliment olaman. Aliment plastik kartaga tushadi. Keyingi oylarda negadur oz tushyapdi. Oldin tushayotgan pulning 30 % miqdorida tushyapdi. Aliment to‘lovchi aliment undiruvchini ogohlantirmay aliment miqdorini kamaytirishi mumkinmi? Bu tushayotgan pul yetmayapdi. O‘zim o‘qituvchiman. 10 soat darsim bor. Oyligim oz.
family
words.regions.andijan
Dilshoda
2023-03-07T10:54:34.000000Z
12,017
Voyaga yetmagan farzandlar taminoti uchun aliment undirish masalasi va aliment tolovi bilan bogliq nizolar Ozbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda tasdiqlangan Oila kodeksi hamda Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 29 iyulda qabul qilingan "Sudlar tomonidan voyaga etmagan va voyaga etgan mehnatga layoqatsiz bolalar taminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boyicha qonunchilikni qollash amaliyoti togrisida"gi 11-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Oila Kodeksining 105-moddasiga asosan aliment tolayotgan ota-onaning boshqa voyaga etmagan bolalari bolib, undan qonunda belgilangan mikdorda aliment undirilganda osha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq taminlanib qoladigan bolsa, shuningdek aliment tolayotgan ota (ona) nogiron bolib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bolsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo`lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin. Qayd qilingan qonun talabidan kelib chiqqan holda ota birinchi turmushidagi farzandlari uchun aliment tolovini amalga oshirib kelgan holda qaramogida ikkinchi turmushidan bolalari borligi holati uni aliment majburiyatidan ozod qilish yoki tolanayotgan aliment miqdorini kamaytirish uchun asos bola olmaydi. Chunki aliment miqdorini kamaytirish asoslari qonunda aniq belgilangan. Shu bilan birgalikda, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 115-moddasiga asosan boshqa-boshqa ota-onadan tugilgan voyaga etmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori ushbu Kodeksning 99-moddasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment tolovchi ota (ona) aliment tolash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugi kimning foydasiga chiqgan bolsa,osha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishlicha kamaytirish togrisida davo taqdim etishi mumkin.
Abror Mardonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-07T11:59:44.000000Z
21,645
Qo'shnilar o'rtasidagi nizo qanday yechiladi?
Qoshnim bilan ortada devori Bor men qurganman devorimni ortida suv õtadigan ariq Bor shu joydan agoratimga suv qoyaman men devordan otsam qoshnim janjal qilyapti lekin uni devori yoq Meni uyimga otyapsan sorab ot deb janjal qilyapti u devor qurishi shartmi yoki shartmasmi
housing
words.regions.ferghana
Alisher
2023-03-07T09:50:00.000000Z
12,030
Assalomu alaykum! Ushbu muammoni yechimi fuqarolik qonunchiligida belgilangan bo‘lib, quyidagicha hal etiladi. Fuqarolik kodeksining 173-moddasiga asosan ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa – boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir. O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin . Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi. Sizning holatingizda agar yer egasi bilan kelisha olmasangiz, sud orqali hal qilishingiz mumkin. Bizda sudga ariza yozish xizmati ham mavjud, shaxsiy chatimga yozsangiz, bu masalada yordam berishim mumkin.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T13:32:08.000000Z
21,644
Qo'shnilar o'rtasidagi holat qanday yechiladi?
Assalom alekum! Meni devorimni orqasida suv õtadigan ariq bor. Shu joydan agoratimga suv qo'yaman men devordan o'tsam qoshnim janjal qilyapti meni uyimga otyapsan deb lekin uni devori yoq shunga boshim qotgan nima qilishga oldindan raxmat
housing
words.regions.ferghana
Alisher
2023-03-07T09:41:41.000000Z
12,032
Assalomu alaykum! Ushbu muammoni yechimi fuqarolik qonunchiligida belgilangan bo‘lib, quyidagicha hal etiladi. Fuqarolik kodeksining 173-moddasiga asosan ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa – boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir. O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin. Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi. Sizning holatingizda agar yer egasi bilan kelisha olmasangiz, sud orqali hal qilishingiz mumkin. Bizda sudga ariza yozish xizmati ham mavjud, shaxsiy chatimga yozsangiz, bu masalada yordam berishim mumkin.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T13:34:57.000000Z
21,643
Menga bu holatda qo'shimcha haq to'lanadimi?
Assalomu alaykum men maktabda 0.5 stavka psixolog bo‘lib ishlayman. Ikki kishimiz sherigim 1.Stavka ishlaydi. Sherigim 1 haftalik malaka oshirishga ketganligi sababli uning ish vazifasi vaqtincha menga yuklatildi. Savolim shundan iboratki:''Menga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadimi''..?
labor
words.regions.samarkand
Shaxzod
2023-03-07T07:48:52.000000Z
12,033
Assalomu alaykum! "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga ko'ra, Xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida o‘sha kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishlarni bajarish xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini ko‘paytirish hisoblanadi. Tashkilotning xodimi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan qo‘shimcha ishni bajaradigan muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi tomonidan, xodimning yozma roziligi bo‘yicha belgilanadi. Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi. Demak, yuqoridagi asoslarga ko'ra Sizga qo‘shimcha haq to'lanishi kerak.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T13:54:26.000000Z
21,642
Men sudya sifatida ishlay olamanmi?
Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tezkor qidiruv faoliyati mutaxassisligi bo’yicha tamomlaganman. Berilgan diplomning malakasi yurist. Ushbu mutaxassisligim va ma’lumotim sudyalikka nomzodim qo’yilishini rad qilish uchun asos bo’lishi mumkinmi.
court
words.regions.navoiy
Otabek
2023-03-07T07:31:22.000000Z
12,019
O'zbekiston Respublikasi "Sudlar to'g'risida"gi Qonunining 67-moddasiga asosan, O‘ttiz besh yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin. Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin emas: - jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs; - ilgari sudlangan yoki o‘ziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha tugatilgan shaxs; - chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega bo‘lgan shaxs; - sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxs; - psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs; - sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan shaxs. Demak, ushbu holatda sizning mutaxassisligingiz va ma’lumotingiz sudyalikka nomzodingizni qo’yisgingizga rad qilish uchun asos bo’lishi mumkin emas.
Abror Mardonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-07T12:27:11.000000Z
21,640
Men bu holatda ish o'rni talab qilshdan bosh tortishim qonuniymi?
Assalomu aleykum! men bog'chada ishliman bola tatilida edim Yana homilador bo'ldim endi tatilini Yana ulatmoqchi edim.ha ulaymiz Lekin bizga keyin ish o'rnimni talab qimiyman degan ariza yozib berishing kerak deyabdi. bu qanchali to'g'ri? men 3 ta bolam bilan ishsiz qolmaymanmi? turmush órtog'imham ishsiz edilar iltimos yordam beringlar,
labor
words.regions.karakalpakistan
Asel
2023-03-07T03:13:20.000000Z
12,034
Assalomu alaykum! Siz bunday ariza yozmang! Ertaga ishsiz qolishingiz mumkin. Qonunchilikka ko'ra, xodim bola parvarishlash ta'tiliga chiqqanda, uning ish joyi va lavozimi saqlanadi.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-08T13:57:45.000000Z
21,639
Bu holatda qaysi tashkilotga murojaat qilish kerak?
Men harbiy xizmatga bormaganman yoshim 30 da vayenni bilet tugirlashim kerak. Qanday yo‘l bilan armiyaga bormasdan tugirlasam boladi, qayerga murojaat qilishim kerak.
military
words.regions.jizzakh
Rustam
2023-03-07T00:26:24.000000Z
12,043
Mudofaa ishlari bo'limiga murojaat qiling
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-09T13:58:22.000000Z
21,634
Bu holatda qanday qilib chet elga ishga chiqsam bo'ladi?
Salom meni xotinim ajrashmoqchi 2 ta farzandim bor, o'g'lim 8 yoshda qizim 4 yoshda men Yevropaga ishlashga ketmoqchiman. U alimentga bersa chiqishimga taqiq qo'yiladi qanday chet elga chiqsam bo'ladi?
family
words.regions.samarkand
Asqar
2023-03-06T15:33:01.000000Z
12,010
Assalom alaykum. Oila kodeksining 145-moddasiga muvofiq aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan ushbu Kodeksning 130—134-moddalariga asosan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart. Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqliligi belgilangan. Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Notarial tartibda tasdiqlangan aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo‘ladi. Yuqoridagilarga asosan siz chet elga chiqish uchun ayolingiz bilan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishingiz, agar ayolingiz bunga rozi bo`lmasa fuqarolik ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlariga alimentni bir yo'la to'lash to'g'risida ajrim chiqarib berishini so'rab murojaat qilishingiz mumkin.
Saydullo Ubaydullayev
words.regions.andijan
false
true
2023-03-06T16:39:56.000000Z
21,632
Holat yuzasidan qayerga murojaat qilsak bo'ladi?
Assalomu aleykum. Oilamzda 3ta farzandmiz. Uchalamiz ham kontraktmiz. Men yoshlar daftariga kiritilganman. Kontraktimni 50foizini toladik. Hozir 50 foizi davlat tomonidan tolab beriiladi deyishti lekin hali tolab bergani yo'q biz qayerga murojat qilaylik?
socialsecurity
words.regions.andijan
Hilola
2023-03-06T13:01:22.000000Z
12,011
Assalomu alaykum. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-sonli qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etilgan. Ushbu jamg`arma mablag`laridan mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berishligi nazarda tutilgan. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 13-bandiga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida sarflanadi deb belgilangan. Yuqoridagilarga asosan siz yashash hududingizdagi vasiylik kengashiga murojaat qilishingiz lozim.
Saydullo Ubaydullayev
words.regions.andijan
false
true
2023-03-06T17:15:10.000000Z
21,630
Men bu holatda qo'shimcha dars o'tishga majburmanmi?
Maktabda ingliz tilidan dars beraman. Sherigim tug‘ruq ta'tiliga chiqdi. Maktab ma'muriyati sherigimni darsini qo‘shib o‘tasiz deb boshqa o‘qituvchiga bermayapti. 35ta o‘quvchiga qo‘shib o‘tishga qiynalyapman. Dars sifati pasayib ketyapti
labor
words.regions.kashkadarya
Madina
2023-03-06T12:43:11.000000Z
12,012
Assalom alaykum. Vaziyat yuzasidan hududingizdagi adliya organlariga murojaat qiling.
Saydullo Ubaydullayev
words.regions.andijan
false
true
2023-03-06T18:14:33.000000Z
21,626
Bu holatda mazkur fuqorani prapiskadan chiqarib yuborish uchun qanday qonuniy chora ko'rsam bo'ladi ?
08.07.2022 -yil sanasida ikklamchi bozordan xonadon sotib oldim. Natarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga asosan barcha shu vaqtga qadar prapskada qayd qilingan fuqoralar bir oy muddatda ro'yxatdan chiqish majburiyatini oldilar. Ularning ism shariflari va tug'ilgan sanalari shartnomada birma-bir ko'rsatilgan. Lekin shu ro'yxatdagilardan biri (xonadondan uzatilib ketgan qiz) bugungi kungacha ro'yxatdan o'chgani yo'q. Uzoq va takroriy so'rov va ogohlantirishlarimdan foyda bo'lmadi. Bu holatda mazkur fuqorani prapiskadan chiqarib yuborish uchun qanday qonuniy chora ko'rsam bo'ladi ?
government
words.regions.tashkent
Doniyor
2023-03-06T10:43:04.000000Z
12,008
Ассалому алайкум Дониёр ака, саволингиз учун раҳмат. Фуқаролик кодексининг 164 моддасига кўра мулк ҳуқуқи шахснинг ўзига қарашли мол-мулкка ўз хоҳиши билан ва ўз манфаатларини кўзлаб эгалик қилиш, ундан фойдаланиш ва уни тасарруф этиш, шунингдек ўзининг мулк ҳуқуқини, ким томонидан бўлмасин, ҳар қандай бузишни бартараф этишни талаб қилиш ҳуқуқидан иборатдир. Мулк ҳуқуқи муддатсиздир.   Мазкур кодекснинг 228 моддасига асосан мулкдор ўз мол-мулкини бошқа шахснинг қонунсиз эгалигидан талаб қилиб олишга ҳақли (виндикация).   Демак, сиз ушбу шахсга нисбатан уй-жойдан фойдаланиш ҳуқуқини йўқотганликни тан олиш ва хисобдан (пропискадан) ўчириш тўғрисида фуқаролик судига ариза билан мурожаат қилинг. Бизда ариза ёзиш хизмати ҳам бор.
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-06T11:05:02.000000Z
21,624
Menga bu holatda bola puli beriladimi?
Assalom alekum! Xo'jaynim kontrak to'lab oqiydi nomida kreditga olgan moshinasi bor. Ishlamidi ikkta bolam bor 3 yosh 1 yarim yosh bola puli olsak boladimi
socialsecurity
words.regions.tashkent
Otabek
2023-03-06T07:47:31.000000Z
12,014
Assalom alaykum. Hozirgi vaqtda ishlamayotgan fuqarolarga nafaqa tayinlash rad etiladi. Boqimandalikning oldini olish maqsadida ishlamayotgan fuqarolarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash cheklab qo‘yilgan. Shuningdek, avtomashinalari bor kishilarga ham nafaqa tayinlanmaydi.
Saydullo Ubaydullayev
words.regions.andijan
false
true
2023-03-06T18:28:35.000000Z
21,623
Tadbirkor bu holatda pullarini qanday qilib undirishi mumkin?
Узбекистон фукароси корейс миллатика мансуб инсон, Корея республикасига ишга борганда, у ерлик махаллий тадбиркорнинг ишончига кириб, 30 000 $ доллар пулларини узлаштириб, узбекистонга кайтиб келган. Хозирги Кунда кореялик тадбиркор уз пулларини кандай кайтариб олиши мумкин? узбекистонга келиши шартми? Еки уз ватанида туриб конуний еллар Билан кайтариб ололадими?
criminal
words.regions.tashkent
Азизхан
2023-03-06T07:17:48.000000Z
12,015
Assalom alaykum. Koreya Respublikasidagi O'zbekiston elchixonasiga asoslantiruvchi dalilar bilan murojaat qilsin.
Saydullo Ubaydullayev
words.regions.andijan
false
true
2023-03-06T18:31:15.000000Z
21,618
Tan jarohati yetkazganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Assalomu alaykum! Savolim shundan iborat ediki,1 - guruh nogironini, haqoratlagani va tan jaroxati yetkazgani uchun fuqoroga, qanaqa chora va javobgarliklar bor?
criminal
words.regions.samarkand
Ойбек
2023-03-05T17:15:02.000000Z
12,006
Assalomu alaykum! Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq, haqorat qilgan shaxsga nisbatan quydagi jarima BHM ning 20 barovaridan 40 barovarigacha miqdorda jarima solinishi nazarda tutilgan. Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil mobaynida takroran sodir etilgan bo'lsa , huquqbuzar shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Tan jarohatiga keladigan bo'lsak, agar tan jarohati qasddan yetkazilgan bo'lsa, qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa, ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi bilan javobgarlikka sabab bo'ladi. Shuningdek, jinoyat kodeksida qasddan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik; qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlik; qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Yuqoridagi javobgarliklarning birini qo'llanilishida tan jarohatining og'irlik darajasidan kelib chiqiladi. Bu ekspertiza xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T17:22:48.000000Z
21,617
Menga bu holatda nogorinlik nafaqasi berish saqlanib qolinadimi?
Men 3- gruhga o'tkazamiz dep aytishdi, lekin men 3- gruhga yaramayman va 2 gruhda eplab 1 yilga qoldirdim. 3 -gruhga o'tkizsa nogronlik nafaqa beriladimi?
socialsecurity
words.regions.andijan
Axrorbek
2023-03-05T15:39:52.000000Z
12,007
Assalomu alaykum! Davlat pensiya ta'minoti to'g'risida qonunning 15-moddasiga ko'ra, nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T17:24:28.000000Z
21,615
Bu holatda mol-mulk qanday bo'linadi?
Ассалому алейкум! Cаволим шундай конуний хотиним билан дадамни уйида яшардик хозир бирга яшамаймиз конуний никохимиз бор бирга яшаган давримиздаги мол мулкларни олиб кетаман деб участка нозири билан келса бермасликка хакким борми? факат узига тегишли кийим кечак ва хокозалрни берсам боладими? Ормизда бирга яшаган давримиздаги мошина хотинимди номида участка нозири билан олиб келган кандай килиб кайтартирсам болади ва кандай тартибда мол мулк булинади?
family
words.regions.tashkent
Жорабек
2023-03-05T14:16:23.000000Z
12,001
Ассалому алейкум! Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси 23-моддасига асосан эр ва хотиннинг никоҳ давомида орттирган мол-мулклари, шунингдек, никоҳ қайд этилгунга қадар, бўлажак эр-хотиннинг умумий маблағлари ҳисобига олинган мол-мулклари, агар қонун ёки никоҳ шартномасида бошқача ҳол кўрсатилмаган бўлса, уларнинг биргаликдаги умумий мулки ҳисобланади. Шунингдек, эр ва хотиннинг никоҳ давомида орттирган мол-мулклари жумласига (эр ва хотиннинг умумий мол-мулкига) эр ва хотин ҳар бирининг меҳнат фаолиятидан, тадбиркорлик фаолиятидан ва интеллектуал фаолият натижаларидан орттирган даромадлари, улар томонидан олинган пенсиялар, нафақалар, шунингдек, махсус мақсадга мўлжалланмаган бошқа пул тўловлари (моддий ёрдам суммаси, майиб бўлиш ёки саломатлигига бошқача зарар етказиш оқибатида меҳнат қобилиятини йўқотганлик муносабати билан етказилган зарарни қоплаш тарзида тўланган суммалар ва бошқалар) киради. Эр ва хотиннинг умумий даромадлари ҳисобига олинган кўчар ва кўчмас ашёлар, қимматли қоғозлари, пайлари, омонатлари, кредит муассасаларига ёки бошқа тижорат ташкилотларига киритилган капиталдаги улушлари ҳамда эр ва хотиннинг никоҳ давомида орттирган бошқа ҳар қандай мол-мулклари, улар эр ёки хотиндан бирининг номига расмийлаштирилган ёхуд пул маблағлари кимнинг номига ёки эр ва хотиннинг қайси бири томонидан киритилган бўлишидан қатъи назар, улар ҳам эр ва хотиннинг умумий мол-мулки ҳисобланади. Хусусан, эр ва хотиндан бири уй-рўзғор ишларини юритиш, болаларни парвариш қилиш билан банд бўлган ёки бошқа узрли сабабларга кўра мустақил иш ҳақи ва бошқа даромадга эга бўлмаган тақдирда ҳам эр ва хотин умумий мол-мулкка нисбатан тенг ҳуқуққа эга бўлади. Демак умумий мол-мулкларингизга нисбатан хотинингиз хам тенг хукукка эга. Унинг хиссасини ажратиб беришингиз тавсия киламиз. Агар бундай килмасангиз, хотининг суд оркали олиши мумкин.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T14:57:04.000000Z
21,614
Men IIBga ishga kirsam bo'ladimi?
Ассалому алайкум! ёшим 34 да ИИБ да ишга кирмокчиман маьлумотим тугаллагмаган олий психолог йуналиши 3 курс сирткида укийман . Ишга кирсам буладими ...
military
words.regions.bukhara
Саломова
2023-03-05T11:11:15.000000Z
11,999
Assalomu alaykum! Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb saytida e'lon qilingan manbaga ko'ra, Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o'n sakkizdan kichik va o'ttizdan katta bo'lmagan, shu jumladan o'ttiz yoshdagi ham, o'rta, o'rta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma'lumotga ega, sog'lig'ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. Bunda, o'g'il bolalar bo'yi 165 sm.dan, qiz bolalar (ayollar) bo'yi 160 sm.dan past bo'lmasligi (ayrim bo'linmalar va lavozimlar uchun nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan ro'yxat asosida o'rnatiladi), o'g'il bolalar O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o'tagan, yoxud oliy o'quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o'tgan bo'lishi kerak. Tanlov mavjud bo'sh lavozimlar uchun o'tkaziladi. Tanlov o'tkazilishidan kamida o'n kun oldin ichki ishlar organining rasmiy veb-saytida bo'sh lavozimlar to'g'risida e'lon beriladi. E'londa tanlov o'tkazish joyi va kuni, taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlar ro'yxati hamda xizmatga qabul qilish tartibi va belgilangan imtiyozlar ko'rsatiladi. Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro'yxatiga kiritilmaydi. Xizmatga qabul qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: dastlabki tanlov –  dastlabki suhbat, psixologik o'rganish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; yakuniy tanlov –  yakka tartibda suhbat. Dastlabki tanlovning har bir bosqichining natijalari e'lon qilinib boriladi. Sinovlarning biridan o'ta olmagan nomzodning hujjatlari rasmiylashtirilishdan to'xtatilib, keyingisiga qo'yilmaydi. Nomzodlarning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish davomida unga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyaga yo'llanma beriladi. Shaxsiy hujjatlar yig'majildi to'liq rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar yakuniy tanlovga qo'yiladi. Yakuniy tanlovda, qoida tariqasida, bir lavozimga kamida ikkita nomzod ishtirok etishi lozim. Yakuniy tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar, ichki ishlar organlari qabul komissiyasining yakuniy qaroriga muvofiq, xizmatga qabul qilinadi. Ayrim toifadagi nomzodlarga tanlovlarda imtiyoz va ustunliklar berish tartibi Xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan, shaxsiy hujjatlar yig'majildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda yakuniy tanlovsiz ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi. Respublikada 1-o'rinni, xalqaro tanlov va musobaqalarning individual va jamoaviy turlarida 1-3 o'rinlarni egallagan sportchilar, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo'lganlar, oliy ta'lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig'majildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, psixolog-mutaxassisning individual suhbatidan o'tgandan so'ng yakuniy tanlov asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T13:00:12.000000Z
21,613
Aliment undirish ijrosini to'xtatish tartibi qanday?
Sobiq ayolim hech qanday moddiy kelishmovchiliklarsiz aliment olishdan bosh tortmoqchi. Aliment undirish ijrosini to'xtatish boyicha qayerga va qanday tartibda murojat qilishi kerakligini bilib berishimni iltimos qilgandi. Shu haqida ma'lumot bersangizlar
family
words.regions.navoiy
Jahongir
2023-03-05T10:57:26.000000Z
12,004
Assalomu aleykum hurmatli fuqaro Ushbu masala yuzasidan Majburiy ijro byurosiga yoki fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-05T16:38:03.000000Z
21,612
Qarzni qanday qilib undirsam bo'ladi?
Assalomu Alaykum bir tanishim o'zi ehtiyoji uchun pul suragandi 10 kunga deb mana 3 oy o'ti daji telni ham kutarmay quydi qanday yo'l bilan qaytarsam bo'ladi 3 oy ichida u pulda foydalanib ko'paytirishim mumkun edi qanday maslahat berasiz qanday chora ko'rsa bo'ladi?
civil
words.regions.samarkand
Hamro
2023-03-05T10:21:20.000000Z
11,997
Ассалому алайкум! Фуқаролик кодекси 733-моддасига мувофиқ фуқаролар ўртасида қарз шартномаси, агар бу қарзнинг суммаси базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн бараваридан ортиқ бўлса, оддий ёзма шаклда тузилиши шарт. Бироқ Фуқаролик кодекси 109-моддаси мазмунига кўра агар битим ёзма равишда тузилмаса ва бунинг оқибатида кейинчалик низо келиб чиққанда тарафлар ўз важларини гувоҳлар ёрдамида исботлаш ҳуқуқидан маҳрум бўлишади. Демак, агар сиз 3 млн сўмдан ортиқ қарз берган бўлсангиз ва сизда шартнома (тилхат) бўлмаса, буни гувоҳлар орқали исбот қила олмайсиз. Ушбу норманинг иккинчи қисмига кўра тарафлар битимнинг тузилганлигини, мазмуни ёки бажарилганлигини ёзма ёки бошқа далиллар билан тасдиқлашга ҳақлидирлар. Шундай экан, қарзни ундириш учун фуқаролик судига мурожаат қилиш керак бўлади. Шахсий чатимга ёзсангиз, сизга қарзни ундириб беришда ёрдам беришим мумкин.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T10:38:59.000000Z
21,607
Bu holatda mendan daromad solig'i undiriladimi?
Менга мехнат татилига чиккан кунидан бошлаб касаллик буйича вактинча мехнатга яроксизлик вараги очилди ва 6 ой узлуксиз давом этиб 2-гурух ногиронлик белгиланди. Шундан кейин фойдаланмаган мехнат татилимни беришди.аммо мехнат татили пулини ногиронликка чикмасдан олдин беришган. Солик кодекси 380-моддасида даромад солигига ногиронларга имтиез белгиланган.ушбу холатда мехнат татилига туланган маблагдан даромад солиги ундириладими
tax
words.regions.karakalpakistan
Курол
2023-03-05T00:45:27.000000Z
11,993
Ассалому алайкум! Солиқ кодексининг 380-моддасига мувофиқ болаликдан ногиронлиги бўлган шахслар, шунингдек I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 3 баравари миқдоридаги даромадлар бўйича жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи тўлашдан озод қилинади. Бу имтиёз пенсия гувоҳномаси ёки тиббий-ижтимоий эксперт комиссиясининг маълумотномаси асосида берилади. Энди қаранг! Ўзбекистон Республикаси Президентининг 20.05.2022 йилдаги ПФ-138-сон фармонига кўра 2022 йил 1 июндан бошлаб Ўзбекистон Республикаси ҳудудида меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори — ойига 920 000 сўм этиб белгиланди. Ушбу кодекс 103-моддасига мувофиқ ортиқча тўланган солиқ суммаси солиқ тўловчининг аризасига кўра солиқ тўловчига тўлиқ ёки қисман қайтарилиши мумкин. Энди қаранг! Мазкур кодекс 104-моддаси бешинчи қисмида ортиқча тўланган солиқ суммасини ҳисобга олиш ёки қайтариш тўғрисидаги ариза, агар солиқ тўғрисидаги қонун ҳужжатларида бошқача қоида назарда тутилмаган бўлса, кўрсатилган сумма тўланган кундан эътиборан беш йил ичида берилиши мумкинлиги келтирилган. Хулоса: агар сизга мехнат таътили пуллари ногиронликни олганингиздан кейин тўланган бўлса, юқоридаги имтиёзга эга бўласиз. Агар аксинча бўлса, қонун орқага қайтиш кучига эмаслиги учун юқорида имтиёз қўлланилмайди.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T09:47:59.000000Z
21,605
Men bu holatda qanday imtiyozlardan foydalanishim mumkin?
Salom,men yolğiz onaman, yaxshi oylik olaman, nominda 2022-yilda ishlab chiqarilgan,kreditga olingan mashinam bor. Men uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
socialsecurity
words.regions.bukhara
Õlmasoy
2023-03-04T16:14:52.000000Z
11,994
Ассалому алайкум! Аёлларга қуйидаги имтиёзлар мавжуд. ▫️ Хотин-қизларга тадбиркорликни йўлга қўйиш учун 33 миллион сўмгача кредитлар ажратилади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11121 ) ▫️ Аёлларни пенсия ёшига тўлганлиги сабабли иш берувчи ташаббуси билан ишдан бўшатиш тақиқланади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11134 ) ▫️Айрим тоифадаги хотин-қизларга ОТМга кириш учун тавсиянома берилади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11139 ) ▫️"Аёллар дафтари"га киритилганларга 40 млн 500 минг сўмгача кредит берилиши мумкин ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11148 ) ▫️ Ишлайдиган оналарга болани овқатлантиришга танаффус берилади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11158 ) ▫️ Хотин-қизларнинг касб ўрганишга қилган харажатларини давлат тўлаб беради ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11163 ) ▫️ “Аёллар дафтари”га киритилган ёлғиз аёлларнинг фарзандлари ҳам боғчага имтиёзли рўйхат асосида қабул қилинади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11191 ) ▫️ Оғир ижтимоий аҳволдаги хотин-қизларга имтиёзли уй-жойлар берилади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11197 ) ▫️ Фаол ва ташаббускор хотин-қизлар “Мўътабар аёл” кўкрак нишони билан тақдирланади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11205 ) ▫️12 ёшга тўлмаган боласи бор аёлларга қўшимча таътил берилади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11216 ) ▫️ Айрим хотин-қизларнинг контракт пули давлат томонидан тўлаб берилади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11237 ) ▫️ ( https://t.me/huquqiyaxborot/11252 ) 2 ёшга тўлмаган боласи бор аёллар енгилроқ ишга ўтказилади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11241 ) ▫️ Ҳомиладор аёллар, 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёлларни ишга қабул қилишда дастлабки синов қўлланилмайди ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11283 ) ▫️ Раҳбарлик лавозимига танловда хотин-қизлар ва эркакларнинг тенг иштироки таъминланади ➖ Батафсил ( https://t.me/huquqiyaxborot/11301 ) ▫️ Айрим аёллар 53 ёшда пенсияга чиқиши мумкин ➖ Батафсил https://t.me/huquqiyaxborot/11309
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T10:01:39.000000Z
21,603
IIb xodimi harakatlari qonuniymi?
184 prim 2- moddasiga ko’ra diniy mazmundagi video tarqalgan ammo ushbu videoda shaxsga oid hech qanday ma’lumot yo’q shunga qaramay iib hodimlari majburan tushuntrish hatini ruhiy bosim bilan Abdulloh zufar ning videosini tarqatim deb yozdirishgan
criminal
words.regions.khorezm
Nozima
2023-03-04T15:19:59.000000Z
11,995
Ўзбекистон Республикасининг маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексиybyu 184(4)-моддасига кўра, Диний мазмундаги материалларни тарқатиш мақсадида қонунга хилоф равишда тайёрлаш, сақлаш, Ўзбекистон Республикаси ҳудудига олиб кириш ёки тарқатиш , — материалларни ва уларни тайёрлаш ҳамда тарқатиш учун тегишли воситаларни мусодара қилиб, фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг йигирма бараваридан юз бараваригача, мансабдор шахсларга эса — эллик бараваридан юз эллик бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади. Агар ички ишлар органи хатти-ҳапакатларидан норози бўлсангиз, туман прокуратурасига мурожаат қилишингиз мумкин.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T10:07:21.000000Z
21,601
Qariyalar uchun ham nafaqa undirish mumkinmi?
Assalomu alaykum Keksayagan ayolga bolallari tomonidan aliment undirsa boladimi ?Ko'chada qolgan qarilik nafaqasi ham yoq posporti ham avvalgi SSR posport yangiga òzgartirilmagan.
criminal
words.regions.karakalpakistan
Umida
2023-03-04T13:04:32.000000Z
11,987
Assalomu aleykum hurmatli fuqaro Qonunchilikka koʻra Voyaga yetgan , mehnatga layoqatli farzandlar Mehnatga layoqatsiz , yordamga muhtoj ota yoki onani moddiy taʼminlashi shart .Agar ixtiyoriy taʼminlanmasa Fuqarolik sudiga aliment undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish mumkin.Ushbu aliment qatʼiy belgilangan miqdorda kamida eng kam oylik ish haqining 11.75 %(108 ming 100soʻm)dan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Hurmatli fuqaro bundan tashqari hududiy hokimyatga murojaat qilish orqali ushbu fuqaroga amaliy yordam berish mumkin. Eslatib oʻtish joizki davlat yoki nodavlat tashkilotlar tomonidan ota onaning ijtimoiy taʼminlanishi farzandlarni aliment majburiyatidan ozod qilmaydi. Bizda sud va boshqa organlarga hujjat tayyorlash xizmati mavjud. Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun shaxsiy chatimga murojaat qilishingiz mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-04T18:51:24.000000Z
21,599
Men jazoni ijro etish departamentida ishlasam bo'ladimi?
Assalomu alaykum men Tarix yunalishida uqiyman va men sirtqiman men hamda 2 kursdan bishlab JED yani Jazoni Ijro Etish departamentida ishlasam buladimi ? iltimos savolimga tuliqroq javob bervorsayizlar
military
words.regions.samarkand
Komiljon
2023-03-04T11:31:25.000000Z
11,996
Assalomu alaykum! Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga xizmatga qabul qilishning alohida belgilangan tartibi qonunchilikda mavjud emas. Lekin, ushbu departament IIV tuzilmasidan biri bo'lganligi bois, umumiy asos va tartiblarda quyidagicha xizmatga qabul qilinadi. Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb saytida e'lon qilingan manbaga ko'ra, Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o'n sakkizdan kichik va o'ttizdan katta bo'lmagan, shu jumladan o'ttiz yoshdagi ham, o'rta, o'rta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma'lumotga ega, sog'lig'ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. Bunda, o'g'il bolalar bo'yi 165 sm.dan, qiz bolalar (ayollar) bo'yi 160 sm.dan past bo'lmasligi (ayrim bo'linmalar va lavozimlar uchun nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan ro'yxat asosida o'rnatiladi), o'g'il bolalar O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o'tagan, yoxud oliy o'quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o'tgan bo'lishi kerak. Tanlov mavjud bo'sh lavozimlar uchun o'tkaziladi. Tanlov o'tkazilishidan kamida o'n kun oldin ichki ishlar organining rasmiy veb-saytida bo'sh lavozimlar to'g'risida e'lon beriladi. E'londa tanlov o'tkazish joyi va kuni, taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlar ro'yxati hamda xizmatga qabul qilish tartibi va belgilangan imtiyozlar ko'rsatiladi. Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro'yxatiga kiritilmaydi. Xizmatga qabul qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: dastlabki tanlov – dastlabki suhbat, psixologik o'rganish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; yakuniy tanlov – yakka tartibda suhbat. Dastlabki tanlovning har bir bosqichining natijalari e'lon qilinib boriladi. Sinovlarning biridan o'ta olmagan nomzodning hujjatlari rasmiylashtirilishdan to'xtatilib, keyingisiga qo'yilmaydi. Nomzodlarning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish davomida unga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyaga yo'llanma beriladi. Shaxsiy hujjatlar yig'majildi to'liq rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar yakuniy tanlovga qo'yiladi. Yakuniy tanlovda, qoida tariqasida, bir lavozimga kamida ikkita nomzod ishtirok etishi lozim. Yakuniy tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar, ichki ishlar organlari qabul komissiyasining yakuniy qaroriga muvofiq, xizmatga qabul qilinadi. Ayrim toifadagi nomzodlarga tanlovlarda imtiyoz va ustunliklar berish tartibi Xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan, shaxsiy hujjatlar yig'majildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda yakuniy tanlovsiz ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi. Respublikada 1-o'rinni, xalqaro tanlov va musobaqalarning individual va jamoaviy turlarida 1-3 o'rinlarni egallagan sportchilar, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo'lganlar, oliy ta'lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig'majildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, psixolog-mutaxassisning individual suhbatidan o'tgandan so'ng yakuniy tanlov asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi. Agar siz ishga kirmoqchi bo'lsangiz, viloyatingizdagi Ichki ishlar boshqarmasining kadrlar bo'limi nomiga ishga qabul qilish to'g'risida yozma ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T10:17:50.000000Z
21,598
Men mashina haydash huquqini qaytarib olish huquqim bormi?
Менга 2022 йил 14 апрельда 266/2 хукм окилган, автохалокатга учраганман йонимдеги йуловчи о'лган 2 йил машина бошкариш хукукидан махрух килинганман ва 3 йил озодликдан махрух килиниб суд залини озида шартли синов муддати 2 йил берилган, 1 ойдан кегин мен машина бошкариш хукукини кайтариб олсам болади? Болса агар кайси тартибда кайтариб беради правни?
auto
words.regions.andijan
Иззатбек
2023-03-04T10:07:28.000000Z
11,983
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro, agar sizning holatingizda sodir etilgan harakat 266 moddaning 2 chi qismi ya‘ni inson o‘limiga olib kelgan deb kvalifikatsiya qilib jazo tayinlangan bo‘ls, vaziyat bo'yicha quyidagi xulosani berish asosli hisoblanadi. Amaldagi jinoyat kodeksiga kora aybdor deb topilgan shaxsga Jinoyat kodeksining 43 moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini qo'llash mumkin. Shu o'rinda jazo choralari asosiy va qo'shimcha jazo choralariga bo'linadi. Bunda ma'lum bir huquqdan mahrum qilish jazo chorasi ham asosiy ham qo'shimcha jazo chorasi sifatida tayinlanishi mumkin. Sizning holatingizda sizga ozodlikdan mahrum qilish jazosi asosiy, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazo chorasi qo'shimcha jazo sifatida belgilangan. Umumiy tartibga ko'ra qoshimcha tayinlangan jazo chorasida ma'lum bir huquqdan mahrum etish jazosi asosiy jazo to'liq o'tab bo'lingach amal qilishni boshlaydi . Ya'ni siz 3 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab chiqqaningizdan so'ng 2 yillik transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilasiz. Chunki ikkala jazoni bir vaqtda berib bo'lmaydi bu mantiqsizlik bo'ladi. Chunki ozodlikdan mahrum etilgan shaxs shundoq ham transport boshqara olmaydi. Ammo sizning holatingizda sizga nisbatan shartli ozodlikka chiqarish qo'llanilgan. Tartib bo'yicha shartli ozodlikka chiqarish 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan muddatga qollanilishi mumkin. Sizga 2 yil berilgan. Jinoyat kodeksining 45 moddasiga asosan agar shaxsga ma'lum bir huquqdan mahrum qilish jazosi qo'shimcha jazo chorasi sifatida belgilangan bo'lsa va shaxsga asosiy jazo bo'yicha shartli ozodlikka chiqarish tartibi qo'llanilgan bo'lsa, ma'lum bir huquqdan mahrum etish jazosi sud hukmi kuchga kirgan vaqtdan boshlanadi. Ya'ni sizga chiqarilgan sudni 3 yil ozodlikdan mahrum qilish asosiy, 2 transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish qo'shimcha jazo sifatida qo'llanilishi va shartli ozodlikka chiqarish tartibi qo'llanilishi to'g'risidagi hukmi kuchga kirgach sizni 2 yillik muddatiz boshlanadi. Endi bu jazoni muddatidan avval bekor qilish tartibiga to'xtalsak. Jinoyat kodeksining 73 moddasida shartli muddatidan avval jazo o'tashdan ozod qilish tartibi mavjud, ammo bu yerda ma'lum bir huquqdan mahrum qilish jazosiga qo'llanilishi mumkinligi belgilanmagan. Oliy sud plenumi, shuningdek tayinlangan jazoni o'tashni tartibga soluvcbi hujjatlarda bu jazoni muddatidan avval olib tashlash tartibi belgilanmagan. Shundan kelib chiqqan holda sizga tayinlangan ma'lum bir huquqdan mahrum qilish jazosini muddatidan avval olib tashlash tartibi Jinoyat qonunchiligida belgilanmagan.
Dostonbek Yunusov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-04T16:57:32.000000Z
21,596
Tadbirkorlik uchun yer qayerdan olish mumkin?
Assalom alekum! tadbirkorlik uchun yer olmoqchi edim.. kimga uchrasam boladi? auksondan tashqari yana kim orqali yer olsam boladi? Toshken viloyatidanman..
business
words.regions.tashkent
Asror
2023-03-04T08:49:52.000000Z
11,982
Assalom alaykum. Yer sotib olish faqat auksion orqali amalga oshiriladi. Tadbirkorlik qilish uchun yer olmoqchi bosangiz auksionda qatnashing yoki biror bino inshootni ijaraga oling.
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-03-04T12:06:05.000000Z
21,593
Jabrlanuvchi harakatlari uchun qanday javobgarlik bor?
Assalomu aleykum men tahminan 1 yil oldin 168-qismi bilan gumon qilingan edim. Tahminan uch oy oldin menga nisbattan gumonlanuvchilik tugatilgan edi. Endi esa jaburlanuvchi meni haqoratlab, qastdan shikast yetqazish bilan qo'rqitib, oila azolarimni haqoratlab keldi. Men u qonun oldida javob berishini xoxlayman. Qanday maslahat berasizlar? Hurmatli yuristlar. Menda dalil sifatida u yozgan xabarlarning "skrenshot" qilib olingan rasmi mavjud.
criminal
words.regions.bukhara
Mirshod
2023-03-04T03:55:10.000000Z
11,991
Assalomu aleykum hurmatli fuqaro Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar yoki prokuratura organlariga murojaat qiling.Ushbu organlarga elektron shaklda murojaat qilishingiz qulay va samaraliroq. Haqorat uchun qonunchilikka koʻra bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Hurmatli fuqaro bizda Sud va boshqa organlarga hujjat tayyorlash va ularning elektron shaklda joʻnatish xizmati mavjud. Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun shaxsiy chatimga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-04T19:44:19.000000Z
21,590
Bu holatda men da'vo kiritishim mumkinmi?
Assalomu alaykum turmush o'rtogim bir kishiga mashina uchun 135 ming pul berganlar u odam mashina beraman deb 1 yildan beri ana beraman, mana beraman deb haligacha bermadi 18 mln olganligi haqida tilxati bor, qolgan pul haqida diktafon suhbati bor , pulni undirmiqchimiz arizani turmush o'rtogim emas men yozsam bo'ladimi
civil
words.regions.khorezm
Gulmira
2023-03-04T02:32:20.000000Z
11,989
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro sizga turmush oʻrtogʻingiz ishonchnoma bersa siz ariza berish va sudda qatnashish huquqiga ega boʻlasiz. Sizga amaliy tajribamdan kelib chiqib qoʻshimcha ravishda shuni ayta olamanki Siz avvalo Ichki ishlar organi(uchaskavoy) murojaat qiling va ichki ishlar xodimining rasmiylashtirgan hujjatlari bilan fuqarolik sudiga qarzni undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilsangiz ishingiz ortiqcha munozarasiz hal etiladi. Bizda sud va boshqa organlarga hujjat tayyorlash xizmati mavjud. Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun shaxsiy chatimga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-04T19:20:15.000000Z
21,588
Aliment pulini oyma oy undirish tartibi qanday?
Aliment pulini oyma oy olish uchun maslahat berishingizni soʻrayman.Aliment toʻlamaydi.Bolam kasal oʻzim ham bola parvarishi bilan boʻlib ishlamayman.Bolamni har 21 kunda banisada davolataman.
family
words.regions.samarkand
Rushana
2023-03-03T18:01:22.000000Z
11,980
Assalomu alaykum bu masala endi Majburiy ijro byurosiga bog'liq to'lamayotgan bolsa unga qamoq jazosi qo'llaydi yoki nomida mol mulk bolsa shunga qaratadi.
Алишер Хасанов
words.regions.andijan
false
true
2023-03-03T18:18:56.000000Z
21,583
IIbga ishga kirishda ayollarga qanday talablar qo'yilgan?
Ассалому алайкум! Аёллар учун ИИБ да вояга етмаганлар буйича инспектор лавозимига кандай ишга кириш учун кандай хужжат талаб этилади?
military
words.regions.bukhara
Саломова
2023-03-03T15:46:09.000000Z
11,998
Assalomu alaykum! Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb saytida e'lon qilingan manbaga ko'ra, Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o'n sakkizdan kichik va o'ttizdan katta bo'lmagan, shu jumladan o'ttiz yoshdagi ham, o'rta, o'rta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma'lumotga ega, sog'lig'ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. Bunda, o'g'il bolalar bo'yi 165 sm.dan, qiz bolalar (ayollar) bo'yi 160 sm.dan past bo'lmasligi (ayrim bo'linmalar va lavozimlar uchun nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan ro'yxat asosida o'rnatiladi) , o'g'il bolalar O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o'tagan, yoxud oliy o'quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o'tgan bo'lishi kerak. Tanlov mavjud bo'sh lavozimlar uchun o'tkaziladi. Tanlov o'tkazilishidan kamida o'n kun oldin ichki ishlar organining rasmiy veb-saytida bo'sh lavozimlar to'g'risida e'lon beriladi. E'londa tanlov o'tkazish joyi va kuni, taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlar ro'yxati hamda xizmatga qabul qilish tartibi va belgilangan imtiyozlar ko'rsatiladi. Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro'yxatiga kiritilmaydi. Xizmatga qabul qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: dastlabki tanlov – dastlabki suhbat, psixologik o'rganish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; yakuniy tanlov – yakka tartibda suhbat. Dastlabki tanlovning har bir bosqichining natijalari e'lon qilinib boriladi. Sinovlarning biridan o'ta olmagan nomzodning hujjatlari rasmiylashtirilishdan to'xtatilib, keyingisiga qo'yilmaydi. Nomzodlarning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish davomida unga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyaga yo'llanma beriladi. Shaxsiy hujjatlar yig'majildi to'liq rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar yakuniy tanlovga qo'yiladi. Yakuniy tanlovda, qoida tariqasida, bir lavozimga kamida ikkita nomzod ishtirok etishi lozim. Yakuniy tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar, ichki ishlar organlari qabul komissiyasining yakuniy qaroriga muvofiq, xizmatga qabul qilinadi. Ayrim toifadagi nomzodlarga tanlovlarda imtiyoz va ustunliklar berish tartibi Xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan, shaxsiy hujjatlar yig'majildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda yakuniy tanlovsiz ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi. Respublikada 1-o'rinni, xalqaro tanlov va musobaqalarning individual va jamoaviy turlarida 1-3 o'rinlarni egallagan sportchilar, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo'lganlar, oliy ta'lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig'majildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, psixolog-mutaxassisning individual suhbatidan o'tgandan so'ng yakuniy tanlov asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi. Agar siz ishga kirmoqchi bo'lsangiz, viloyatingizdagi Ichki ishlar boshqarmasining kadrlar bo'limi nomiga ishga qabul qilish to'g'risida yozma ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Azizbek Asadov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-05T10:56:17.000000Z
21,580
Uyni qanday qilib onamning nomiga o'tkazsa bo'ladi?
Ассалому алайкум Отам (дадам) 2021 йил вафот этдилар онам хаётлар яшаб турган уйимиз отамни номида тўрт фарзандмиз кичик укам хозирги кунда онам билан бирга яшайди, қолган ака укалар уй олиб чиқиб кетганмиз катта акам хозирги кунда РФ вақтинчалик ишлайди. Уйни қандай қилиб онамнинг номига ўтказилади. Тартибини айтинг имкони бўлса. Жавоб учун олдиндан рахмат.
notary
words.regions.sirdarya
Жамшид
2023-03-03T14:05:38.000000Z
11,992
Assalomu aleykum hurmatli mijoz Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 1135-modsasiga asosan Vafot etgan shaxsning Qonuniy turmush oʻrtogʻi ,Farzandlari va ota onasi birinchi navbatdagi merosxoʻr hisoblanadi.Bir merosxoʻrning foydasiga boshqa merosxoʻrlar oʻz ulushidan voz kechishi mumkin. Agarda Bobo yoki buvingiz boʻlmasa Barcha aka uka va opa singillaringiz bilan birgalikda Natariusga borib uy va boshqa mol mulklarni onangizga oʻtkazish mumkin.Agarda oʻrtada nizo kelib chiqsa Fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz kerak.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-04T19:53:48.000000Z
21,578
Uyga qanday qilib qonuniy egalik huquqini olsam bo'ladi?
Салом хурматли юристлар. Бир маслахатиз керак эди. Мен билмай туриб адашиб билмасдан 2021 йил огзаки бир одамдан 7 сотих ер олдим. Кейин унга уй курдим. Шу йил ипотека кредит чикараман деб уйни кадастр килмокчи эдим. Кадастрдан билмай бориб хужжатларни кутарсам уй давлатни ерига ноконуний курилган экан. Кадастр бошлиги ноконуний курилгани учун 45 млн сум жарима хамда уй бузилади деб айтиб бошка конуний йули йук эканини айтди. Хурматли юристлар мен хозир у ерга 100 млн лик курилиш ишларини килганман мен кандай килиб хужжат килсам булади. Шу масалага маслахат беринглар мен нима килай. Олдиндан рахмат.
government
words.regions.navoiy
Раджабов
2023-03-03T11:52:24.000000Z
11,976
Ассалому алайкум, қ онунчиликда белгиланган тартибда қурилиш мақсадлари учун ажратилмаган ер участкаларида, шунингдек иморат қуриш учун зарур рухсатнома олмасдан ёки архитектура ва қурилиш нормалари ҳамда қоидаларини жиддий бузган ҳолда қурилган уй-жой, бошқа бино, иншоот ёки ўзга кўчмас мулк ўзбошимчалик билан қурилган иморат ҳисобланади. Ўзбошимчалик билан иморат қурган шахс унга мулк ҳуқуқини ололмайди. Бу шахс қурган иморатини тасарруф этишга — сотишга, ҳадя этишга, ижарага беришга, иморатга нисбатан бошқа битимлар тузишга ҳақли эмас.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-03T14:12:08.000000Z
21,573
Dekret puli qancha muddatga to'lanishi kerak?
Assalom alaykum! men fevral oyi dekretga chiqdim mart oyida oylik botda kurindi lekin tulab berilmadi buxgalterdan surasam 2 oy muhlatda moliya tulab beradi deyishdi aslida qancha muhlatda tulanishi kk
labor
words.regions.samarkand
Mexrangiz
2023-03-02T18:24:09.000000Z
11,948
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro " dekret " tushunchasining 2 xil turi mavjud. 1.O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 233-moddasida nazarda tutilgan Homiladorlik va tug'ish ta'tili 2.O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 234-moddasida nazarda tutilgan ikki yoki uch yoshgacha bola parvarishlash ta'tili Tushinishimcha siz Homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqansiz lekin haliyam " puli " to'lanmadi. Qonunchilikka muvofiq homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (dekret puli)  tug‘ishdan oldin  amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo'la to'lanishi shart. A S O S O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 08.05.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1136 buyrug‘i 104-bandi
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-03T03:34:02.000000Z
21,572
Men yoshlar daftariga kirishga holatim tushadimi?
Otam 2 guruh nogironi oilada 4 farzandmiz 2 singlim va ukam maktabda. Men talabaman Kunduzgi shaklda kontrakt asosida o‘qiyman .Yoshlar yetakchisiga Temir daftar ga kirgizishni so‘ragandim hozir joy yo‘q deb sentabrdan beri shunday deyapti Nima qilsam bo‘ladi
socialsecurity
words.regions.jizzakh
Asliddin
2023-03-02T17:52:19.000000Z
11,949
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Qonunchilikka ko'ra,ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar va ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar "temir daftar"ga kiritilishi shart.   A S O S O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi 250-sonli Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining 1-ilovasi 2-bob 3,6-bandlari.   Siz hozirda qonun buzilishi bo'yicha prokuraturaga yozma,og'zaki yoki elektron tarzda murojaat qilish huquqiga egasiz.Elektron murojaat qulay va eng muhimi samarali hamda ishonchli. Bizda Sud va barcha davlat organlariga elektron ariza tayyorlash va jo'natish xizmati mavjud. Ushbu xizmatdan foydalanmoqchi bo'lsangizshaxsiy chatimga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-03T04:02:00.000000Z
21,570
Men bu holatda oldingi yillar uchun ham aliment undura olamanmi?
Assalomu alaykum men 3yildan beri dadamni uyida yashab kelyapman 5 yashar ógʻlim bor. Lekin shu paytgacha alimentga bermaganman. Endi ariza bersam ótgan 3yilni ham undirib berishadimi. Alimentga berish uchun qanday hujjatlar kerak
family
words.regions.khorezm
GULZODA
2023-03-02T16:16:07.000000Z
11,944
Assalomu alaykum. Yuq sud alimentni ariza berilgan kundan boshlab undirilishini belgilaydi.
Алишер Хасанов
words.regions.andijan
false
true
2023-03-02T16:24:13.000000Z
21,570
Men bu holatda oldingi yillar uchun ham aliment undura olamanmi?
Assalomu alaykum men 3yildan beri dadamni uyida yashab kelyapman 5 yashar ógʻlim bor. Lekin shu paytgacha alimentga bermaganman. Endi ariza bersam ótgan 3yilni ham undirib berishadimi. Alimentga berish uchun qanday hujjatlar kerak
family
words.regions.khorezm
GULZODA
2023-03-02T16:16:07.000000Z
11,947
Ассалому алайкум, Оила кодексининг 136-моддасига асосан,  а гар таъминот учун маблағ олиш чоралари судга мурожаат қилингунга қадар кўрилганлиги , аммо алимент тўлаши шарт бўлган шахснинг у ни тўлашдан бош тортганлиги оқибатида  алимент олинмаганлиги суд томонидан аниқланса, ўтган давр учун алимент  судга мурожаат этилган пайтдан бошлаб уч йиллик муддат доирасида  ундириб олиниши мумкинлиги кўрсатилган. Бунинг учун сиз қарздордан бир неча бор алимент тўлашни талаб этганлигингиз, қарздор эса уни тўлашдан бош тортганлиги суд томонидан аниқлансагина уч йиллик даврни ундириб бериш бўйича ҳал қилув қарори чиқариши мумкин бўлади.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-02T16:55:53.000000Z
21,569
Men oylik maoshimni qanday undirsam bo'ladi?
Assalomu aleykum Man Simba group digan firmada 2oy ishladim. va bo'shagan paytim oylini tushirib Bufer har oygan ishchila uchun beriladigan pulli tushurmadi 4yarim oy bõldi õsha pulli 184.500 tushirberdi 615.000 pulim qoldi Ulada endi hozir onamlani põchkalari kasal har qancha sarflasa kam bõp turipti topkanimyetmayapti tõrisi bulayam pulli tashab bermayapti sõrasam tushadi didi tashidi nima qilishshi bilmayamman
labor
words.regions.tashkent_region
Abdullokh
2023-03-02T15:28:33.000000Z
11,950
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Agarda Mehnat shartnomasi mavjud bo'lsa,Fuqarolik sudi orqali maoshingizni undirishingiz mumkin.Lekin undiriladiga pul mablag'ining miqdori va sarf qilinadigan,hamda davlat boji hamda pochta xarajatlarini hisobga olgan holda prokuratura organiga murojaat qilishingiz mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-03T04:57:28.000000Z
21,568
Mazkur holat bank xodimi majburiyatiga kiradimi?
Ассалому алейкум, саволим, банкда жисмоний шахсларнмн муддаили омонат хисоб вараги муддати келганлиги хакида мижозга ахборот бериш банкга ёки банк ходими мажбуриятига кирадими?
civil
words.regions.karakalpakistan
Дурдана
2023-03-02T14:34:48.000000Z
11,939
Ассалому алайкум, амалдаги Фуқаролик кодексига кўра, банк қабул қилиб олган омонатларнинг қайтарилишини таъминлаш учун фойдаланиши шарт бўлган воситалар ва усуллар қонун билан ва банк омонати шартномаси билан белгиланади. Банк омонатчининг талабига мувофиқ омонатнинг қайтарилиши таъминланганлиги тўғрисида ахборот бериши шартлиги кўрсатилган. Банк омонатнинг қайтарилишини таъминлаш бўйича мажбуриятларини бажармаган, шунингдек таъминотни йўқотган ёки унинг шартларини ёмонлаштирган тақдирда, омонатчи банкдан омонат суммасини дарҳол қайтариб беришни, Фуқаролик Кодексининг  327-моддасига  мувофиқ унга фоизлар тўлашни ҳамда ўзига етказилган зарарни қоплашни талаб қилишга ҳақли эканлиги белгилаб қўйилган.         (Асос ФКнинг 765-моддаси).
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-02T15:45:19.000000Z
21,568
Mazkur holat bank xodimi majburiyatiga kiradimi?
Ассалому алейкум, саволим, банкда жисмоний шахсларнмн муддаили омонат хисоб вараги муддати келганлиги хакида мижозга ахборот бериш банкга ёки банк ходими мажбуриятига кирадими?
civil
words.regions.karakalpakistan
Дурдана
2023-03-02T14:34:48.000000Z
11,941
Ассалому алайкум, Сиз банкда омонат сақлаш тўғрисида шартнома тузгансиз. Шу шартнома иккита оригинал нусхада тузилган ва бир нусхаси сизда бири банкда. Агар шу шартномани сақлаб кўйган бўлсангиз, "Томонларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари" боби мавжуд. Шу бобдан омонат муддати тугаётганлиги ёки тугаганда мижозни ҳабардор қилиш банкнинг мажбуриятларига кирадими ёки йўқми билиб олишингиз мумкин.
Nafosatkhon Imamnazarova-Hryshchenko
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T15:51:09.000000Z
21,567
Men bu holatda telefondan foydalanish huquqim bormi?
Assalom alaykum mening savolim shundan iboratki maktabga o'quvchilar telefon olish kelishi mumkinmi? Telefon sumkada turgan bo'lsa ham maktab deriktori sinfga kirib o'quvchilarning telefonini sumkasidan olib ketib qaytarib bermayman ota onangni chaqir desa yana olib kelsang hech qachon qaytarib bermayman desa kimga murojat qilish kerak. Maktab psixoligi ham yordam bermasa.
education
words.regions.kashkadarya
Shaxzod
2023-03-02T10:09:54.000000Z
11,951
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.05.2012 yildagi 139-sonli O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalari binosiga kirayotgan ta’lim oluvchi (o’quvchi) mobil aloqa qurilmasini ovozsiz rejimga qo’yib, papkasiga solib qo’yishi kerak.Telefonni cho’ntakga yoki stol ustiga qo’yish hamda undan har qanday foydalanish ta’qiqlanadi. Ushbu holatda siz qonuniy harakat qilgansiz!! Ushbu holat yuzasidan Prokuratura yoki Ichki ishlar yoki Adliya organiga murojaat qilishingiz mumkin.  Elektron murojaat qulay eng muhimi samarali hamda ishonchlidir. Bizda Sud va barcha muassalarga electron ariza yaratish hamda jo’natish xizmati mavjud. Ushbu xizmatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz shaxsiy chatimga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-03-03T05:21:04.000000Z
21,566
Men bu holatda maktabda ishlay olamanmi?
Assalomu aleykum men magistraturada oʻqiyman men maktabda boʻlim boshligʻi bolib 1 shtatda ishlashim mumkinmi? oʻqish davrida davlat tilida ish yuritishdan malaka oshirishga chaqirilishim mumkinmi?
labor
words.regions.samarkand
Mohichexra
2023-03-02T10:02:11.000000Z
11,945
Assalomu alaykum. Oqishingiz kunduzgi talim shaklida bolsa oqishdan bosh vaqtingizda ishlashingiz mumkin. Yani toloq stavkada emas. Agar kechki talim bolsa unda toliq stavkada ishlash mumkin
Алишер Хасанов
words.regions.andijan
false
true
2023-03-02T16:29:05.000000Z
21,565
Men bu holatda telefonimni qaytarib olamanmi?
Assalomu aleykum menga nisbatan MPK ning 202 2 ci moddasi buyica tergov iwi olib borilyapti mamuriy javobgarlikka tortilishimni aytishdi. Mening ustimdan ariza 30.11.2022- sanada berilgan. Meni 2 3 marotaba prakraturaga tergovga chaqirishdi bordim va tergov buldi. Va 3chi tergovda 14.12.2022chi sanada meni qul telefonim tergovga qadar tekshirish materiali uchun 2ta xolislar ishtirokida olib quyildi. Telefonim 3oy davomida ularga bulishini aytishdi. 07.02.2023chi yilda menga mamuriy sud buldi va bu sud tergov ishi chala olib borilganligi sababli qoldirildi yana xujjatlar prakraturaga uzotildi. Qul telefonimni olib quyish tugrisidagi bayonnoma srogi 3oy ekan. Savolim shundan iboratki telefonimni 14.03.2023 chi sanada ola olamanmi. Menga aytishyapti telefoning davlat xisobiga utb ketadi deyiwyapti xaqqatdan shunaqa buladimi yoki 14.03.2023 chi sanada borb olishga xaqqim bormi
criminal
words.regions.navoiy
Sohibbek
2023-03-02T09:36:51.000000Z
11,924
Ассалому алайкум, саволингиздасодир этилган ҳуқуқбузарлик мазмунини очиқламагансиз. Тушунишимизча, сиз томонингиздан содир этилган ҳуқуқбузарлик, бевосита телефон орқали амалга оширилган, яъни маъмурий ҳуқуқбузарликни содир этиш қуроли ёки ашеси деб топилиши мумкин. Амалдаги маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексда Маъмурий ҳуқуқбузарликни содир этиш қуроли бўлган ашёни ёки маъмурий ҳуқуқбузарликнинг бевосита ашёсини мусодара қилиш мазкур ашёни ҳақ тўламасдан мажбурий тарзда давлат мулкига ўтказишдан иборат бўлиб, ушбу чора жиноят ишлари бўйича туман (шаҳар) суди томонидан қўлланилади. Агар шундай ашё деб топилаетган бўлса, телефонингиз суд қарори билан мусодара этилиши мумкин.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-02T10:10:39.000000Z
21,556
Men bu holatda Yatt ochsam bo'ladimi?
Man MDFdan eshik, kuxini, va boshqa korpusnoy mebellar yasamoqchiman. shunga boshlanishiga YATT ochib faoliyat oborsam boladimi? Chunki birdaniga MCHJ ochish ogirli qladi! Ishi boshlash. Daromadga kirish. Vaqt talab qiladi
business
words.regions.tashkent
Asror
2023-03-02T07:20:05.000000Z
11,910
Assalomu alaykum Vazirlar Mahkamasining 2011- yil 7-yanvatda chiqargan qarorida. YTT holatda tadbirkorlik shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari koʻrsatilgan. Unga koʻra, Ha albatta YTT ochishingiz mumkin. Faqat bu holatda oʻzingiz va 2 yoki 3 ta odamni ishga jalb qilishingiz mumkin boʻladi. Yogʻochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash huquqi mavjud faqat mebeldan tashqari. Siz YTT ochsangiz mebel yasash huquqi mavjud boʻlmaydi.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T07:35:35.000000Z
21,554
Bu holatda menga qanday yordam bera olasiz
Assalomu alaykum! Bizda suvga to'lov yuzasidan muammo bo'layotga edi. 2016-yilgacha kishi boshiga to'lov amalga oshirganmiz. Litsavoy shot uyga egalik huquqi bor odam nomida(onam) bo'lgan.2016 - yilda suv o'lchagich qo'yilgan va to'lov suv o'lchagichga qarab to'langan.Bu to'lovlar ham uy egasi nomiga rasmiylashtirilgan litsavoy shotga to'langan. 2020- yilga kelib suv taminoti hodimi kelib, 2016 yildan beri suvga to'lanmagan 1 900 000 qarzingi bor deb davo qilgan. Ya'ni 2016 yildan boshlab uyga egalik huquqi bo'lmagan boshqa odam nomiga(otam) kishi boshiga to'lov ko'rinishida pul yozib borilavergan.2022 yilgacha to'lash shart deyilgan va 750 000 to'latilgan.2022 yil boshisa talashib-tortishishlardan keyin suv taminoti hodimi hatolik bo'lgan qolgan 1 200 000 so'm o'chip ketadi degan.Oradan bir yil o'tib suv o'lchagichni alamshtirish uchun ariza bergani borganimizda bizga yana 1 200 000 qarzingi bor dep da'vo qilyapti.Bundan tashqari uyga egalik huquqi bo'lmagan(otam) nomiga, uyga egalik huquqi bo'lgan(onam) nomidagi litsavoy shotni rasmiylashtririb qo'ygan(bizning bundan habarimiz b'lmagan).Bu holatda qanday yo'l tutsa bo'ladi? 1. Litsavoy shot kimning nomiga rasmiylashtirilishi kerak?
court
words.regions.tashkent_region
Jaloliddin
2023-03-02T06:22:18.000000Z
11,920
Assalomu aleykum xurmatli mijoz ! Savolingiz bo'yicha sizda suvdan qarzdorlik yuzaga kelgan. 1) Suv bo'yicha to'lov uy yoki turar joy kimning nomida egalik bo'lsa shu shaxs o'z nomidan hisob raqam ochiladi. Yani uy onangiz nomida bo'lsa o'sha kishi nomidan suvga to'lanadi. Yani uy egasi bo'lamagan shaxsga suv hisob raqami ochilishi mumkin emas. Bu suv xodimining katta xatosi. Xulosa : Siz tuman fuqarolik sudiga davo ariza berib javobgar tomonni suv idorasi deb ko'rsating va sizga yetkazilgan zarar yani 1 mln 900 mingni undirishni so'rasangiz bo'ladi. Ular o'z xatolarini tan olishni istashmayapti. Shunga yana sizdan pul talab qilishmoqda. Qo'shimcha ma'lumot tariqasida, bundan keyin qanday to'lov qilish yo'llarini o'rgataman. “O‘zsuvtaʼminot” AJ tomonidan ishga tushirilgan billing tizimi bir nechta idora va tashkilotlarning billing tizimi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, suv hisoblagich ko‘rsatkichini, qarzdorlikni masofadan turib kuzatish imkoni yaratilgan. Xususan, Telegramdagi  uzst_bot  boti orqali qarzdorlikni aniqlash, to‘lov amalga oshirish, suv o‘lchagich ko‘rsatkichini yuborish va to‘lovlar yoki suv taʼminoti korxonalari haqida maʼlumot olish mumkin. Buning uchun avvalo botga ulanish va so‘ngra shaxsiy hisobraqamni kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Shuni unutmangki, ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni 5 usul orqali amalga oshirish mumkin: - elektron to‘lovlar orqali (Click, PayME, U-PAY, Paynet); - Internetsiz to‘lovlarni masofadan turib amalga oshirish (*880# qisqa raqamiga USSD yuborgan holda); -  uzst_bot  telegram boti orqali; - suv taʼminoti inspektoriga (naqd yoki plastik orqali, bunda chek talab qilishni unutmang); - bankka borib yoki bank ilovasi orqali.
Shoxrux Mamatkulov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T09:28:19.000000Z
21,552
Mashinani sotuv ta'qiqidan qanday ozod qilish mumkin?
Ассалому алейкум автомобильни сотув тақиқидан озод қилиш босқислари хақида (автомобиль 2020 йил муддатли тўловга харид қилинган тўловлвр барчаси амалган оширилган )
auto
words.regions.tashkent_region
Jurabek
2023-03-02T04:42:41.000000Z
11,908
Assalomu alaykum Sotuvga taqiqni kim qoʻygan MIB yoki boshqa tashkilot? Agar siz muddatli toʻlovga mashinani olgan boʻlsangiz bank qoʻygan boʻlishi mumkin. Chunki bu mashina garovda turadi. Siz barcha toʻlovlarni toʻlab boʻlganizdan soʻng bankni oʻzi taqiqni olib tashlashi kerak edi. Agar bu boʻyicha muammo boʻlgan boʻlsa, bankni officega borish kerak yoki telefon orqali bank operatorlari bilan bogʻlanib aniqlik kiritish mumkin. Online tarzda taqiqdan yechish boʻyicha aynan bir platforma mavjud emas. Telefon orqali bogʻlanib muammoni bartaraf etish mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T07:25:56.000000Z
21,551
Menga bu holatda qanday javobgarlik qo'llaniladi?
Assalomu alaykum. Men hokimyatda mutaxassis vazifasida ishlayman. Bir kun ishga borganim yo'q. Hokim o'rinbosari yani meni raxbarimni kasalligim va ishga bora olmasligim haqida habardor qildim. O'sha kuni raxbarim ham obedgacha ishga bormagan ekan. Kadr va hokim yordamchisi meni ishga kelmagan deb akt qilib, bildirgi kiritgan. Sizningcha shu to'g'rimi? Agar rostan ham 1 kun sababsiz kelmagan bo'lgan taqdirimda ham qanday jazo turlari mavjud va qanday tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi? Ularni bu qilgan ishi to'g'rimi va men bundan holatda qanday yo'l tutsam bo'ladi
labor
words.regions.jizzakh
Jahongir
2023-03-02T03:19:03.000000Z
11,851
Assalomu aleykum xurmatli mijoz! Sizning masalangiz mehnat qonunchiligi va mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Siz va Ish beruvchingiz o'rtasidagi qonun qoidalar to'g'ridan to'g'ri siz bilan boshida tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bir nusxasi sizga berilgan. Shuni o'qib chiqing va barcha huquq va majburiyatlarizni bilib olasiz. Mehnat qonunchiligi bo'yicha sizga ish bergan shaxs, tushunarli bo'lishi uchun sizni ishga qabul qilib buyruqqa imzo qo'ygan shaxs rahbariz bo'ladi. Shu insonni xabardor qilishingiz kerak. Ikkinchi navbatda xodimlar bilan ishlaydigan bo'lim bor. Kadrlar bo'limi. Bo'lim rahbari ikkinchi navbatda xabardor bo'lishi shart. Intizomiy jazoga keladigan bo'lsak, Mehnat kodeksi 181-moddasi intizomiy jazolar Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: 1) hayfsan; 2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi; 3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari ). Shu kabi jazo turlari mavjud. xulosa qilib, siz bundan keyingi ish qoldirishlar haqida bosh rahbaringiz yoki kadrlar bo'limi rahbarini xabardor qilishingizni maslahat beramiz.
Shoxrux Mamatkulov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T04:31:11.000000Z
21,550
Bu holatda menga arizam ko'riladimi?
Assalomu alaykum! Men Oripova Uljon Zarif qizi Navoiy davlat pedagogika intituti sirtqi ta'limda o'qiyman. Hozirda menga yaqin joylashgan 94-maktabda kadrlar menejeri lavozimiga ishga kirmoqchi edim. U yerda ishlab turgan kotiba ayol 8 oylik homilador dekretga umuman chiqmasdan ishini davom ettirish niyatidaman deb aytyapti. Komputerni umuman tushunmaydi kollejni tugatgan. Men kompyuter da to'liq ishlay olaman chet tilini bilaman. Men shu lavozim uchun ariza topshirsam arizam kurib chiqiladimi? Hozirda bu maktabni derektori lavozimidan ozod etilib vaqtincha boshqa kishi ish yurityapti.
labor
words.regions.samarkand
Uljon
2023-03-01T19:30:17.000000Z
11,853
Assalomu aleykum xurmatli mijoz! Demak siz homilador ayol o'rniga ishga kirmoqchisiz. Mehnat kodeksi 233-moddasi Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. shu moddaga asosan kadrlar bo'limi xomilador ayolga tug'ruq ta'tili berishi kerak. Yoki o'sha xodimdan ariza olish ishlashga roziligini olishi shart, bunda xodim o'zi ariza berishi, yoki kadrlar bo'limi talab qilishi kerak. Boshqalarni ishdan olish yoki majburan ishdan ketkazishga vakolatingiz yo'q. Buni maktab direktori hal qilishi mumkin.
Shoxrux Mamatkulov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T04:36:09.000000Z
21,549
Menga bu holatda bola puli beriladimi?
Man magazinda savdo qilaman va guvohnoma mani nomimda magazin lekin uzimnikimas arenda to'lanadi har oyy shu holatda manga bola puli beriladimi yo'qmi?
socialsecurity
words.regions.jizzakh
Bunyod
2023-03-01T18:28:20.000000Z
11,854
Assalomu aleykum xurmatli mijoz! sizning savolingiz bo'yicha quyidagicha javob beramiz. Nafaqa tayinlashda oila a’zolarining o‘rtacha daromadi hisobga olinadi. Masalan, oilada faqat ota ishlasa, uning oylik maoshi oila a’zolariga teng taqsimlanadi, o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan ortiq bo‘lsa, nafaqa berish rad qilinadi. Aksincha, oila a’zolarining o‘rtacha daromadi 440 ming so‘mdan kam bo‘lsa, nafaqa tayinlanadi. Agar oilada yolg‘iz o‘zi farzandini tarbiyalayotgan onalar bo‘lsa, bunday oilaga nafaqa tayinlashda yengilliklar berilgan. Aksariyat holatda ishlamayotgan fuqarolarga nafaqa tayinlash rad etiladi. Boqimandalikning oldini olish maqsadida ishlamayotgan fuqarolarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash cheklab qo‘yilgan. Shuningdek, so‘nggi yetti yil ichida avtomashina sotib olgan fuqaroga, traktor yoki og‘ir avtomashinalari bor kishilarga ham nafaqa tayinlanmaydi. Bundan tashqari, oila a’zolaridan birining eng kam ish haqining 5 barobari yoki undan ortiq miqdorda banklarda qo‘yilgan omonatlari bo‘lsa, ularning nomida ikki va undan ortiq miqdorda ko‘chmas mulk bo‘lsa, nafaqa tayinlanmaydi. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga esa nafaqa tayinlanadi. Xulosa qilib aytganda, agar daromadingiz har bir oila azosiga bo'lganda har biriga 440 mingdan kam bo'lsa sizga bola puli chiqadi. Tumanizdagi mahallaga borib ariza bering
Shoxrux Mamatkulov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T04:39:47.000000Z
21,548
Bu holatda qo'yiladigan ta'qiq qanday tartibda bo'ladi?
Assalomu alaykum! Men 2011- yil salondan spark olgandim va moshinani sotmoqchi edim. Moshinanda taqiq bor deyshdi meni qarzdorlikim yuq birovni ta'qiqi meni moshinamga tushib qolgan nima qilsam boladi?
auto
words.regions.khorezm
Azimboy
2023-03-01T18:15:00.000000Z
11,850
Assalomu aleykum xurmatli mijoz! Sizning masalangiz fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Demak sizning avtomashinangizga ta'qiq qo'yilgan ekan. Aytishingiz bo'yicha siz avtosalondan mashina olgansiz va uning birinchi egasisiz. Demak siz hozirgi kungacha bankdan kredit olganmisiz, yoki sud qaroriga ko'ra kimdandir qarzdor bo'lsangiz ham kerak. Yoki, aliment to'lovchisisiz. Yana bir sababi radarga tushgan bo'lishingiz ham mumkin. Agar bunday bo'lmasa yani sizda qarzdorlik bo'lmasa, tumanizdagi YPX punkitiga uchrashing sababini ko'rsatadi.Agar haqiqatdan sizga tegishli ta'qiq bo'lib chiqmasa, tuman fuqarolik sudiga ariza berib ta'qiqni yechtirishni so'raysiz. agar sizda ta'qiq aynan qaysi turi qo'yilganligidan ma'lumot bo'lsa yozib qoldiring. Qo'shimcha o'rganib chiqamiz.
Shoxrux Mamatkulov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-03-02T04:19:01.000000Z
21,547
Bu holatda akamga cheklov qo'yiladimi?
Akam 2018-yil uylangan. 2019-yil qiz farzandli bo'ldi. Oilasidagi nizolar tufayli ayoli hozirda otasing uyida . Alimentga bergan . Akam hozirda Rossiyada oliy ta’lim muassasasida talaba. O'zbekistonga qaytib kelib, o'qishini davom ettirish uchun qayta chetga chiqa oladimi? Bunda cheklov qo'yilganmi?
family
words.regions.andijan
Ergasheva
2023-03-01T17:10:14.000000Z
11,844
Ассалому алайкум, агар алимент тўловларидан қарздорлиги мавжуд бўлса, ижрочи томонидан четга чиқиш бўйича тақиқ қўйилган бўлиши мумкин. Қ арздорликни ёки тақиқни аниқлаш мақсадида ишлаб чиқилган МИБнинг расмий  mib.uz  сайти орқали сўров юбориш мумкин.
Baxtiyorjon Vaxobov
words.regions.ferghana
false
true
2023-03-01T17:26:40.000000Z