question_id
int64 7.99k
24.2k
| title
stringlengths 1
145
| body
stringlengths 1
7.25k
| category
stringclasses 27
values | region
stringclasses 14
values | owner
stringlengths 1
19
| created_at
stringdate 2019-04-24 08:12:23
2025-02-11 08:43:31
| answer_id
int64 1
13.2k
| answer_body
stringlengths 0
14.9k
| answer_author
stringclasses 157
values | author_region
stringclasses 13
values | isLawyer
bool 2
classes | isLegist
bool 1
class | answer_created_at
stringdate 2019-04-26 17:12:43
2025-03-30 17:20:45
|
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
23,225 |
Men farzandimga quyidagi tartibdagi guvohnoma olsam bo'ladimi?
|
Assalomu alaykum!. Men farzandim familiyasiga "ov"-"ev" qo'shimchalarisiz Masalan Tohir Zokir o'g'li Zokiriy tartibida Tug'ilganlik haqida guvohnoma olsam bo'ladimi? Javob uchun rahmat.
|
citizenship
|
words.regions.tashkent_region
|
Ikromjon
|
2023-06-26T06:09:07.000000Z
| 12,699 |
Assalom alaykum. Vazirlar Mahkamasining FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH to‘g‘risidagi qarori 26-bandida bolaning familiyasiga “-ev”, “-ov”, “-eva”, “-ova” kabi hamda ota ismiga “-evich”, “-ovich”, “-evna”, “-ovna”, “qizi”, “o‘g‘li”, “-iy”, “-xon”, “-xo‘ja”, “-xoji”, “-bek”, “-zoda”, “mir-”, “abdu-” kabi qo‘shimchalarini kiritish yoki shu kabi qo‘shimchalarni olib tashlash orqali tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilishi mumkinligi belgilab qoyilgan.
Demak, siz farzandingizga yuqorida oziz aytib qoygandek familiya qoysangiz boladi.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-26T09:50:32.000000Z
|
23,222 |
Mazkur holat jinoyat sanaladimi?
|
Assalomu aleykum.Mening telefonimda chrome saytida parnografiya ko'rganlik uchun 350000ming so'm jarima yozuvi chiqyabdi.Bu qonuniymi?Bu blok olinadimi ?
|
criminal
|
words.regions.karakalpakistan
|
Maftuna
|
2023-06-25T17:57:41.000000Z
| 12,691 |
Assalomu alaykum
Yoʻq sizga hech qanday javobgarlik yoki jarima jazosi mavjud emas. Bu firibgarlar tomonidan ushushtirilgan. Bu jarimani toʻlamang. Chunki jarima sizga sms tarzda kelmaydi yoki telefoningiz qotib qolib shu jarimani toʻlasangiz keyin telefoningiz ishlashni boshlaydi yozuvlar yolgʻon. Agar sizga jarima kelsa pochta orqali keladi. Xatda sizga nima sababdan jarima qoʻllaganligi va qaysi tashkilot qoʻllaganligi koʻrsatiladi. Shuning uchun pulni toʻlamang.
|
Jahongir Dadajonov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-25T18:11:59.000000Z
|
23,220 |
Bu vaziyatda shartnomani bekor qilish mumkinmi?
|
Assalomu alaykum, men IT firmaga ishga kirib, shu shartnomalarga imzo qoʻyib qoʻydim. Endi ishdan ketishimni iloji yoʻq. Qanday qilib shartnomani bekor qilish mumkin
|
labor
|
words.regions.tashkent_region
|
Jovohir
|
2023-06-25T11:06:53.000000Z
| 12,707 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro
Shartnomangizning 10.1-bandida shartnomani bekor qilmoqchi bo'lgan tomon bekor qilish sanasidan kamida 30 kun avval ikkinchi tomonga yozma murojaat qilishi lozimligi ko'zda tutilgan.
Siz shartnomani bekor qilish uchun yozma ariza berguningizga qadar o'z zimmangizdagi barcha majburiyatlarni (dasturlarni to'ldirish va topshirish kabi) to'liq holda ado etishingiz talab etiladi.
Demak siz o'zingizga yuklatilgan barcha vazifalarni to'liq bajarib bo'lganingizdan keyin ish beruvchini yozma ravishda shartnomani bekor qilish to'g'risida ogohlantirishingiz zarur.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-28T18:34:12.000000Z
|
23,217 |
Bu holatda mening hovlidan ulishim bormi?
|
Men 2004 yilman dadam onam bilan ajrashgan men dadam bilan qolganman onam bizga aliment to'lar edi alimentim uzilishi bilan dadam meni uydan chiqarvordi hozir ishlayman lekin uyim yoq dadam esa uyga kirgazmayapti shuni uchun hovlida haqqim bormi yoqmi?
keyin menga ozim uy qurishim uchun hovlidan yer ajratib berishi uchun qaysi organga murojaat qilsam bulad?i
|
inheritance
|
words.regions.surkhandarya
|
Tolibjon
|
2023-06-24T19:42:45.000000Z
| 12,687 |
Assalomu alaykum Tolibjon sizni savolingizga javob berishga harakat qilaman.
Sizni doimiy roʻyxatda qayerda turasiz? Agar siz hozirgacha yashab kelgan yaʼni dadangizni uyida doimiy roʻyxatda tursangiz. Sizni oʻsha uyda yashash huquqingiz bor. Agar sizni uyga kiritishmayotgan boʻlishsa, fuqarolik sudga murojaat qilish orqali uyga kiritishni soʻrashingiz mumkin.
|
Jahongir Dadajonov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-25T03:44:23.000000Z
|
23,208 |
Mening holatimda qancha utsama to'lanadi?
|
Assalamualeykum! Men 2017 yildan boshlab Nukus tumani tibbiyot birlashmasida ish boshladim patronaj bolib, songa 2019 yildan boshlab Nukus tumani tibbiyot birlashmasida tez yordam bolimiga ozgartirishdi dori-darmon feldsheri bolib ishlab kelyabman! Endilikda menga menga qoshiladigan yillik foiz nechchi foz bolishi kerak! Menga sizlar dori-darmon feldsherlari chaqiriqlarga bormaysizlar deb faqat 5 foiz qoshiladi deyishdi shu togrimi? Men
Navvatchi bolib ishlayman
|
labor
|
words.regions.karakalpakistan
|
Salamat
|
2023-06-24T03:40:08.000000Z
| 12,695 |
Assalomu alaykum, Salamat
Savolingizga biroz aniqlik kiritish kerak: aynan qanday to`lovni nazarda tutyapsiz? Sababi tibbiyot sohasida ko`pgina ustama turlari bor: uzluksiz ko`p yil ishlaganlik uchun ustama, zararli va xavfli ishlarda ishlaganlik uchun ustama va hokazo. Aynan qaysi turdagi to`lovni olmayotganligingizga aniqlik kiritsangiz, savolga javobni ham aniq olishingiz imkoni bo`ladi.
|
Akbarjon Mamadaliyev
|
words.regions.namangan
| false | true |
2023-06-26T06:50:10.000000Z
|
23,204 |
Mazkur holatda menga OTMga kirishda imtiyoz beriladimi?
|
Assalomu aleykum. Men G'ulomnazarov A. Dadam 1978-89 yillar oralig'ida Afg'on urushida qatnashganlar. Men 2023-24 o'quv yiliga bakalavriyat bosqichiga oqishga topshirmoqchiman aytinchi bunda dadam imtiyoz olib beroladimi? Qancha imtiyoz bor? Qanday olishimiz mumkin?
|
education
|
words.regions.tashkent
|
Mushtariy
|
2023-06-23T17:24:30.000000Z
| 12,701 |
Assalomu alaykum Mushtariy savolingizga javob berishga harakatqilaman!
Harbiy soha kadrlarining farzandlariga imtiyozlar
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga
:
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga.
Yuqorida sanab o'tilgan toifadagilarga o'qishga kirish uchun imtiyozlar mavjud. Lekin Afg'on urushida qatnashgan fuqarolarning farzandlariga alohida imtiyozli kvota ajratmagan.
1978-1989 yillarda Afg‘oniston hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan fuqarolar farzandlarini kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
ID-65303-sonli raqam bilan regulation.gov.uz portaliga yuklangan. Lekin bu nizom muhokamada mavjud. Ammo kuchga kirmagan.
|
Jahongir Dadajonov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-26T12:49:23.000000Z
|
23,200 |
Bu holatda aliment undirish tartibi qanday?
|
Salom! Erim bilan qonuniy nikohimiz bor. Qonuniy nikohimiz bekor qilinmay, erim uylangan. Hozirda voyaga yetmagan egizak farzandlarim bor. Menga ona taʼminoti uchun sut puli berish tartibi haqida batafsil maʼlumot berishingizni iltimos qilaman. Javob uchun rahmat!
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Shuhrat
|
2023-06-23T11:48:14.000000Z
| 12,683 |
Ассалом алайкум. Ўзбекистон Республикаси
Оила кодексининг
117-моддасида эр-хотиннинг бир-бирига таъминот бериш мажбуриятлари баён этилган.
Унга кўра, эр-хотин бир-бирига
моддий ёрдам бериши шарт.
Бундай ёрдам беришдан бош тортилган тақдирда,
ёрдамга муҳтож, меҳнатга лаёқатсиз
эр ёки хотин, шунингдек хотин ҳомиладорлик даврида ва ўртада бола туғилган кундан эътиборан уч йил давомида, ўртадаги ногиронлиги бўлган болани у ўн саккиз ёшга тўлгунига қадар парваришлашни ёки болаликдан I гуруҳ ногиронлиги бўлган ўртадаги болани парваришлашни амалга оширган, ёрдамга муҳтож бўлган эр (хотин) ёрдам беришга қодир бўлган хотиндан (эрдан) суд тартибида таъминот (алимент) олиш ҳуқуқига эга.
Етарли маблағга эга бўлган собиқ эр (хотин)дан:
собиқ хотин
ҳомиладорлик даврида
ва ўртада
бола туғилган кундан бошлаб
уч йил давомида;
ўртадаги ногиронлиги бўлган болани у ўн саккиз ёшга тўлгунига қадар парваришлашни ёки болаликдан I гуруҳ ногиронлиги бўлган болани парваришлашни амалга оширган, ёрдамга муҳтож бўлган собиқ хотин (эр);
никоҳдан ажралгунга қадар ёки никоҳдан ажралган пайтдан бошлаб бир йил давомида меҳнатга лаёқатсиз бўлиб қолган ёрдамга муҳтож собиқ хотин (эр);
никоҳдан ажралган пайтдан бошлаб беш йил ичида пенсия ёшига етган ёрдамга муҳтож хотин (эр), агар эр-хотин узоқ вақт никоҳда туришган бўлса, суд тартибида алимент талаб қилиш ҳуқуқига эгадир.
Никоҳдан ажралгандан кейин собиқ эр ёки хотинга тўланадиган алимент миқдори ва уни тўлаш тартиби собиқ эр-хотин ўртасидаги келишув билан белгиланиши мумкин.
Эр-хотин (собиқ эр-хотин) ўртасида алимент тўлаш тўғрисида келишув мавжуд бўлмаган ҳолларда эр ёки хотинга (собиқ эр ёки хотинга) суд тартибида ундириб бериладиган алимент миқдори суд томонидан эр ёки хотиннинг (собиқ эр ёки хотиннинг) моддий ва оилавий аҳволини ҳамда тарафларнинг эътиборга лойиқ бошқа манфаатларини эътиборга олиб, ҳар ойда пул билан тўланадиган қатъий суммада белгиланади, бироқ бу сумма қонунчиликда белгиланган меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 11,75 фоизидан кам бўлмаслиги лозим.
Маълумот учун:
2023 йил 1 майдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси ҳудудида меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори — ойига 980 000 сўм этиб белгиланган. (Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28.03.2023 йилдаги ПФ-45-сон Фармони).
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-23T12:27:33.000000Z
|
23,199 |
Bu holatda akam qay tartibda nikohni bekor qiladi?
|
Ассалому алайкум.Акамнинг хотини суд қарори билан муомилага лаёқатсиз деб топилган ўрталарида 2 нафар фарзандлари ва уй -жойлари мавжун.Акам никохни қандай тартибда бекор қилиб билади уй -жой ва болалар масаласи қандай бўлади.агар аёлига васий тайинланмаган бўлса акам никохни бекор қилиб биладими?олдиндан жавоб учун рахмат
|
family
|
words.regions.khorezm
|
Мухайё
|
2023-06-23T09:53:29.000000Z
| 12,708 |
Assalomu alaykum
Agar sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, o'rtada umumiy voyaga yetmagan farzandlar borligidan qat'iy nazar, bir tomonning arizasiga ko'ra nikoh FHDYO tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Biroq er-xotin o‘rtasida bolalar to‘g‘risida, mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish yoki umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lgan hollarda ish sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Demak, ushbu vaziyatda sudga murojaat qilish o'rinli, muomalaga layoqatsiz shaxsga nisbatan vasiy tayinlanlash ham sud tomonidan hal etiladi.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-28T18:47:26.000000Z
|
23,196 |
Bu holatda ism va familiyadagi xatolikni qanday to'g'rilasa bo'ladi?
|
Assalomu alaykum qizim 2023 yil maktabni 9 sinfini tugatdi elektron shakldagi shahodatnoma oldi shahodatnomada familiyasi va otasining ismida xatolik bor shuni qanday toʻgʻirlasa boʻladi. Guvohnomada Ochildiyeva Sevinch Alisher qizi shahodatnomada esa Ochilova Sevinch Alishetr qizi deb yozilgan.
|
government
|
words.regions.kashkadarya
|
Alisher
|
2023-06-23T06:56:33.000000Z
| 12,709 |
Assalomu alaykum
Shahodatnomadagi xatolikni bartaraf etish maqsadida quyidagi havolaga bog'laning
https://e-shahodatnoma.uz/cert/defect-request
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-28T18:51:07.000000Z
|
23,182 |
Ish beruvchining harakatlari mehnat qonunchiligiga zid emasmi?
|
Мен кантракт асосида ишлайман. Сени иш вактинг чегаралмаган агар ишлагин келмаса жойни бушат деган гaпларга чидаб ишламокдамиз. Бу канчалик тугри.
|
labor
|
words.regions.tashkent_region
|
Даврон
|
2023-06-22T06:36:06.000000Z
| 12,685 |
Ассалому алайкум, сиз саволингизга аниқ ва мукаммал жавоб олишингиз учун иш жойингиз ҳақида маълумотларни очиқлашингиз ҳамда сиз билан иш берувчи ўртасида тузилган меҳнат шартномаси нусхасини илова қилишингиз лозим эди. Шундай бўлсада, саволингизга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.
Ходим
ва
иш берувчи
ўртасидаги якка тартибдаги меҳнатга оид муносабатлар Меҳнат Кодексига мувофиқ улар томонидан тузиладиган
меҳнат шартномаси асосида юзага келади.
Ходим билан тузилган меҳнат шартномасида ходимга меҳнат тўғрисидаги қонунчиликда ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларда назарда тутилганига нисбатан қўшимча ҳуқуқлар ва кафолатлар назарда тутилиши мумкин.
Бироқ, меҳнат шартномасига ходимнинг ҳуқуқий ҳолатини меҳнат тўғрисидаги қонунчиликка ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларга нисбатан ёмонлаштирувчи шартларни
киритиш тақиқланади
.
Ушбу назарда тутилган талабларга риоя этмаслик ходимнинг ҳолатини ёмонлаштирадиган
меҳнат шартномаси шартларининг ҳақиқий эмаслигига
сабаб бўлади.
Меҳнат шартномасига киритилиши шарт бўлган шартлар: иш жойи, меҳнат вазифаси, ишнинг бошланиш санаси, меҳнатга ҳақ тўлаш шартлари (шу жумладан ходимнинг тариф ставкаси ёки маоши миқдори, қўшимча тўловлар, устамалар ва рағбатлантирувчи тўловлар), муддати, иш вақти ва дам олиш вақти режими, зарур бўлган ҳолларда ишнинг хусусиятини белгилайдиган шартлар киритилиши шарт
Бироқ, Меҳнат кодексининг 105-моддасига кўра, меҳнат шартномасининг мазмунига:
ходимнинг ҳолатини меҳнат тўғрисидаги қонунчиликка ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларга нисбатан ёмонлаштирадиган;
меҳнат ва машғулотлар соҳасида камситишни тақиқлаш тўғрисидаги талабларни бузадиган;
мажбурий меҳнатни тақиқлаш ҳақидаги талабларни бузадиган;
ходимни қонунга хилоф ҳаракатларни ёки ҳам ходимнинг, ҳам бошқа шахсларнинг ҳуқуқларини бузадиган, ҳаёти ва соғлиғига таҳдид соладиган, шаънига, қадр-қимматига ёки ишчанлик обрўсига путур етказадиган ҳаракатларни амалга оширишга мажбурлайдиган шартлар киритилмаслиги керак, агар улар киритилган бўлса, ҳақиқий бўлмайди.
Демак, сиз билан иш берувчи ўртасида
иш вақти
ва
дам олиш вақти режими
бўйича келишмовчилик юзага келаётган бўлса, меҳнат шартномасидаги ушбу хусусда келишилган шартларга мурожаат этинг.
Агар шартномада кўрсатилмаган шартлар сиздан ноқонуний талаб этилаётган бўлса, иш берувчи меҳнат шартномасини бекор қилишни талаб қилишга ҳақли эмас. (Чунки, иш берувчи меҳнат тўғрисидаги қонунчиликка ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларга, меҳнат шартномалари шартларига риоя этишга ҳамда ходимларни меҳнат шартномасида шартлашилган иш билан таъминлашга мажбур). Бундай ҳолатда ҳудудий меҳнат органларига мурожаат этинг.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-23T13:32:06.000000Z
|
23,177 |
Qarzni sud orqali undirsam bo'ladimi?
|
Men mart oyida bir yaqin akamga 500$ bergandim ola olmayabman hamda u kishi bilan urishgim yo'q shu ishni sudga topshirsam buladimi?
|
civil
|
words.regions.navoiy
|
Shoxrux
|
2023-06-21T17:36:30.000000Z
| 12,678 |
Assalom alaykum. Agar ortangizda qarz shartnomasi tuzilmagan bolsa yoki tilxat, yoki umuman qarz berganligingiz tasdiqlovchi biror bir dalilingiz bolmasa sud arizangizni rad qiladi va korib chiqmaydi.
Chunki summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobaridan ortiq bo‘lgan bitimlar (3mln 300 ming somdan yuqori) yozma tarzda tuzilishi kerak.
Siz 500$ berganman deyapsiz. Demak Siz yozma bitim tuzishingiz kerak edi. Yoki umuman pul berganligingiz tasdiqlovchi boshqa dalil.
(Diktofon yozuvlari ham dalilga o'tadi)
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-21T19:53:44.000000Z
|
23,176 |
Ukam bu vaziyatda jarima to'lashi kerakmi?
|
Shu yil dekabrda ukam 27 yoshga toldi, harbiy hizmat otamagan, bugun 21-iyunda vainkomatga harbiy guvohnoma olish uchun borganda jarima to'lisz keyin guvohnoma beramz diyishibti, bu qanchalik togri?
|
military
|
words.regions.tashkent
|
Jamshid
|
2023-06-21T16:57:25.000000Z
| 12,742 |
Ассалому алайкум.
Ўзбекистон Республикасининг маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 235-моддасига кўра
фуқароларнинг мудофаа ишлари органларига чақирув участкаси қайд ҳисобидан ўтиш учун чақирув бўйича узрли сабабларсиз келмаганлиги — базавий ҳисоблаш миқдорининг ўндан бир қисми миқдорида жарима солишга сабаб бўлади.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-07-03T09:34:46.000000Z
|
23,174 |
Bu holatda men OTMga muddatidan oldin hujjat topshirsam bo'ladimi?
|
assalom aleykum men hozir 11-sinfga o'tdim men OTM muddatidan oldin hujjat topshirsam bo'ladimi ? shu masalani hal qilib beringlar.javob uchun oldindan raxmat.
|
education
|
words.regions.bukhara
|
Sardorbek
|
2023-06-21T16:38:22.000000Z
| 12,710 |
Assalomu alaykum
Siz hali umumiy o'rta ta'limni to'liq tugatmaganligingiz sababli shu yil OTM ga hujjat topshira olmaysiz
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-28T18:55:11.000000Z
|
23,173 |
Bankning quyidagi harakati qonunga muvofiqmi?
|
банк масаласи бойича юристдан консультация керак, банк мани номимдиги пулни ечиб олган ва теширувга ечилган деган ва текриладигон вактни этган но лекн срок тугаган халихам хичкандай информация йог
|
civil
|
words.regions.andijan
|
Muxammadjon
|
2023-06-21T07:10:33.000000Z
| 12,674 |
Assalomu alaykum Muhammadjon aka
Bank sizni pulingizni toʻgʻri yecha olishmaydi. Bunga aniq bir sabab boʻlishi kerak. Sizga bu boʻyicha biror bir hujjat taqdim qilishdiki?
Meni lichkamga yozing. Toʻliqroq tushintiraman. Tel nomeringizni qoldiring.
|
Jahongir Dadajonov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-21T07:52:13.000000Z
|
23,172 |
Bu holatda nima qilishni maslahat berasiz?
|
Assalomu alaykum men ko'p qavatli uylarda turaman yosh bollar bor . Bollar xonadan xonaga yugurub yurganda pasgi qavatda yashovchi qoshni bollarin to'palon qilyabdi db chiquradi bu xolatda men nima qilsam bo'ladi ?
bollar xali yosh 4 yosh va 6 yosh bu yoshda jim o'tirish nimaligini bilishmaydi. Menda qanaqadur unga nisbatan qanday chora yoki yo'l tutsam bo'ladi
|
family
|
words.regions.tashkent
|
Shaxnoza
|
2023-06-20T19:54:42.000000Z
| 12,668 |
Assalomu Aleykum, hurmatli fuqaro!
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 192-moddasida maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish bilan bog'liq normalar mavjud bo'lib,
"tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish
— fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi", deb belgilangan.
Demak, farzandlaringiz tomonidan qilinayotgan shovqin belgilangan vaqt meyorlaridan oshmasligi lozim.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-20T22:29:51.000000Z
|
23,171 |
Bu vaziyatda qanday qilib alimentni undirish mumkin?
|
Assalomu Alaykum Meni Singlim eri bilan ajrashgan alimentga bergan tulamay yurubdi har zamonda tashab quyadi ijrochi ga tel qilsam u deydi bu deydi ishimni ijobiy xal qilib bermayabdi ijrochi bilan kelishib olgnmi bola taminotga bersam ham qabul qilmayabdi bunday xolda qanday ish tutsam buladi 3 yoshar o'g'li bor
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Hamro
|
2023-06-20T17:05:59.000000Z
| 12,669 |
Assalomu Aleykum, hurmatli fuqaro!
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 474-moddasida
moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash,
ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib
ikki oydan ortiq muddat mobaynida
to‘lamaslik, — o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, O'zRes Jinoyat kodeksining 122-moddasiga ko'ra
m
oddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash
, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 198-1-moddasida b
azaviy hisoblash miqdorining o‘n baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun
davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi
, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ko‘p miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining
davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi
uchun tegishli javobgarlik belgilangan.
Ushbu vaziyatda Siz aliment to'lashi lozim bo'lgan shaxs va ijroni kechiktirayotgan mansabdor shaxs harakatsizligi ustidan tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-20T22:43:47.000000Z
|
23,169 |
TDYUga ikkinchi mutaxasisslik uchun qabul qachondan boshlanadi?
|
Assalom aleykumu! Men Guliston Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat yonalishni tugatganman shu yilli yuridik universiteti
ikkinchi mutaxassislik yo'nalishga topshirsam boladmi va qachon topshirish jarayonlari boshlanadi.
|
education
|
words.regions.sirdarya
|
Salmon
|
2023-06-20T14:08:56.000000Z
| 12,670 |
Assalomu Aleykum, hurmatli fuqaro!
Ushbu masalada universitetning qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin!
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-20T22:46:51.000000Z
|
23,168 |
Bu holatda talaba davlat idoralarida yurist sifatida ishlashi mumkinmi?
|
Assalomu aleykum savolim shunday: 2- kurs sirtdan o‘qiyotgan yuridik fakultet talabasi davlat idora va tashkilotlarida yurist lavozimida ishlashi mumkinmi? javob uchun oldindan rahmat!
|
education
|
words.regions.navoiy
|
Jahongir
|
2023-06-20T13:50:15.000000Z
| 12,673 |
Assalom alaykum. Mumkin emas. Diplom talab etiladi.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-21T07:28:10.000000Z
|
23,167 |
Ayollar daftari nechi yoshgacha bo'lgan ayollarni qamrab oladi?
|
Assalomu alekum!
yoshlar daftariga kirish uchun ayollar daftari farzandi orqali kirmoqchiman lekin ayollar yetakchisi ayollar daftari 18 yoshdan kattalar uchun shart emas deyapti bu qanchalik to'g'ri malumot.
|
socialsecurity
|
words.regions.tashkent
|
Otabek
|
2023-06-20T13:29:07.000000Z
| 12,671 |
"Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar
— bandligi Ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar
— bandligi ta’minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar
— boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi bo‘lgan hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan, bedarak yo‘qolgan (sud qaroriga asosan) ehtiyojmand xotin-qizlar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolg‘iz onalar (FHDYo organlarining ma’lumotnomasi asosida);
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
— mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
— noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo‘lgan), biroq o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar
— nogironligi bo‘lgan voyaga etmagan (I guruh nogironligi bo‘lgan farzandi yoshidan qat’iy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-20T22:58:57.000000Z
|
23,165 |
Bu vaziyatda TDYUga sirtqi bo'limga topshirsam bo'ladimi?
|
Assalom aleykumu men Guliston Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat yonalishni tugatganman men shu yili Toshkent davlat yuridik universiteti
Qoraqalpoq davlat yuridik universiteti sirtqi bo'limga topshirsam bo'ladmi?
|
education
|
words.regions.sirdarya
|
Salmon
|
2023-06-20T09:52:30.000000Z
| 12,666 |
Assalom alaykum. Ha albatta. Hamma qatori abituriyent sifatida imtixondan otsangiz talaba bolsangiz boladi. Bunga cheklov yoq.
Toshkent davlat yuridik Universiteti qoshida oliy malumotlilar uchun qayta tayyorlash kurslari ochilgan. 6 oylik kurs. Xohlasangiz shunga topshirsangiz ham boladi. Bitirib tashkilotlarda yurist, FHDYO bo‘limlarida va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida ishlasangiz boladi
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-20T10:07:37.000000Z
|
23,164 |
Familiyamni o'zgartirishga otamning roziligi kerak bo'ladimi?
|
Ассалому алейкум мен фамилямни узгартирмокчиман. Сентябр ойида 16 йошга кираман.Ота-онам 2018 йил конуний ажрашишган.Фамилямни узгартиришимга онам рози , Отамнинг хам розилиги керак буладими? Отам оталик хукукидан воз кечса отамнинг розилиги керак буладими йоки йок? Мен фамилямни узгартирганимда тугилганлик хакидаги гувохномамдаги фамиля хам узгарадими?
|
citizenship
|
words.regions.samarkand
|
Gulira'no
|
2023-06-20T08:39:24.000000Z
| 12,665 |
Assalom alaykum
Oila kodeksi 46 moddasiga kora Nikohga kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud uning xohishiga binoan sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi qaytarilishi mumkin. Agar nikohdan ajrashish vaqtida bu masala hal qilinmagan bolsa FHDYO tuman bo’limiga borib familiyangizni ozgartirishingiz mumkin. Bunga taqiq yoq. Otangizni roziligi talab qilinmaydi. Tugilganlik haqidagi guvohnomangizda ham familiya ozgaradi
Otalik huquqidan voz kechilishiga yol qoyilmaydi. Lekin qonunchilikka belgilangan holatlarda otalikdan mahrum qilinishini sorab sudga murojaat qilinishi mumkin. Jumladan aliment tolamasa, bolaga nisbatan jinoyat sodir qilsa, shafqatsiz munosabat da bolsa va hokazo.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-20T10:02:45.000000Z
|
23,164 |
Familiyamni o'zgartirishga otamning roziligi kerak bo'ladimi?
|
Ассалому алейкум мен фамилямни узгартирмокчиман. Сентябр ойида 16 йошга кираман.Ота-онам 2018 йил конуний ажрашишган.Фамилямни узгартиришимга онам рози , Отамнинг хам розилиги керак буладими? Отам оталик хукукидан воз кечса отамнинг розилиги керак буладими йоки йок? Мен фамилямни узгартирганимда тугилганлик хакидаги гувохномамдаги фамиля хам узгарадими?
|
citizenship
|
words.regions.samarkand
|
Gulira'no
|
2023-06-20T08:39:24.000000Z
| 12,672 |
Assalomu Aleykum, hurmatli fuqaro!
O‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish ota-onasining birgalikdagi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning FHDYO ga muvofiq shakldagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ota-onangiz qonuniy ajrashganligi va sizga onangiz qonuniy vakil etib tayinlangan bo'lsa, 16 yoshga kirguningizga qadar familyangizni o'zgartirish uchun onangizning roziligi kifoya.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosaga asosan, tegishli (tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik, 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqidagi) dalolatnoma yozuvlariga ariza beruvchining yangi familiya, ism, ota ismi kiritilib, ular asosida yangi guvohnomalar beriladi.
Agar familyani o'zgartirish to'g'risidagi arizangiz shaxsingizni tasdiqlovchi ID karta olguningizgacha qanoatlantirilsa, tug'ilganlik haqidagi guvohnomangiz tegishli o'zgartirish qayd etilgan holda qayta taqdim etiladi.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-20T23:13:13.000000Z
|
23,163 |
Hozirgi holatda C toifadagi haydovchilik guvohnomasini qancha muddat o'qishim kerak?
|
Assalomu alaykum, hozirda manda B toifali haydovchilik guvohnoma bor, C toifasini olishim uchun qancha muddat oʻqish kerak va toʻlovi necha soʻm?
Javobingiz uchun oldindan raxmat.
|
auto
|
words.regions.samarkand
|
Nodir
|
2023-06-20T03:56:25.000000Z
| 12,663 |
Assalom alaykum. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018-yildagi
408-son qaroriga
muvofiq:
B” va (yoki) “D” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “C” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda, “B” va (yoki) “C” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “D” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi.
Demak Siz C toifani olish uchun tayyorlov kurslarida oqishingiz va nazariy, amaliy Imtixon topshiriishingiz kerak boladi.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-20T06:11:49.000000Z
|
23,161 |
Hozirda dadam menga aliment to'lashi kerakmi?
|
Assalomu alekum!
meni opam2 -guruh nogironi ayam olamdan otkan dadam aliment to'lardi. Men 18ga kirdim yaqinda shundan keyin aliment bermay qo'ydi. Opamga aliment beradimi yoqmi? Mengachi men kantrakt asosida oqiyman.
|
family
|
words.regions.tashkent
|
Ruxshona
|
2023-06-19T11:32:33.000000Z
| 12,658 |
Assalom alaykum. Aliment voyaga yetmagan farzandlarini voyaga yetgunga qadar yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz moddiy taminlashga muhtoj farzandining taminoti uchun undiriladi. Siz 18 yoshga tolgan bosangiz va soglom bosangiz aliment olish muddatingiz tugagan boladi. Apachangiz mehnatga layoqatsiz bolsa 18 yoshdan oshgan bolsa ham aliment olish huquqi saqlanib qoladi. Fuqarolik sudida murojaat qiling.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-19T14:29:16.000000Z
|
23,158 |
Bu vaziyatda ustama qay tartibda to'lanadi?
|
Assalom alekum ustozlar . Man Toshkent viloyati Piskent tumani 5-IDUM maktabida informatikadan dars beraman 16-dekabrda Xalqaro sertifikat olib 50% ustama olishni boshladim .1-iyundan tatilga chiqdim tatil pulimga xalqaro sertifikat qoʻshilmagan.Bugaltir bilan boglanganimizda 50% sertifatlarni 12 DAN 1 qismi qoʻshiladi degan javob oldik. Shu toʻgʻrimi shu xaqida malumot bersez
|
labor
|
words.regions.tashkent
|
Aziza
|
2023-06-19T10:37:34.000000Z
| 12,700 |
Assalomu alaykum, Aziza
Mehnat kodeksi 233-moddasiga ko'ra Har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan
o‘rtacha ish haqining
saqlanishi kafolatlanadi.
Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Kodeksning 257-moddasiga yuzlanamiz. Bunda, Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan barcha hollar uchun o‘rtacha ish haqi
u hisoblanadigan oydan oldingi o‘n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o‘n ikki oydan kam ishlagan bo‘lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi
.
E'tibor bering!
O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish uchun
xodimga hisoblangan ish haqining tarkibiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan,
soliq solinishi lozim bo‘lgan, ish beruvchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlarning barcha turlari kiritilad
i.
|
Akbarjon Mamadaliyev
|
words.regions.namangan
| false | true |
2023-06-26T12:32:24.000000Z
|
23,157 |
Bu holatda ish haqqimizni qanday undirsak bo'ladi?
|
Salom mening ismim Umrbek Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida istiqomat qilaman men va akalarim 2022 yil Toshkent shaxar labzak kochasi 1A dagi ishlagan ish haqimizni undira olmayapmiz, shartnoma tilxatlarsiz og'zaki kelishuv asosida ishlaganmiz xozirda 28 million atrofida olishimiz kerak bolgan ish haqimiz bor shu masalada qonuniy yordam berishingizni sorayman
|
labor
|
words.regions.karakalpakistan
|
Umrbek
|
2023-06-19T10:29:33.000000Z
| 12,660 |
Ассалому алайкум, сиз ушбу ҳолатда иш ҳақларингизни ундиришни тезроқ ҳал қилиш учун ҳудудий прокурорга еки Бош прокуратуранинг 1007 ишонч телефонига мурожаат этинг. Акс ҳолда судга мурожаат этишингиз ва жараён узоқ муддатга чўзилиб кетиши мумкин.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-19T18:07:38.000000Z
|
23,154 |
Mazkur vaziyat ustidan qonuniy shikoyat qilsam bo'ladimi?
|
Assalomu alaykum, mening ko’p qavatli uylardagi yon qo’shnim (Afg’oniston fuqarosi) har kuni har xil qizlarni olib kelib ayshi-ishrat qiladi. Bu mening oilam va farzandlarim tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishidan qo’rqaman. Qo’shnilar va Shirkat rahbari bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan bu faxshona ishlar hali ham to’xtagani yo’q.
Savol:
Mening eshigim tepasiga o’rnatilgan video kamera barcha kelib ketgan turli qizlarni video yozuvga olgan. Ushbu video lavhalar bilan tegishli joyga murojaat qilishim mumkinmi? Bu qonuniy asos bo’la oladimi? Yokida qizlar uyda bo’lgan vaqti tegishli organlar tomonidan voqea joyida ushlanishi shartmi?
Maqsad:
Bunday faxsh ishlar oilam va farzandlarim ko’z oldida sodir bo’lishini oldini olish.
Qanday qonuniy chorasini maslahat berasiz?
Javob uchun oldindan rahmat.
|
criminal
|
words.regions.tashkent_region
|
SA
|
2023-06-19T06:37:09.000000Z
| 12,657 |
Ассалому алайкум, ташвишларингиз ўринли бўлиб, жамоат тартибига қарши қаратилган ҳар қандай ҳуқуқбузарликларга қарши курашишда жамоат назорати муҳим ўрин тутади. Бу ҳолат бўйича ички ишлар органларига ариза билан мурожаат этишингиз мумкин. Бироқ, айнан сиз тақдим этган тасвирлар билан қўшнингиз хонадонига келган аелларнинг қандай мақсадда ташриф буюрганини аниқлаш имконияти чекланган, чунки, уларни фохишаликда айблаш учун айнан шу ҳолатни кўрган ва уларнинг шу хатти-ҳаракат учун моддий манфаатдор бўлганлигини тасдиқловчи далиллар бўлиши талаб этилади. Шунингдек, қўшнингизни хатти-ҳаракатида қўшмачилик қилиш еки фохишахона сақлаганлик хатти-ҳаракати тасдиқланганидан сўнгина уни тергов йўли билан айблаш мумкин бўлади. Бироқ, сиз тақдим этган далиллар ҳам келгусида тезкор тадбир ўтказиш йўли билан ҳолатни тасдиқлаш имконини бериши ҳам мумкин.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-19T10:09:51.000000Z
|
23,152 |
Bu vaziyatda kitoblarni internetda bepul joylashtirsam bo'ladimi?
|
Man kotoblarni òqishni yoqtiraman. Lekin kòpgina òzim xoxlagan kitoblarni elektron bepul tarzda topomiman. Shunga òzim sotib olgan kitoblarni yozib pdf shaklda telegram kanal yoki saytlarda bepul tarzda joylashtirsam bòladimi?
|
civil
|
words.regions.tashkent
|
Shaxnoza
|
2023-06-18T17:59:46.000000Z
| 12,652 |
Yoq bunday qila olmaysiz. Bu intelektual mulkni buzish hisoblanadi. Faqatgina muallifni ruxsati bilan kitoblarni tarqatishingiz mumkin
|
Aslbek Kasimov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-18T18:05:51.000000Z
|
23,151 |
Bu holatda advokaturada amaliyot qilsa bo'ladimi?
|
Men qo'shni Qirg'iziston respublikasi jalolobod shahri da davlat unversitetida yurisprudensiya fakultetida o'qiyman ! Savolim shundan iboratki bizni o'zimizni yurtda rasmiy yoki norasmiy bo'lib advokaturada stajirovka o'tashga ruxsat bormi ? Advokatura to'g'risidagi qonunda boshida oliy yuridik diplomga ega shaxs deb keltirilgan ekan qayernikiligi yozib keltirilmagan ekan shunga tugallanmagan oliy sifatida yordamchisi yoki shogirt bo'lib yurishga ruxsat bormi ?
|
education
|
words.regions.tashkent
|
Salohiddin
|
2023-06-18T17:52:58.000000Z
| 12,659 |
Assalom alaykum. Stajirovka otash uchun advokaturaga oliy yuridik diplom topshirilishi kerak. Tugallanmagan malumot uchun stajirovka otash muddati ( kamida 3 yil kopi 2 yil) rasman hisoblanmaydi. Lekin no rasmiy ravishda shogird sifatida advokaturada ish organib yursangiz boladi advokatning roziligi bilan albatta.
Qirgizistonni bitirb kelganingizdan keyin diplomingizni nostifilatsiyadan otqazib bemalol stajirovkani rasman boshlashingiz mumkin
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-19T15:11:44.000000Z
|
23,150 |
Uyni garovga qo'yib kredit olish tartibi qanday?
|
Salom men õzim yashab turgan uyimn garovga qõyib kridit olmoqchman 50 milion 3 yil mudatga qanday olsam bõladi?
shu haqida imkoni boricha tõliq malumot bersangiz
|
civil
|
words.regions.tashkent
|
Gulilola
|
2023-06-18T15:45:59.000000Z
| 12,650 |
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi bo‘lishi mumkin
, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan talablar, xususan hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablar, alimentlar to‘g‘risidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Siz ushbu vaziyatda ko'chmas mulk o'z nomingizda bo'lganda, shuningdek, garov narsasi birgalikdagi mulk bo'lgan holatda barcha mulkdorlar har birining roziligini olgan holda garovga qo'yishingiz lozim.
Kredit olish bilan bog'liq ma'lumotlar (jumladan, kredit turi, foiz stavkalari, muddatlar va hokazo) Sizga kredit olmoqchi bo'lgan bankingiz tomonidan taqdim etiladi. Buning uchun Siz bankning kredit bo'limiga murojaat qilishingiz lozim.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-18T17:15:05.000000Z
|
23,149 |
Bu holatda men ma'lumotlarni berishga majburmanmi?
|
Shaxsiy fayl saqlovchi qurilma - hard disk shifrlangan, uning paroli kuchli va buzib bo'lmaydigan bo'lsa, va men qandaydir holat bilan sudda gumonlanuvchi sifatida shu qurilma olib qo'yilsa, mendan parolini majburan so'rab olishga haqlimi. Masalan AQSH da bu holatga ruxsat berilmas ekan. Bizda qanday?
|
criminal
|
words.regions.tashkent_region
|
Jasurbek
|
2023-06-18T14:11:20.000000Z
| 12,661 |
Ассалому алайкум, амалдаги жиноят процессуал қонунчиликка кўра, суриштирувчи ва терговчи бирор турар жой, хизмат, ишлаб чиқариш биносида ёки ўзга жойда ёхуд бирор шахсда иш учун аҳамиятли бўлган нарса ёки ҳужжатлар бор деб ўйлаш учун етарли маълумотга эга бўлган тақдирда тинтув ўтказишга ҳақли бўлиб ҳисобланади. Нарсаларни олиб қўйиш ва тинтув ўтказиш чоғида топилган нарса ва ҳужжатлар шу тергов ҳаракатларини ўтказиш учун белгиланган қоидаларга риоя қилган ҳолда кўздан кечирилади. Кўздан кечиришга мутаҳассислар жалб этилиши мумкин. Бироқ, кўздан кечириш техник воситалардан фойдаланилган ҳолда, башарти нарса ёки ҳужжатларнинг йўқолишига ёхуд шикастланишига олиб келмаса, ўтказилиши мумкинлиги қатъий белгиланган.
Шунингдек, далилларни тўплаш, текшириш ва баҳолаш жараёнида фуқароларнинг, шунингдек корхоналар, муассасалар ва ташкилотларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини қўриқлаш таъминланиши керак. Исбот қилишда зўрлик, пўписа қилиш, алдаш ва қонунга хилоф бошқа йўллар билан кўрсатув, тушунтириш, хулосалар олишга, экспериментал ҳаракатларни бажаришга, ҳужжатлар ёки буюмлар тайёрланишига ва берилишига эришиш тақиқланиши белгиланган. (Асос: Жиноят процессуал кодекси 88-моддаси).
Мазкур процессуал қонунчилик талабларидан келиб чиқиб, сиз жиноят иши доирасида ўз ҳоҳишингиз билан шахсий файлингизни кўздан кечириш шароитини яратиб беришингиз ёки умуман паролингизни тақдим этмаслигингиз мумкин, бундай ҳолатда сизга нисбатан зўрлик, пўписа қилиш ва бошқа хатти-ҳаракатларни мажбурий амалга оширилиши тақиқланади.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-19T18:20:06.000000Z
|
23,147 |
Bu holatda xorijga chiqish passportni qanday olish mumkin?
|
Maktabga 1 yil kech chiqanman(2004-yilman). shu sabab harbiy ko'rik(военкомат)ga 2022-yil noyabrda borganman. Hozir rossiyaga o'qishga kirdim avgust oyida ketishim kerak. lekin horijga chiqish passport(загран) olish uchun военкоматdan приписной so'radi. u yerga borsam oldin 1 oylik uchun to'lov qilasan yoki 1 yillik uchun 3 oylik kursda o'qiysan undan keyin beramiz didi. aslida приписной ko'rikdan keyin shaxsan berilishi kerakmasmi? hozir qanday yo'l bilan olishim mumkin?
|
citizenship
|
words.regions.jizzakh
|
Abdumalik
|
2023-06-18T07:28:34.000000Z
| 12,654 |
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!
Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berishda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda ma’lumotlarni yig‘ish punktiga harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi guvohnomasining nusxasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi ilova qilinishi zarur.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida" gi Qonunining 21-moddasida harbiy xizmat o'tash muddatini kechiktirish mumkin bo'lgan vaziyatlar keltirib o'tilgan. Jumladan, ushbu moddaning 5-qismida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi, deb belgilangan.
Ushbu vaziyatda Siz doimiy yashash joyingizdagi harbiy xizmatga chaqiruv uchastkasiga oliy ta'lim muassasasiga o'qishga qabul qilinganligingizni tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda harbiy xizmat o'tashni kechiktirish to'g'risida murojaat qilishingiz mumkin.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-18T20:23:25.000000Z
|
23,146 |
Bu holatda ayoilmning ota-onasiga jarima beriladimi?
|
Xotinim mani xurmatimni qilmayapti ota onamni xurmat qilmaydi hamda uy ishi qilmaydi men eri biron ish buyursam siz xo'jain emas menga deydi 7 oy buldi turmush qurganimizga ota onasi burnini tiqadi hayotimga aralashadi jarima bormi ota onasiga?
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Sherzod
|
2023-06-18T06:58:09.000000Z
| 12,651 |
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra ushbu vaziyatda turmush o'rtog'ingiz va ularning ota-onasi uchun hech qanday javobgarlik va jarima mavjud emas.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-18T17:22:22.000000Z
|
23,139 |
Bu holatda shirkat uchun to'lov kim tomonidan to'lanadi?
|
Assalomu alaykum! Uy-joy ijara shartnomasida, barcha kommunal to‘lovlarni ijarachi to‘laydi deb belgilangan. Shirkat to‘lovini haqida hech qanaqa punkt yo‘q. Savol: shirkat to‘lovini kim to‘laydi? Ijarachimi yoki uy egasimi?
|
civil
|
words.regions.tashkent_region
|
Hamdam
|
2023-06-16T20:00:37.000000Z
| 12,655 |
Assalomu Aleykum hurmatli fuqaro!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARINING SHIRKATLARI TO‘G‘RISIDA"gi Qonunining 3-moddasida shunday deb belgilangan:
"Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir.
Shirkat xususiy turar joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Shirkat o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javob beradi va o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi".
Shundan ma'lum bo'ladiki shirkat kommunal xizmatlar sirasiga kirmaydi. Agar shartnomaga shirkat to'lovlarini siz amalga oshirishingiz belgilanmagan bo'lsa, sizda shirkat to'lovlarini to'lash majburiyati vujudga kelmaydi.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-18T20:57:58.000000Z
|
23,138 |
1 yillik majburiy harbiy xizmatdan keyin harbiy xizmatchi bo'lib qolish mumkinmi?
|
Assalomu aleykum. Men 18 yoshga toʻldim va oilada bitta oʻgʻilman. Agar men oligohni tamomlasam 1 yillik harbiy xizmatga borsam boʻladimi. Agar borishim mumkin boʻlsa bir tanishimdan eshitgan edim, 1 yillik majburiy harbiy xizmatni yaxshi oʻtagan xizmatchilar xizmatdan soʻng harbiy boʻlib qolish imkoniyatiga ega ekan. Shu toʻgʻrimi. Agar toʻgʻri boʻlsa bu qanday boʻladi. Avval harbiy oligohda oʻqiladimi yoki usiz ham harbiy boʻlib qolish mumkinmi
|
military
|
words.regions.tashkent
|
Maksim
|
2023-06-16T18:00:05.000000Z
| 12,664 |
Assalom alaykum. Agar voenkomat bilan shartnoma tuzib qoymagan bolsangiz 27 yoshgacha bemalol harbiy xizmatga borib kelishingiz mumkin. Agar oliygohga kirsangiz u yerni bitirguningizgacha sizni harbiy xizmatga chaqirishga yol qoyilmaydi.
Harbiy xizmatda harbiy bolib qolish uchun harbiy bilim yurtini bitirgan bolishi shart emas. Muhimi xizmatni yaxshi otashiz. Shartnoma asosida xizmatda qolsangiz boladi
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-20T06:21:11.000000Z
|
23,137 |
Mazkur turdagi xulosa qanday holatlarda belgilanadi?
|
Tuman hokimligining telegram Murojaat botiga noma’lum shaxs tomonidan mahalla ichki yoʻllarini ta’mirlashda adolatsizlik boʻlayotgani yoʻl quruvchilari fuqorolardan pul soʻrayotgani haqida yozgan. Hokimlik mahalla raisi va mahalla IIB inspektoriga ushbu akkaunt egasini topib zudlik bilan topishni va qoʻrqitib chora koʻrishi haqida koʻrsatma bergan. Rais va inspektor bu akkaunt egasi men ekanligimga shubha qilib yashash xonadonimga kelgan lekin bu vaqtda men
Toshkentda oʻqishda edim mahallada yoʻl ta’mirlanayotgani haqida habarim ham yoʻq edi. Uydagilarim tel qilib Rais bn inspektor kelganini va uchastkavoy honasiga borish kerakligim haqida aytishdi. Men ikki kundan soʻng bordim uchastkavoy qoʻl telefonimni olib tekshirdi
Meni ustimdan yoʻl quruvchisi boshligʻi ariza bilan murojaat qilganini aytib chora koʻrishlarini aytdi. Men isbot bormi hop agar oʻsha inson men boʻlgan taqdirimda ham adolat soʻrab murojaat qilinganligini tushuntirsam tushunishni hohlamadi. Qoʻl telimni uchastkavoydan tortib olib ishni sudga oshirishini gaplashishimni aytib chiqib ketdim.Oradan ikki oy oʻtib Ushbu rasmdagi Xulosani chiqaribdi. Bu Xulosa qanaqa holatlarda yoziladi buni kelgusidagi oqibatlari qanday bekor qildirsam boʻladimi?
|
criminal
|
words.regions.tashkent
|
Arslonbek
|
2023-06-16T17:47:15.000000Z
| 12,646 |
Ассалому алайкум,
«Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида»ги қонунда
ж
исмоний шахсни, унинг вакилини, уларнинг оила аъзоларини, юридик шахсни, унинг вакилини ва юридик шахс вакилининг оила аъзоларини улар ўз ҳуқуқлари, эркинликлари ҳамда қонуний манфаатларини рўёбга чиқариш ёки ҳимоя қилиш мақсадида давлат органларига, ташкилотларга ва уларнинг мансабдор шахсларига мурожаат этганлиги, шунингдек мурожаатларда ўз фикрини билдирганлиги ва танқид қилганлиги муносабати билан таъқиб этиш ман этилиши кўрсатилган.
Шу билан бирга м
урожаат этиш ҳуқуқининг амалга оширилиши бошқа жисмоний ва юридик шахсларнинг ҳуқуқларини, эркинликларини ҳамда қонуний манфаатларини, шунингдек жамият ва давлат манфаатларини бузмаслиги керак, яъни мурожаат этувчи бошқа шахсларни ҳақорат қилмаслиги, тухмат мазмунида бошқа фуқаролар ва давлат идоралари фаолиятини обрўсизлантирмаслиги, шахсий дахлсизлик ҳуқуқларини ҳам бузмаслиги лозим.
Амалдаги "Ҳуқуқбузарликлар проқилактикаси тўғрисида"ги қонун талабига кўра, ҳуқуқбузарликларнинг якка тартибдаги профилактикасини қўллаш учун шахснинг ғайриижтимоий хулқ-атвори тўғрисида, унинг ҳуқуқбузарлик содир этишга мойиллиги ёхуд у ҳуқуқбузарлик содир этганлиги ҳақида далолат берувчи ишончли маълумотларнинг мавжудлиги асос бўлади. Сиз тақдим этган хулоса матни ушбу қонун талабига тўғри келмайди, яъни профилактика инспекторининг ушбу хулосаси на профилактик суҳбат, на расмий огоҳлантириш кўринишидаги чора-тадбирлар турига кирмайди.
Агар икки ой муддат ичида сиз еки бошқа шахснинг маҳалла ички йўлларини таъмирлаш бўйича билдирилган мурожаатида тухмат қилиш ҳолатлари тасдиқланмаган бўлса, профилактика инспекторининг хатти-ҳаракатлари ноқонуний хисобланади. Шу сабабли қонуний чора кўрилишини сўраб, ҳудудий прокурорга мурожаат этишингиз мумкин.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-18T06:16:57.000000Z
|
23,135 |
Brendni patentlash uchun qanday hujjatlar kerak bo'ladi?
|
Assalomu aleykum. Menga brendni potentlash boyicha yordam kerak. Potentlash qancha vaqt va qanday xujjatlar kerak boladi. Xarajatlar qanday boladi. Agar ushbu mavzuda yordam bera olmasangiz javobingizni kutaman.
|
civil
|
words.regions.khorezm
|
Abbosbek
|
2023-06-16T16:03:01.000000Z
| 12,740 |
Ассалому алайкум. Иxтирo сифaтидa берилгaн oбъект (қурилмa; мoддaлар; микрooргaнизм штaмми), агар у янги, иxтирoлик дaрaжaсигa эга вa уни сaнoaтдa қўллаш мумкин бўлса талабнома асосида Департамент томонидан рўйхатга олинади ва ҳуқуқий жиҳатдан муҳофаза қилинади.
Талабномага қуйидагилар илова қилиниши лозим
иxтирo муaллиф(лaр)и вa нoмигa пaтeнт бeрилиши сўрaлaётгaн шaxс, шунингдeк улaрнинг яшaш ёки турaр жoйи кўрсaтилиб, пaтeнт бeрилиши сўрaлгaн aризa;
иxтирoнинг уни aмaлгa oшириш учун етaрли бўлгaн дaрaжaдa тўлиқ бaён этилгaн тaвсифи;
иxтирo мoҳиятини aкс эттирувчи вa унинг тaвсифигa тўлa мувoфиқ бўлгaн иxтирo фoрмулaси;
иxтирo мoҳиятини тушуниш учун зaрур бўлсa, чизмaлaр вa бoшқa мaтeриaллaр;
рeфeрaт;
тaлaбнoмaгa бeлгилaнгaн миқдoрдa бoж тўлaнгaнлигини тaсдиқлoвчи ҳужжaт ёки бoж тўлaшдaн oзoд қилиш ёxуд унинг миқдoрини кaмaйтириш учун aсoс бўлувчи ҳужжaт илoвa қилинaди.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-07-03T09:30:06.000000Z
|
23,135 |
Brendni patentlash uchun qanday hujjatlar kerak bo'ladi?
|
Assalomu aleykum. Menga brendni potentlash boyicha yordam kerak. Potentlash qancha vaqt va qanday xujjatlar kerak boladi. Xarajatlar qanday boladi. Agar ushbu mavzuda yordam bera olmasangiz javobingizni kutaman.
|
civil
|
words.regions.khorezm
|
Abbosbek
|
2023-06-16T16:03:01.000000Z
| 12,741 |
Ҳуқуқий ёрдам учун 90 042 00 41 рақамига алоқага чиқсангиз бўлади.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-07-03T09:30:40.000000Z
|
23,130 |
Men bu holatda guvohlik berishga majburmanmi?
|
Ассалому алейкум ман 1йил олдин поликлиникада оилавий шифокор лавозимидан бушаганман лекин бушаганимдан кейин хам мани номимга ойлик чикаришган аммо бу пулларни ман олмаганман,кеча прокурор манга гувох сифатида сизни хатти харакатларизни кузатишим керак деб карши шахри прократурасига чакиртирди ман узим хозирда тошкент шахрида ишлайман .Саволим ман гувохлик беришга мажбурманми.
|
criminal
|
words.regions.kashkadarya
|
Botir
|
2023-06-16T04:40:03.000000Z
| 12,638 |
Ассалому алайкум, амалдаги жиноят кодексида
терговга қадар текширув, суриштирув олиб бориш, дастлабки тергов вақтида ёки судда гувоҳ ёки жабрланувчининг кўрсатув беришни ёхуд экспертнинг хулоса беришни рад этиши ёки бу ишдан бўйин товлаши учун жиноий жавобгарлик мавжуд.
Шу билан бирга, қонунда гумон қилинувчи, айбланувчи ёки судланувчининг яқин қариндошлари гувоҳлик кўрсатуви беришни рад этганлиги ёки бундан бўйин товлаганлиги учун, шунингдек гувоҳ ўзига қарши кўрсатув беришни рад этганда жавобгарликка тортилмаслиги белгиланган.
Сизнинг ҳолатингизда номингизга ҳисобланган иш ҳақларини олмаган ва бу ҳолатдан бехабар бўлсангиз терговга қадар текширув, дастлабки тергов ва судда ҳам гувоҳ мақомида процесс иштирокчиси бўлиб қоласиз. Шу сабабли гувоҳлик кўрсатмаси беришингиз шарт бўлади.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-16T16:20:27.000000Z
|
23,125 |
Bu holatda voz kechilgan merosni yana bekor qilish mumkinmi?
|
Mani ayolim otasidan qogan merosdan voz kechganidi ögay ukasi va ukasini onasi ayolimi raxmini keltirib amallab voz kechtirishganidi. Endi yana meros xuquqini tiklasa böladimi.
Javob uchun raxmat.
|
civil
|
words.regions.tashkent_region
|
Kamoliddin
|
2023-06-15T17:03:27.000000Z
| 12,642 |
Ассалому алайкум, амалдаги фуқаролик қонунчилигига мувофиқ, м
еросхўр мерос очилган кундан эътиборан исталган вақтда меросдан воз кечишга ҳақли.
Меросдан воз кечиш меросхўр томонидан мерос очилган жойдаги нотариусга ариза бериш орқали амалга оширилади.
Меросдан воз кечиш кейинчалик бекор қилиниши ёки қайтариб олиниши мумкин эмас.
Асос: Фуқаролик кодексининг 1147-моддаси.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-16T17:19:57.000000Z
|
23,121 |
10-sinfni tugatib OTMga o'qishga topshirib ko'rsa bo'ladimi?
|
Assalomu alaykum!
10-sinfni tugatib universitetga hujjat topshirib òzini imtihonda sinab kórsa bóladimi. Ammo 11 yillik ta'limni tugatmaguncha oliy ta'limda o'qiy olmasligimdan xabarim bor.Agar shunchaki imtihon topshirib kôrish imkoniyati bo'lsa tartibi qanday?
Javobingiz uchun oldindan raxmat!
|
education
|
words.regions.khorezm
|
Xalilla
|
2023-06-15T10:07:13.000000Z
| 12,656 |
Assalomu Aleykum hurmatli fuqaro!
O‘qishga talabgor abituriyent DXM xodimiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:
- fuqarolik pasporti;
- pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf), yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
- imtiyozga ega bo‘lgan abituriantlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Agarda sizda ushbu hujjatlar mavjud bo'lsa, talabgor bo'la olasiz. Sizda umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf) ni tugatganligi haqidagi hujjat mavjud bo'lmaganligi sababli talabgor bo'la olmaysiz.
|
Munira Turobova
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-18T21:10:24.000000Z
|
23,120 |
Bu holatda kommunal to'lovlarini ham bo'lib to'lash mumkinmi?
|
Ассалому алайкум, ажрашишга ариза берганман, хали суд булмади. Аёлим хам алимент ундиришга берган ва кеча алимент тулаш буйича қарор чиққан. Битта уйда яшаймиз, алимент туласам, коммунал туловларни тўлаш кимнинг зиммасида бўлади? 50/50 қилиб тўлаш учун судга ариза берсам бўладими? Мен ҳам аёлим ҳам ишлаймиз.
|
family
|
words.regions.tashkent_region
|
Жасурбек
|
2023-06-15T09:17:01.000000Z
| 12,677 |
Assalom alaykum. Kommunal tolovlarni 50&50tolash boyicha sudga ariza bera olmaysiz. Qonunchilikda bu haqida norma mavjud emas. Faqat ajrimni kutasiz. Qonunda er xotinning birgalikdagi mulklari ajrashayotganda teng taqsimlanishi kerakligi belgilab qoyilgan. Sizning nomingizda yoki xotingiz nomida mulk bolsa ikkalangiz ortangizda teng bo'linadi. Shu bilan birga qarzlar ham. Shu sababli sud majlisida kommunal tolov va boshqa qarzdorlik tolovlarini teng taqsimlash boyicha iltimosnoma taqdim qiling.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-21T19:42:47.000000Z
|
23,119 |
Bu holatda qarzni undirish mumkinmi?
|
Assalomu alaykum. Bir tanishimga BHM ning 10 barobaridan ko'p bo'lgan qarz berganman.
Yani nomimga kredit olib unga berganman. Afsuski ishonch sababli hech qanday ariza yozdirib olmagan ekanman.
Kelishilgan muddatdan o'tib ketgan. Qaytarishni so'raganimda faqat sharoiti yo'qligini vaj qilib muddat so'ramoqda.
Qarz oldi berdi haqida telegram ijtimoiy tarmog'i orqali suhbatlarimizning barchasi mavjud.
Yaqinda qarz miqdorini yozib shuncha miqdorda qarzdor ekanligingdan habaring bormi degan xabarimga ha bilaman deb javob qaytargan .
Bularning barchasini saqlab olganman. Shu suhbatlar orqali qarzni undirishimning imkoni bormi va qanday yo'llar bilan. Oldindan raxmat
|
civil
|
words.regions.tashkent_region
|
Bekzod
|
2023-06-15T09:12:59.000000Z
| 12,630 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 108-109-moddalariga ko‘ra BHM 10 baravari(ya'ni 3300 ming so‘m) dan ko‘p bo‘lgan qarz bitimi yozma shaklda ya'ni qarz oluvchining til xati bo‘lishi shart. Aks holda ushbu bitim haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Xo‘sh bunday holda qanday qarzni undirish mumkin?
Bunday holda siz Ichki ishlar yoki prokuraturaga murojaat qiling sizga ushbu organlar tilxatni o‘rnini bosuvchi hujjatlar yig‘ishda amaliy yordam beradi. So‘ng Fuqarolik sudiga murojaat qilish orqali qarzingizni undirib olishingiz mumkin.
Men o‘z faoliyatim davomida bunday qarz bitimlarini ijobiy tomonga bir necha bor hal qilishda amaliy yordam berganman.
Agarda xizmatimizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz shaxsiy chatga murojaat qiling.
⭕SIZNING KATTA MUAMMOYINGIZGA BIZDA OSON, QULAY, ARZON ENG MUHIMI SAMARALI YECHIM BOR.
Bizda quydagi yuridik xizmatlar mavjud.
♻️Telefon va telegram orqali online maslahat
📄Aliment va moddiy ta'minot to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (3 kunda ijroga qaratiladi,zakssiz ham undirishmumkin)
🚻Ajrim to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish xizmati
💱Qarz to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (til xatsiz ham undirish mumkin)
♻️(jinoiy,ma'muriy,iqtisodiy va fuqarolik)sudlarga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro buyrosi va boshqa davlat tashkilotlariga da'vo, shikoyat yoki taklif yozib online jo‘natishda amaliy yordam
🆔One va mobile id ochishda amaliy yordam
🆔Elektron imzo ochishda amaliy yordam
🆙Prezident vertual qabulxonasiga ariza kiritib berish
🚻(zaks) Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini olib berish amaliy yordam
🚼Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining dublikatini olib berishda amaliy yordam
Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun shaxsiy chatga murojaat qiling
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-15T16:14:12.000000Z
|
23,118 |
Passportga ro'molsiz tushish nima uchun belgilangan?
|
Assalomu alaykum. E'tiqod erkinligi va qonunchilik bo'yicha savolim bor edi. Passportni almashtirish uchun rasmga tushish kerak. Qonunchilikda bosh kiyim bilan rasmga tushish mumkin emas. Savolim quyidagicha:
1. Ro'mol bosh kiyim hisoblanadimi? (kiyim bo'lishi uchun u kiyilishi kerak. lekin ro'mol kiyilmaydi. xuddi belbog' kiyim hisoblanmagani kabi.)
2.. qonunning bu joyi konstitutsiyaning va vijdon erkinligi to'g'risidagi qonunning ayrim bandlariga zid emasmi? (chunki, e'tiqodiga ko'ra ro'mol o'raganlar passportga rasmga tushish uchun e'tiqodiga zid ish qilishi kerak bo'ladi)
|
government
|
words.regions.tashkent
|
Muxriddin
|
2023-06-15T06:27:43.000000Z
| 12,631 |
“Президентимизнинг Ўзбекистон фуқароларини хорижга чиқиш биометрик паспортларини расмийлаштириш ҳақидаги қарорида ҳамда ID-карталар бериш билан боғлиқ бўлган 6065-сонли фармонида барча нормалар келтирилган. Унга кўра фуқароларимиз биометрик паспорт ёки ID-карта учун расмга тушаётганда бош кийимда ёки кўзойнакда тушишлари чекланган. Сабаби бу халқаро ҳамжамиятда белгиланган норма ҳисобланади. Aгар фуқаро бош кийимсиз ёки кўзойнаксиз тушишдан бош тортса, маълумотларни қабул қилиш пункти уларга ID-картани ёки биометрик паспортни расмийлаштиришда рад жавобини бериши мумкин.
Sababi ro'mol bn tushganda biometrik yuzdagi belgi chiziqlar anqlanishida muammo bo'ladi.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-15T16:31:12.000000Z
|
23,116 |
Bu holatda kelib chiqqan soliqlar qonunga muvofiqmi?
|
Assalomu alaykum. Bizning oilaviy M.CH.J firmamiz bor edi. uni 2022 yil sentyabr oyidan beri foydalanmayotgan edi. Faoliyatini to'xtatish to'g'risida ariz qilmaganmiz. biz oylaganmizki faoliyat olib borilmasa yani ishlanmasa soliq chiqmidi deb oylaganmiz. endi shu yilning may oyida menga mib dan sms keldi 3.000.000 som jarimangiz bor deb tekshirtirsam soliq tomonidan 3.000.000 somdan 5 ta jami 15.0000.000 som jarima chiqargan. jarimani qo'shimcha qiymat soligi hisobotini topshirmaganligi uchun deb har bir oyiga 3.000.000 dan jarima qo'lagan
menga hech qanday ogohlantirishsiz mibga chiqargan mib dan sms xabarnoma kelganidan keyin bildim men. ushbu holatda soliqdan yoki sud orqali jarimalarni bekor qilish yoki qisqartirish yo'li bormi?
|
tax
|
words.regions.andijan
|
Akmaljon
|
2023-06-15T05:14:24.000000Z
| 12,855 |
Ваалайкум ассалом!
Саволингиздан маълум бўлишича, Сизларга тегишли масъулияти чекланган жамияти тугатилмаган. Аммо, амалда фаолият юритмаганлиги учун Давлат солиқ инспекциясига даврий ҳисоботлар топширилмаган. Шу боис Сизга нисбатан жарима жазоси қўлланган.
Бундай ҳолатларда амалдаги Солиқ кодексида жарима жазоси қўллаш назарда тутилган. Агар Сиз ушбу қарорни нотўғри деб ҳисобласангиз уни бекор қилиш масаласида маъмурий судга шикоят беришга ҳақлисиз.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2023-07-29T21:15:47.000000Z
|
23,114 |
Mazkur holatda qo'llanilgan daromad soligi qonunga muvofiqmi?
|
2020-yil yanvar oyida tog'amni nomida kvartira oldim 239mln shartnomaga kursatilgan 2020yil may oyida uzumni nomimga oldim usha kvartirani 239mln shartnomada kursatilgan 2023yil togamga daromad soligʻi chiqib keldi 27mln nima uchun daromad yuqmi urtada
|
tax
|
words.regions.tashkent_region
|
Erkin
|
2023-06-14T21:22:09.000000Z
| 12,626 |
Assalomu alaykum Erkin aka savolingizga javob berishga harakat qilaman.
Soliq kodeksining 377-moddasida soliq solinmaydigan daramodlar koʻrsatilgan boʻlib, shu moddaning
7-bandida shunday tartib yozilgan: soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:
qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
noturar joylarni;
o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni deb koʻrsatilgan. Demak, biror kishining nomida uy 3 yildan kam vaqt egaligida boʻlib uyni sotadigan boʻlsa undan daromad soligʻi chiqadi. Penyasiga keladigan boʻlsak, soliq 5 yilgacha boʻlgan muddat oraligʻidagi soliqlarni qayta hisob kitob qilib, qarzdorlik chiqadigan boʻlsa qarzni toʻlatishi mumkin.
Uyni 239 mlnga olganlaringda uyning kadastr bahosi necha pul boʻlgan. Siz togʻangizdan hadya tarzda olganmisiz yoki soldi-sotdi qilib olganmisiz?
|
Jahongir Dadajonov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-15T03:24:54.000000Z
|
23,113 |
Mazkur holat bo'yicha qayerga murojaat qilsam bo'ladi?
|
Firibgarlik bòyicha oper xodimlari ishimni kòrib chiqmayapti 14 kundan oshdi. Operga tel qilganimda xar xil bahonalar qilyapti mahalla noziri ham qayerga murojaat qilishim kerak?
|
criminal
|
words.regions.tashkent_region
|
Sodiq
|
2023-06-14T16:37:11.000000Z
| 12,625 |
Ассалому алайкум, қонунчиликка мувофиқ ж
иноятга оид аризалар, хабарлар ва бошқа маълумотлар рўйхатга олиниши ва дарҳол, жиноят ишини қўзғатиш учун сабаб қонунийлигини ва асослар етарли эканлигини текшириш зарурати бўлган тақдирда эса, ўн суткадан кечиктирмасдан ҳал қилиниши лозим. Алоҳида ҳолларда прокурор томонидан ушбу муддатни бир ойгача узайтирилиши мумкин.
Сиз ўзингиз мурожаат этган ички ишлар бўлимига учраб, аризангиз рўйхатга олинган-олинмаганлиги тўғрисида аниқлик киритинг ёки буни аниқлашга ҳам имкон берилмасдан, муддат асоссиз равишда бузилаётган ва терговга қадар текшириш ўтказилиши пайсалга солинаётган бўлса, мурожаатингизни кўриб чиқилаётган ҳудуд бўйича туман (шаҳар) прокурорига шикоят билан мурожаат этинг.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-14T16:55:29.000000Z
|
23,111 |
Bu holatda men chet elga chiqishim mumkinmi?
|
Assalomu alekum!
men hozirgi kunda bir nafar farzandimga aliment to'layman shuni ishonchnoma orqali boshqa shaxsga tolash majburiyati topshirib ozim chet elga chiqishim mumkinmi ?
|
family
|
words.regions.sirdarya
|
Asqarali
|
2023-06-14T09:50:44.000000Z
| 12,667 |
Assalom alaykum. Alimentni ishonchnoma orqali to'lash tartibi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin Siz chetga chiqmoqchi bolsangiz Alimentni 5 yilligini oldindan to'lashingiz yoki garov shartnomasi tuzishingiz kerak boladi. Bu bilan Agar sizda chetga chiqishga taqiq bolsa uni olib tashlash uchun asos boladi
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-20T12:16:43.000000Z
|
23,109 |
Mazkur holat majburiy mehnat sanaladimi?
|
Assalomu alaykum men umumtalim maktabda qorovul bulib ishlayman lavozimim maktab qorovuli. Lekin bizgni maktabdagi boshqa ishlarga ham jalb qilyapdi masalan yer ag'darish, ut urish, narsa tashish va davlat tomonidan kelgan narsalarni kumir, kraska shunga uxshash davlat tomonidan kelgan narsalarni maktab hovlisiga tashlab ketsa bizga kirgizdiryapdi biz qorovullar shu ishlarni qilishga majburmizmi
|
labor
|
words.regions.samarkand
|
Eldor
|
2023-06-14T09:01:58.000000Z
| 12,676 |
Assalom alaykum. Ishga kirgan har bir xodim oziga tegishli barcha hujjatlar bilan tanishib chiqishi kerak va ish beruvchi bu hujjatlarni hodim soroviga kora 3 ish kuni ichida berishi kerak.
Maktablarda lavozim yoriqnomasi boladi. Buyam hujjat. Har bir hodimni xizmat vazifalariga kiradigan funksional vazifalari berilgan bo'ladi. Ish beruvchidan shu hujjatni yani lavozim yo'riqnomasini berishini talab qiling. Agar mazkur hujjatda funksional xizmat vazifalaringizga yuqorida Oziz aytib otgan ishlar kirmasa ish beruvchiga buni tushuntiring. Natija bolmasa yuqori turuvchi organlarga murojaat qiling
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-21T15:20:47.000000Z
|
23,107 |
Mazkur holat qonunga muvofiqmi?
|
AssaLom aleykum men Azizjon Merkulov surxondaryo viloyati sariosiyo tumanida yashayman...savolim shundan iborat ..ki meni oilaviy sharoitim bir oylik harbiy xizmatga borishga yetarli emas...meni MFY qo'mitasi raisi aldov yoli bn qol qoydirib oldi...endi bir oylik armiyaga borasan tolovini qilishin kere bomasa uygdan tolovga yetarli narsalarni musodara qilamiz deyapti...mening otam vafot etkan onamni ishlagan puli bilan rozgor tebraramiz ...men nima qilsam boladi...hozir sharoitim yetarli emas....menga maslahatingiz zarur....javob uchun oldindan rahmat...
|
military
|
words.regions.surkhandarya
|
Azizjon
|
2023-06-14T03:22:32.000000Z
| 12,633 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga ko‘ra SHartnoma va bitimlar ixtiyoriy tuziladi.
Ushbu holatda Siz fuqarolik sudiga murojaat qilib SHartnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da'vo arizasi kiritishingiz kerak.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-15T16:47:41.000000Z
|
23,106 |
Mazkur holat yuzasidan qayerga murojaat qilsam bo'ladi?
|
Ассалому алейкум. Исмим Хамдам, Урганч шахрида яшайман. Ховли уйда турамиз. Муаммо бор - ховлимиз орка тарафидаги иккита кушниларимиз мебель ишлаб чикаришади. Ишлаб чикариш цехлари уйларининг биз ён тарафида жойлашган. Ишлаб чикариш жараёнида постоянный шовкин туради (кесиш станоки, компрессор. вытяжка, пистолет-мих отадиган, ва хоказолар) хар хил турдаги оборудованиялардан. Шовкин етмайдигандай ишлаб чикариш чикиндилари-опилкаларни ёкиб куйишади. Бу опилкалар оддий тахта опилкасимас, ДСП дан чиккан опилка яъни ичида ута зарар клейили.
Саволим шундаки - бу цехларни бошка жойга кучиртириб буладими, каерга муражаат килган маъкул ( хали хеч каерга чикилмади, олдин тайёрланиб кейин муроажаат килмокчиман), кайси конунлар асосида, батафсил маълумот берсангизлар.
Олдиндан рахмат.
|
government
|
words.regions.khorezm
|
Xamdam
|
2023-06-13T17:43:13.000000Z
| 12,647 |
Ассалому алайкум, 29.12.2020 йилда Ўзбекистон Республикаси Бош давлат санитария врачининг қарори билан "Турар жойларда, жамоат биноларида, аҳоли яшаш ҳудудларида ва дам олиш зоналарида рухсат этилган шовқин даражасининг санитария қоидалари ва меъёрлари" (СанҚваМ 0008-20) тасдиқланган.
Ушбу санитария нормалари ва меъёрлари турар жойларда, жамоат биноларида, аҳоли яшайдиган ҳудудларда ташқи ва ички манбалардан ҳосил бўладиган шовқиннинг рухсат этилган даражаларини, шунингдек текширилаётган объектда шовқин даражасини ўлчаш, унинг услублари ва уни гигиеник баҳолашга бўлган умумий талабларни белгилайди. Сиз шовқин нормалари бузилаетганлиги ҳолати бўйича чора кўришликни сўраб,
Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати ҳудудий идораларига мурожаат қилишингиз мумкин.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-18T14:03:36.000000Z
|
23,101 |
Bu holatda mehmonxona talabi qonunga muvofiqmi?
|
Assalamu alaykum, voyaga yetgan qiz va yigit o'zaro nikoh shartnomasi bo'lmasa ham mexmonxonadan joy buyurtma qilishi qonunda taqiqlanmanaganmi?
Ba'zi mexmonxonalar e'lonlarda "bez zaks, hammasi qonuniy" deb yozib qo'yishadi, bu qanchalik to'g'ri?
Shunday holatda mexmonxona ma'muriyati ichki ishlar organlarini xabardor qilishi mumkinmi?
|
government
|
words.regions.namangan
|
Ali
|
2023-06-13T13:38:34.000000Z
| 12,622 |
Ассалому алайкум. Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 10 июлдаги 433-сон қарори билан тасдиқланган "Ўзбекистон Республикаси ҳудудида жойлаштириш бўйича хизматларни кўрсатиш тартиби тўғрисида"ги Низомнинг 5-бандига кўра меҳмонхона хизматлари доимий яшаш жойи, фуқаролик, жисмоний шахсларнинг қариндошлик ва никоҳ муносабатлари, шунингдек, шахсий ҳаёт ҳуқуқини чекловчи бошқа омиллардан қатъи назар кўрсатилиши лозим.
Демак, никоҳ бўлиши шарт эмас.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-14T08:48:35.000000Z
|
23,101 |
Bu holatda mehmonxona talabi qonunga muvofiqmi?
|
Assalamu alaykum, voyaga yetgan qiz va yigit o'zaro nikoh shartnomasi bo'lmasa ham mexmonxonadan joy buyurtma qilishi qonunda taqiqlanmanaganmi?
Ba'zi mexmonxonalar e'lonlarda "bez zaks, hammasi qonuniy" deb yozib qo'yishadi, bu qanchalik to'g'ri?
Shunday holatda mexmonxona ma'muriyati ichki ishlar organlarini xabardor qilishi mumkinmi?
|
government
|
words.regions.namangan
|
Ali
|
2023-06-13T13:38:34.000000Z
| 12,623 |
Vaalaykum assalom, Ali! Savolingiz uchun rahmat!
Qisqa qilib aytganda,
mehmonxonaning siz tasvirlagandek reklama qilishida qonunbuzarlik mavjud emas.
Tushuntiraman: Mehmonxonalarning faoliyati Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorga bilan ”
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
“gi Nizom asosida tartibga solinadi. (2020-yil 10-iyul, 433-son qarorga 4-ilova)
Ushbu Nizomning
5-bandiga binoan:
Mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’i nazar ko‘rsatilishi lozim.
Ammo bu mehmonxonalarga noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanish uchun ruxsat berilishini anglatmaydi. Ushbu mehmonxonalarda qonunchilikka zid harakatlar sodir etilayotganini bilsangiz(masalan, fohishaxona saqlash, qimor o'yinlarini tashkil etish va hkz), huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, siz tasvirlagan mehmonxona reklamasida qonun buzilishi yo'q deb o'ylayman.
|
Hamidulla Ziyoyev
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-14T10:10:58.000000Z
|
23,100 |
Mazkur tahdidga nisbatan qanday chora ko'rsam bo'ladi?
|
Assalomu alaykum men bir yigit bilan gaplashib yurardim xozir atnashenyani to'xtatmoqchi bo'sam meni qo'rqizyapti shantaj qilyapti shunga qanaqa chora ko'rsam bo'ladi ?
ichki ishlarga borib yozib beray desam uydagilar xabar topishidan qo'rqyapman
sir saqlangan xolda chora ko'rsa bo'ladimi?
|
civil
|
words.regions.karakalpakistan
|
Laylo
|
2023-06-13T12:27:09.000000Z
| 12,682 |
Tuman IIB ga ariza bilan murojaat qiling. Arizada shaxsingiz sir saqlanishini iltimos qiling.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-22T11:01:47.000000Z
|
23,099 |
Mazkur holat firibgarlik hisoblanadimi?
|
Ассалому аллайкум жияним мени телефонимдан хар хил порно видиоларни кузатип хозирда менга 242-модда билан смс хабар нома келди 6 соат ичида 350 минг сум пул толамасангиз контактингиздаги хаммага смс хабарнома жонатамиз ва УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ JK 242 моддаси билан Пократурага иш очилади деп хабар келди нима килсам болади ростми шу.
|
criminal
|
words.regions.ferghana
|
Озодп
|
2023-06-13T10:52:48.000000Z
| 12,681 |
Assalom alaykum. Bu xabarlar yolgon. Ishonmang. Bazi toifadagi shaxslar shunday qilib pul ishlashmoqda. 242 moddaga hech qanday asos yoq. Shunchaki etibor bermang.
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-22T10:58:47.000000Z
|
23,098 |
Bu holatda nikohdan ajrashish huquqim bormi?
|
Assalamu alaykum
Avvalo javob uchun oldindan rahmat aytaman
Savolim oilaviy nizolar bòyicha..
Turmushga chiqqanimga 1.5 yil bòldi sevishib turmushga chiqqandim uzoqqa yani Samarqanddan Namanganga
Lekin afsuski yangi oilam juda ham asabiy erkagu ayoli sòkinadigan (yomon sòzla bilan ) oila ekan
Qaynonamni qon bosimlari bor gruppadala arzimagan narsaga janjal kòtarib tòpolon qilib tashedila .
San òglimga yopishgansan deb turli xil xaqoratli sòzlar bilan xafa qilyaptila qaynotam ham shunaqala kelinni ishlari ga aralashaveradilar erim esa ikki òrtada sarson asabiy bop qolganlaridan kop marta mani ham urdila
Bu vaziyatlarni bilishgan ota onam (òzi boshida qarshilik bildirgandila bu nikohga lekin mani kònglimga qarashgandi) ajrashasan deyishyapti tògrisi manam yashashni xohlamayapman lekin erim javobingni ham bermayman qonuniy ham ajrashmayman ketsang boshqaga 1 haftada uylanaman agar boshqaga tegsang sanga nikoh òqigan domlani sudga beraman deb tahdid qilyaptila
Qaynonam esa har gapni orasida ket yòqol òglimga boshqa xotin oberaman deydi
Aslida qaynonam doim shunaqa qilmaydila yani doim mani urishmidila qizim deb erkalatadila ham lekin kopincha mani aybim bòlmagan janjalda ham mandan alamini olishadi shu paytgacha indamadim xatto bir ogiz gap qaytarmagandim lekin oxirgi janjalda oyijon iltimos alamizni mandan olmang degandim sanmi hali gap qaytaradigan deb sòkib tashadila ish qilyotsam shunda ham ustimdan bir paqir suv quyvordila
1.5 yillik kelin bòlsamda uyimga 6 oy deganda bir marta bordim unda ham janjal bilan hatto erim bilan oramizga taloq tushdi qaynonamga yalingandim iltimos borib kela qolay uyga deb yoq bormisan deyaverdila erim esa chidolmi taloqsan deb yubordila . Mana 9 oydan beri hali bormadim uyimga uyimdagila ham charchashdi tògrisi
Erim ajrashmiman desala ham ajrasha olamanmi bunaqa vaziyatda
|
family
|
words.regions.namangan
|
Charos
|
2023-06-13T10:50:36.000000Z
| 12,680 |
Assalom alaykum. Nizo bo‘lgan taqdirda ajrashish boyicha fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Sud vaziyatga baho beradi. Eringiz rozi emaigi ajrimni rad bolishiga asos bolmaydi
|
Umidjon Obidjonov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-22T10:54:14.000000Z
|
23,088 |
Bu holatda yoshimni o'zgartirishim mumkinmi?
|
Asalom alekum yoshim 16 da 2 oydan kegin 17 yoshga tolaman pasport olmaganman 17 yoshga tolib pasport olmoqchiman sovolim shuki yoshimni 18 yosh qilib ozgartirsam boladmi oldindan raxmat
|
citizenship
|
words.regions.tashkent
|
Botir
|
2023-06-13T02:47:32.000000Z
| 12,621 |
Vaalaykum assalom, Botir!
Qonunchilikda tug'ilganlik vaqti faktini o'zgartirish ko'zda tutilmagan.
Tug'ilganlik haqidagi har qanday ma'lumotni o'zgartirish uchun FHDY organi dalolatnomaga o'zgartirish kiritishi kerak. Dalolatnomaga o'zgartirish kiritish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (387-son. 14.11.2016-y
)da belgilab qo'yilgan. (
139-bandi)
Unga ko'ra dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar quyidagi holatlarda kiritilishi mumkin:
tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining
ismini yozdirish istagi bo‘lganda;
otalik
belgilanganda;
farzandlikka olinganda;
ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga etmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda;
millati
o‘zgartirilganda;
nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga etgunga qadar);
sud qarori bilan
otalikni belgilash haqiqiy emas
deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga etmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
imloviy xato va noaniqliklar bo‘lganda, shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining
ismi yozilmay qolganda;
16 yoshga to‘lmagan bolaning
ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa;
agar dalolatnoma yozuvida
ismi qisqartirib
yoki erkalatish shaklida yozilgan bo‘lsa;
jinsi o‘zgartirilganda.
Ko'rib turganingizdek, yuqoridagi holatlarda tug'ilganlik vaqti, yosh nazarda tutilmagan. Bundan tashqari agar tug'ilganlik vaqti qandaydir xatolik sababli noto'g'ri yozib qo'yilgan bo'lsa, sud tartibida o'zgartirish kiritilishi mumkin.
Xulosa qilganda, siz yoshingizni o'zgartiraolmaysiz! Faqat texnik xatolik sababli haqiqiy fakt noto'g'ri yozilib qolgan bo'lsa, sud tartibida to'g'rilash mumkin!
|
Hamidulla Ziyoyev
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-14T06:59:23.000000Z
|
23,076 |
Mazkur vaziyatda mehnat ta'tili puli qanday hisoblanadi?
|
Assalomu alaykum savolim shundan iboratki mehnat ta‘tili pulini hisoblashda bolnichniy va moddiy yordam puli qo'shib hisoblanadimi?
javob uchun oldindan rahmat.
|
labor
|
words.regions.samarkand
|
Normurot
|
2023-06-12T05:19:32.000000Z
| 12,620 |
Assalomu alaykum Normurot aka savolingizga javob berishga harakat qilaman.
Mehnat kodeksida
233-moddasida
Har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning
257-moddasiga
muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. E'tibor bering mehnat ta'tiliga chiqib ketayotgan kundan bir kun oldin mehnat ta'tili pulingizni tashlab berishi kerak. Moddiy yordam puli jamoa shartnomasida berish nazarda tuligan bo'lsa, ta'til puliga qo'shib yordam pulini ham qo'shib berishadi. Lekin bolnichniy ya'ni mehnatga layoqatsizlik davri uchun haq to'lash siz kasallik varaqasini kadrga va buxgalterga olib borib berganingizdan so'ng unga haq to'laydi.
|
Jahongir Dadajonov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-12T06:20:31.000000Z
|
23,075 |
Mening yerning barcha qismiga egalik qilish huquqim bormi?
|
Мен эгаллаб Турган ер участками 16 сотих ермайдони.8сотихи отамни номида,8сотихи бировни номида булиб чикяпти.1987 йилда колхоз томонидан бэрилган ер участкалари бэрилган.8сотихи бировни номидаги ер участками ни огзаки келишув оркали сотиб олган Яни 4хона Уй жойга тайор бэтон олиб келтириб берган Уша Даврда ер участкалари текин булган Давлат томонидан бэрилган.
Хозирги кугача солих тулабкелдик нога ишлов бэрдик,текистлаб планировка килдик мевали дарахтларни экдик.отам 2022 йил вафод этди
Энди эса сотган одамни айоли келиб карорим бор ер меники дэяпти.
Мени ер учаскага эгалик килишга хукуким борми .Уша даврдаги куп кишилар утиб кетишган.менга кандай маслахат бэрасизлар
37 йил мехнат дик ,солик туладик,обод килдик.хозирги Кунда 8сотхли отамни номидаги ер участкани Икки хона курилган 20020йил битириб кадастор хужжат олинган
Хозр кандай маслахат бэрасизлар улар 1987йиллардаги карор бор дэяпти улар ерга эгалик килиши мумкинми.мен кандай сора куришим керак
|
housing
|
words.regions.namangan
|
Адашали
|
2023-06-12T04:59:12.000000Z
| 12,619 |
Assalomu alaykum. Siz og'zaki tekishuv bilan sotilganligini sudga isbotlab bera olsangiz yerni sizdan olib qo'ya olmaydi. Qaror boshqa shaxsni nomiga chiqqan bo'lsa ham hali uni nomiga kadastr bo'lmagfan bo'lsa kerak. Agar yerga nizbatan nizo bo'lsadigan bo'lsa, kadast organlari ham kadastr hujjati tayyorlab bermaydi. Nizoni sudda hal qilib olilar debdi. Shuning uchun siz quyidagicha harakatlar qilib qo'ying.
Eng birinchi uyni sotgan odamning ayoli bilan kelishishga harakat qiling, ko'p holatlarda ma'lum bir pul evaziga sizni nomizga o'tkazishga ro'zi bo'ladi. agar kelisha olmasangiz quyidagilarni qiling
Hududingizdagi kadast organiga yoza ariza bilan murojaat qilib, nizoli uyda sizlar 37 yildan buyon yashab kelganligingizni, uyni og'zaki shartnoma bilan sotib olganligingizni, agar kimdir shu joyda kadastr qilib berishni so'rasa o'rtada nizo bo'lganligi uchun kadastr qilib bermasliklarini so'rang. Arizani bir nusxasiga qo'l qo'ydirib oling.
Begana odamni nomiga chiqqan qaror nusxasini topishga harahat qiling. Bu hujjat sud jarayonida kerak bo'ladi.
Shu uyda 37 yildan beri yashab kelayotganligingizni isbotlovchi hujjatlarni (soliq to'langanligingiz, komunal to'lovlar va boshqalar) yig'ib qo'ying.
uy og'izaki shartnoma asosida sotilganligiga guvoh bo'lganlarni topib qo'ying.
Nizo sudgacha yetib borsa, yuqoridagi hujjatlar va dalillarni sud jarayonida ishlatasizlar.
|
Aslbek Kasimov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-12T05:22:32.000000Z
|
23,075 |
Mening yerning barcha qismiga egalik qilish huquqim bormi?
|
Мен эгаллаб Турган ер участками 16 сотих ермайдони.8сотихи отамни номида,8сотихи бировни номида булиб чикяпти.1987 йилда колхоз томонидан бэрилган ер участкалари бэрилган.8сотихи бировни номидаги ер участками ни огзаки келишув оркали сотиб олган Яни 4хона Уй жойга тайор бэтон олиб келтириб берган Уша Даврда ер участкалари текин булган Давлат томонидан бэрилган.
Хозирги кугача солих тулабкелдик нога ишлов бэрдик,текистлаб планировка килдик мевали дарахтларни экдик.отам 2022 йил вафод этди
Энди эса сотган одамни айоли келиб карорим бор ер меники дэяпти.
Мени ер учаскага эгалик килишга хукуким борми .Уша даврдаги куп кишилар утиб кетишган.менга кандай маслахат бэрасизлар
37 йил мехнат дик ,солик туладик,обод килдик.хозирги Кунда 8сотхли отамни номидаги ер участкани Икки хона курилган 20020йил битириб кадастор хужжат олинган
Хозр кандай маслахат бэрасизлар улар 1987йиллардаги карор бор дэяпти улар ерга эгалик килиши мумкинми.мен кандай сора куришим керак
|
housing
|
words.regions.namangan
|
Адашали
|
2023-06-12T04:59:12.000000Z
| 12,624 |
Ассалому алайкум, саволингиз мазмунига аниқлик киритиб олиш лозим бўлади. Тушунишим бўйича отангизни номида 8 сотих ер участкаси ажратиш бўйича қарор мавжуд ва ушбу майдон бўйича кадастр ҳужжатлари қилинган. Қолган 8 сотих ер майдони бировнинг номига ажратилган ва ушбу ер участкаси оғзаки келишув асосида сотиб олинган. Қўшимча савол: ушбу ерга (жами 16 сотих, шу жумладан бировдан олинган 8 сотихга) иморат барпо этилиб, атрофи девор билан ўраб олинганми ҳамда ўтган давр мобайнида ерга ва мулкка нисбатан солиқлар ҳисобланиб тўлаб келинганми (ҳужжатлардан аниқлик киритинг, балки, фақат 8 сотих отангизнинг номидаги ер ва мулк учун солиқлар тўлангандир), бошқа бировнинг номида эканлиги билдирилаетган 8 сотих ер участкаси бўйича сизга даъво қилаетган шахсда қарор ўзи мавжудми (архивдан кўчирма олинг), мавжуд бўлса тегишли хуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказилганлигини тасдиқловчи кадастр ҳужжатлари мавжудми, шу ўтган давр мобайнида солиқларни амалга оширганми?
Ҳуқуқий маслаҳат:
1. Агар 16 сотих ер майдони бўйича тегишли иморатлар қурилиб, ер участкаси отангиз ва хозирда сизнинг эгалигингизда бўлиб фойдаланиб келинаетган бўлсангиз ер участкани бўшатиб берманг. Судга ер участкасига даъвони ким қилаетган бўлса ўша шахс мурожаат этсин ва давлат божини ҳам ўзи амалга ошрсин. Бу ҳолатда катта эхтимол билан ушбу шахснинг даъвоси рад этилади, чунки, унда қарордан бошқа (агар ушбу қарор ҳам мавжуд ва ҳаққоний бўлса) ҳеч қандай ҳужжатлар мавжуд эмас. Умумий даъво муддатлари ҳам ўтказиб юборилган.
2. Агар оғзаки келишув билан олинган ер участкасига хозиргача хеч қандай кадастр ҳужжатлари қилинмаган бўлса, бу жойда қурилган иморатларга эгалик ҳуқуқини белгилаш бўйича малакали адвокат олган ҳолда фуқаролик судига мурожаат этинг. (Чунки, сиз ва отангизга бошқадан олинган 8 сотих ер участкасига, шу жумладан, ўзбошимчадик билан барпо этилган иморатларга ҳам эгалик ҳуқуқлари фақат суд қарори асосида белгиланиши мумкин, шундан сўнг ер ва мулкка нисбатан тегишли ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш ва кадастр ҳужжатларини расмийлаштирилади, яъни суд қарорисиз кадастр органлари хеч қандай ҳуқуқни рўйхатдан ўтказиб бера олмайди. Ҳудди шундай, мулкий низо мавжудлиги сабабли хозирда 8 сотих ер майдонига даъво қилаетган аел ва бошқа шахсга ҳам кадастр ҳужжатларини расмийлаштириб берилиши имконияти қонунга кўра мавжуд эмас).
Ҳар икки маслаҳат бўйича малакали адвокат ва кадастр соҳаси бўйича тажрибали мутаҳассис олинг ва фақат суд орқали низони ҳал этилишига эришинг.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-06-14T11:33:32.000000Z
|
23,068 |
Mazkur holat fribgarlik hisoblanadimi?
|
Assalomu alaykum jiyanim meni telefonimdan pornografik saytlarga kirgan ekan hozir googlga kirsam siz jinoyat kodeksining 242-moddasida koʻzda tutilgan harakatni sodir etganlik fakti boʻyicha jinoiy ish uchun prokuraturaga beriladi . Blokirovkani olish uchun davlat karta raqamiga 350 ming soʻm jarima talant deb sms keldi agar 6 soat ichida toʻlanmasa kontaktlarizga ushbu hodisaning bayoni sms xabarnoma joʻnatiladi deb bildirishnoma keldi shu holatda nima qilishim kerak
|
criminal
|
words.regions.ferghana
|
Sharifjon
|
2023-06-11T07:20:03.000000Z
| 12,618 |
Assalomu alaykum. Bu firibgarlik hech qayerga pul to'lamang. Brauzerni kesh xotirasini tozalab yuboring xabar yo'qolishi kerak.
|
Aslbek Kasimov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-11T07:47:53.000000Z
|
23,062 |
Men bu holatda advokat xizmatidan foydalanishim mumkinmi?
|
Jabrlanuvchi sifatida ham qoʻshimcha advokat yollash mumkinmi, operatsiya boʻlganimga 10 kun boʻldi, sudda advokat mani oʻrnimga qatnashsa boʻladimi? Manga advokat kere iltimos nomer qoldirila..
|
criminal
|
words.regions.tashkent_region
|
Sohibaxon
|
2023-06-10T10:16:13.000000Z
| 12,608 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ha albatta ishonchnoma orqali advokat qatnashishi mumkin.
Advokat uchun shaxsiy chatga murojaat qiling
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-10T13:51:32.000000Z
|
23,060 |
Men bu holatda maktabda dars bera olamanmi?
|
Men Maktabgacha ta’lim yo’nalishi yuqori kursida o'qiyman menga maktabda boshlang'ich ta'limda tabiat va mehnat fanlari dan dars berish mumkin deyishdi bu qanchalik qonuniy.Javob uchun oldindan RAXMAT!
|
education
|
words.regions.kashkadarya
|
Nasiba
|
2023-06-10T09:56:33.000000Z
| 12,611 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Xalq ta'lim vazirligining 393-sonli buyrug‘iga asosan sizning ma'lumotingiz ushbu darslarni o‘tishga to‘g‘ri kelmaydi.
Ish beruvchi ya'ni maktab direktori rozi bo‘lsa ham Adliya bo‘limidagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazidagi yuristlar bunga xulosa berishmaydi.
⭕
SIZNING KATTA MUAMMOYINGIZGA BIZDA OSON, QULAY, ARZON ENG MUHIMI SAMARALI YECHIM BOR.
Bizda quydagi yuridik xizmatlar mavjud.
♻️Telefon va telegram orqali online maslahat
📄Aliment va moddiy ta'minot to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (3 kunda ijroga qaratiladi,zakssiz ham undirishmumkin)
🚻Ajrim to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish xizmati
💱Qarz to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (til xatsiz ham undirish mumkin)
♻️(jinoiy,ma'muriy,iqtisodiy va fuqarolik)sudlarga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro buyrosi va boshqa davlat tashkilotlariga da'vo, shikoyat yoki taklif yozib online jo‘natishda amaliy yordam
🆔One va mobile id ochishda amaliy yordam
🆔Elektron imzo ochishda amaliy yordam
🆙Prezident vertual qabulxonasiga ariza kiritib berish
🚻(zaks) Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini olib berish amaliy yordam
🚼Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining dublikatini olib berishda amaliy yordam
USHBU XIZMATLARDAN FOYDALANISH UCHUN SHAXSIY CHATGA MUROJAAT QILING
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-10T14:03:25.000000Z
|
23,058 |
Mazkur holat firibgarlik hisoblanadimi?
|
Men hozir Rossiyadaman, Greys Vang ismli americalik bir fuqaro mening telegram account mga bog‘landi u eri olgani va eri 250.000 dollr ni kam taminlangan oilalarga beriwni aytib ketgani haqida aytdi va mendan osha pullarni kam taminlanga men orqali berishini hohlab yordam soradi va u americadan qandaydir pochta orqali bir diplomatdan menga pul jonatganini aytdi u diplomat mendan osha pullarni olib kelganini aytdi va osha pullarni americadan olib kelgani uchun mendan 1000$ dollr soradi va o‘zni plastik karta raqamni jonatib osha kartaga pul so'rishimni soradi, aytishicha men 1000$ dollrni surganimdan song meni uyimga pochtanni olib borib berishni aytdi. Meni murojatim shuki; men u insonni kimligini bilmayman va menda diplomatning whatsapp nomeri va. Menga pul jonatgan insonni telegram nomeri bor rasmi ham, men o‘ylanib qoldim bu insonlar fribgar larmikin deb, xozir bu insonlar meni nima ish tutiwimni kutishyabti
|
criminal
|
words.regions.andijan
|
Jamshid
|
2023-06-10T06:56:35.000000Z
| 12,612 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro bu haqiqatdan firibgarlik 100dollar pulni olgandan so‘ng siz bilan aloqani uzishadi yoki sizning ma'lumotlaringiz (pasportiz) orqali chet banklaridan kredit rasmiylashtirib o‘zlashtirib olishadi.
Maslahat hech qanday shaxsiy ma'lumot bermang va aloqani uzing.
Bunaqa holat boshqalar bilan aynan O‘zbekistonliklar bilan yuz bergan.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-10T14:09:43.000000Z
|
23,056 |
Bu holatda tuxmatni qanday isbotlash mumkin?
|
Ассалому а'лайкум.Саволим шундан иборат:Агар бир киши сизга тухмат килса,лекин буни Шахар ва вилоят судларида тухмати исботланмаса.Унга карши кандай чора курса булади.Моддий ва ма'навий жарима туллатса буладими.
|
criminal
|
words.regions.samarkand
|
Ойбек
|
2023-06-09T11:06:17.000000Z
| 12,609 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro sud qarorlarini ilova qilgan holda Fuqarolik sudiga moddiy va ma'naviy zararni undirish to‘g‘risida da'vo arizasi kiritishingiz mumkin. Hohlasangiz bizda da'vo arizasi tayyorlash xizmati mavjud buni uchun shaxsiy chatga murojaat qiling
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-10T13:53:36.000000Z
|
23,053 |
Mazkur harakat uchun qanday javobgarlik mavjud?
|
Assalomu alaykum men hujjatsiz telefon xarid qildim biroz vaqt ishlatib song sotdim endi menga ichki ishlardan qongiroq qilishiyapti bunday vaziyatda qanaqa chora korilishi mumkin menga nisbatan?
qanday qonuniy choralar korilishi mumkin telefonni ogrilagan shaxs menga xarajatimni qoplashi mumkinmi
|
criminal
|
words.regions.bukhara
|
Javohir
|
2023-06-09T09:40:50.000000Z
| 12,605 |
Ассалому алайкум.
Жиноят кодексининг 169-моддасига кўра ўғрилик, яъни ўзганинг мол-мулкини яширин равишда талон-торож қилганлик учун жавобгарлик белгиланган.
Кўриб турганингиздек, бу вазиятда сиз ўғрилик жиноятини содир этмагансиз. Шу сабабли бу вазиятда сизга ҳеч қандай чора кўрилмайди.
Чунки Фуқаролик кодексининг 386-моддасига биноан олди-сотди шартномаси бўйича бир тараф (сотувчи) товарни бошқа тараф (сотиб олувчи)га мулк қилиб топшириш мажбуриятини, сотиб олувчи эса бу товарни қабул қилиш ва унинг учун белгиланган пул суммаси (баҳоси)ни тўлаш мажбуриятини олади.
Фуқаролик кодексининг 108-моддасига асосан нотариал тасдиқланиши талаб этиладиган битимлардан ташқари, қуйидаги битимлар оддий ёзма шаклда тузилади:
1) юридик шахсларнинг ўзаро ва фуқаролар билан битимлари;
2) фуқаролар ўртасидаги белгиланган базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн бараваридан ортиқ суммадаги битимлар, қонунда белгиланган ҳолларда эса — битим суммасидан қатъи назар, бошқа битимлар.
Демак, базавий ҳисоблаш миқдори бугунги кунда 330 минг сўм деб оладиган бўлсак, шуни 10 баравари 3 млн 300 минг сўм бўлади.
Сиз сотган телефоннинг нархи 3 млн 300 минг сўмдан ошмаса унда сиз сотган одамингиз билан олди-сотди шартномаси тузишга мажбур эмассиз.
Қолаверса, агар бу суммадан ошса ҳам ва оғзаки сотган тақдирингизда ҳам Сизга нисбатан ИИБ томонидан бирор бир чора кўрилиши мумкин эмас.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-09T10:15:43.000000Z
|
23,050 |
Shartnoma tuzilmasdan oldin to'lov talab qilish mumkinmi?
|
Assalomu alaykum. Yangi qurilgan ko'p qavali uy, qurilishi tugagan kadastr xujjati tayyor bo'lmagan xolatda shirkat atapleniya (tarmoqqa ulanmagan ham) yoki boshqa kamunal xizmatlar uchun shartnoma tuzmasdan pul talab qilishi mumkunmi.
|
civil
|
words.regions.navoiy
|
Jamshid
|
2023-06-09T07:14:51.000000Z
| 12,602 |
Ассалому алайкум. Шартнома тузимасдан пул талаб қилиши мумкин эмас.
“Кўп квартирали уйларни бошқариш тўғрисида”ги Қонуннинг 28-моддасига асосан кўп квартирали уйни бошқариш шартномаси бошқарувчи ташкилот ёки бошқарувчи билан жойларнинг мулкдорлари ўртасида ҳар бир жой мулкдори билан ушбу Қонун талабларига мувофиқ ёзма шаклда, умумий йиғилиш қарорларида кўрсатилган шартлар асосида тузилади.
Кўп квартирали уйни бошқариш шартномаси бўйича бошқарувчи ташкилот ёки бошқарувчи жойлар мулкдорларининг топшириғига кўра, умумий мол-мулкни бошқариш, лозим даражада сақлаш, ундан фойдаланиш ва уни таъмирлаш бўйича келишилган муддат ичида ҳақ эвазига хизматлар кўрсатиш ва (ёки) ишларни бажариш, кўп квартирали уйни бошқариш мақсадига эришишга қаратилган бошқа фаолиятни амалга ошириш мажбуриятини ўз зиммасига олади.
Кўп квартирали уйни бошқариш шартномасида қуйидагилар кўрсатилган бўлиши керак:
ўзига нисбатан бошқарув амалга ошириладиган умумий мол-мулкнинг таркиби, кўп квартирали уйнинг манзили;
умумий мол-мулкни сақлашга, ундан фойдаланишга ва уни таъмирлашга оид хизматлар ҳамда бажариладиган ишлар рўйхати, мазкур рўйхатни ўзгартириш тартиби;
шартнома нархини белгилаш тартиби, шунингдек тўловни тўлаб бериш тартиби;
бошқарув шартномаси бўйича мажбуриятларнинг бошқарувчи ташкилот ёки бошқарувчи томонидан бажарилиши устидан назоратни амалга ошириш тартиби;
бажарилган ишлар ҳамда кўрсатилган хизматлар учун ҳисобот бериш тартиби ва муддатлари.
Кўп квартирали уйни бошқариш шартномаси камида бир йил, лекин кўпи билан беш йил муддатга тузилади.
Кўп квартирали уйни бошқариш шартномасининг амал қилиш муддати тугаганидан кейин тарафлардан бирининг ушбу шартномани тугатиш тўғрисидаги аризаси мавжуд бўлмаган тақдирда, бундай шартнома унинг ўзида назарда тутилган айни ўша муддатга ва худди шундай шартлар асосида узайтирилган ҳисобланади.
Агар бошқарувчи ташкилот ёки бошқарувчи шартнома шартларини бажармаса, кўп квартирали уйдаги жойларнинг мулкдорлари умумий йиғилиш қарорига асосан кўп квартирали уйни бошқариш шартномасини бажаришдан бир томонлама тартибда воз кечишга ва бошқа бошқарувчи ташкилотни ёки бошқарувчини танлаш тўғрисида қарор қабул қилишга ҳақли.
Бошқарувчи ташкилот ёки бошқарувчи кўп квартирали уйни бошқариш шартномаси бекор қилинган кундан эътиборан уч иш куни ичида кўп квартирали уйнинг техник ҳужжатларини ва уйни бошқариш билан боғлиқ бошқа ҳужжатларни, қолдиқ пул маблағларини, умумий мол-мулк таркибига кирадиган жойларнинг калитларини ҳамда кўп квартирали уйдан фойдаланиш ва уни бошқариш учун зарур бўлган бошқа техник воситаларни ҳамда асбоб-ускуналарни янги танланган бошқарувчи ташкилотга ёки бошқарувчига ёхуд умумий йиғилиш қарорида белгиланган кўп квартирали уйдаги жой мулкдорига топшириши шарт.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-09T08:12:46.000000Z
|
23,048 |
Bu holatda chet elga chiqish mumkinmi?
|
Assalamu alekum. Sizga savolim boridi, alementni biror bir yaqin odamga ishonchnoma orqali berib over bloc ni op tashasa boladimi, ish xona tomonidan chetga chiqishimiz kere
|
family
|
words.regions.bukhara
|
Shaxzod
|
2023-06-09T07:10:57.000000Z
| 12,617 |
Assalomu alaykum Ishxona tomonidan 3oygacha chet elga chiqish huquqiga egasiz.
Boshqa hollarda undiruvchi bilan kelishib cheklovni oldirasiz.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-10T16:41:49.000000Z
|
23,047 |
Bu holatda men daromad solig'i to'laymanmi?
|
Мен 2012 йил Кишлок курилиш банкининг 7 фоизлик кредити асосида намунали уй олган эдим. 2023 йил июн ойида кредитни коплаб уйни такикдан чикардим. Мен ушбу наманали уйимни иккиламчи кредит асосида сотмокчи булиб, давлат хизматларига борганимда меннинг кадастр ракамим эски учун янги ракам олишим учун ариза бердим. 5 кундан сунг менга электрон штампли якка тартибдаги турар жойнинг кадастр распорти беришди. Мен уйни сотганимдан сунг, менга уйни кийматидан ортикча кийматига даромад солиги тулайманми, ёки йукми. Сига олдиндан рахмат
|
tax
|
words.regions.kashkadarya
|
Илхом
|
2023-06-09T05:10:00.000000Z
| 12,600 |
Ассалому алайкум. Солиқ кодексининг 378-моддасига асосан солиқ тўловчиларга хусусий мулк ҳуқуқи асосида тегишли бўлган мол-мулкни сотишдан олинадиган даромадлар даромад солиғидан озод қилинган. Аммо қуйдаги ҳолатларда фуқаро даромад солиғи тўлаши кераклиги белгилаб қўйилган.
қимматли қоғозларни (бундан фонд биржасида реализация қилинадиган эмиссиявий қимматли қоғозлар мустасно), юридик шахсларнинг устав фондидаги (устав капиталидаги) улушларини (пайларини);
нотурар жойларни;
ўттиз олти календарь ойдан кам муддатда солиқ тўловчининг мулкида бўлган турар жойларни сотганда.
Мазкур асосга кўра сиз уйни сотиб олганингизга 36 ойдан ошганлиги сабабли даромад солиғи тўламайсиз.
Изоҳ: давлат рўйхатидан ўтказган яъни кадастр қилиб берилган санада Сизда мулк ҳуқуқи пайдо бўлган. (2012 йил 29 майда)
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-09T07:59:35.000000Z
|
23,046 |
Bu holatda pulni qanday qilib undirish mumkin?
|
Men Ablahatov Abdurashid Jomboy tumani Beshbola mahallasi yashayman. Jomboy tumani Toshkent mahallasida yashovchi begmurova feruza samarqand sitiga ishga joylashtiraman deb 1200$aldov yo'li bilan olib ishga kirgizmay pulni xam qaytarmaydi aldab yuribdi menga o'xshab aldanganlar ko‘p ekan. Ishsizlikdan qarz olib berganmiz 3 oy o'tayapti qarz berganlar so'rayapti pulni qanday qaytarib olsak bo‘ladi
|
criminal
|
words.regions.samarkand
|
Abdurashid
|
2023-06-09T03:24:39.000000Z
| 12,601 |
Ассалому алайкум.
Жиноят кодексининг 168-моддасига кўра фирибгарлик, яъни алдаш ёки ишончни суиистеъмол қилиш йўли билан ўзганинг мулкини ёки ўзганинг мулкига бўлган ҳуқуқни қўлга киритганлик учун жавобгарлик мавжуд.
Эътибор беринг! Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2017 йил 11 октябрдаги 35-сонли «Фирибгарликка оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги қарорининг 23-бандига кўра фирибгарлик натижасида олинган, шунингдек иш бўйича ашёвий далил деб эътироф этилган жабрланувчига тегишли пул ва бошқа қимматликлар ЖПК 211-моддаси
4-бандига
кўра, ўз эгасига қайтариб берилиши лозим, пул ва бошқа қимматликлар улар эгасининг ташаббуси билан, била туриб, пора предмети сифатида берилган ҳоллар бундан мустасно. Пул ва бошқа қимматликлар топилмаган ҳолларда уларнинг суммаси ёки пул бирлигидаги қиймати суд томонидан жабрланувчи ёки давлат фойдасига ундирилади.
Мазкур вазиятда прокуратурага ариза билан мурожаат қилинглар. Бизда ариза ёзиш хизмати ҳам мавжуд. Телеграм рақамим (90 042 00 41 )
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-09T08:03:27.000000Z
|
23,045 |
Abutirientlarga OTMga hujjat topshirish tartibi qanday?
|
assalomu aleykum man hozir 10-sinfni bitirdim va kelajakda deplamatiya va westminister universitetlariga topshirmoqchiman savolim shundan iboratki: abutriyentlar nechta universitetga va nechta yo'nalishga topshirish huquqlariga ega shu haqida ma'lumot bersangiz!?
|
education
|
words.regions.kashkadarya
|
Sevara
|
2023-06-08T18:53:44.000000Z
| 12,616 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro 5ta universitetga topshirish huquqiga egasiz
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-10T16:39:36.000000Z
|
23,041 |
qo'shimcha yerni qanday qilib rasmiylashtirsam bo'ladi?
|
Ассалому алайкум мен уй сотиб олмоқчи эдим лекин уйни умумий майдони 3сотих бўлсада 2.7сотихи планга киргизилган қолган 0.3сотих самозахват қилинган экан.мен бу қолган 0.3сотихни қандай қилиб қонунийлаштириб планга киргизишим мумкин? Шуни тўлиқ тушинтириб берсангиз.олдиндан рахмат
|
housing
|
words.regions.tashkent_region
|
Абдумажид
|
2023-06-08T13:20:36.000000Z
| 12,591 |
Ассалому алайкум.
Фуқаролик кодексининг 212-моддасига кўра қонунчиликда белгиланган тартибда қурилиш мақсадлари учун ажратилмаган ер участкаларида, шунингдек иморат қуриш учун зарур рухсатнома олмасдан ёки архитектура ва қурилиш нормалари ҳамда қоидаларини жиддий бузган ҳолда қурилган уй-жой, бошқа бино, иншоот ёки ўзга кўчмас мулк ўзбошимчалик билан қурилган иморат ҳисобланади.
Ўзбошимчалик билан иморат қурган шахс унга мулк ҳуқуқини ололмайди. Бу шахс қурган иморатини тасарруф этишга — сотишга, ҳадя этишга, ижарага беришга, иморатга нисбатан бошқа битимлар тузишга ҳақли эмас.
Ўзбошимчалик билан иморат қуриш натижасида ҳуқуқлари бузилган шахснинг ёки тегишли давлат органининг даъвоси билан бундай иморат суднинг қарорига биноан иморатни қурган шахс томонидан ёки унинг ҳисобидан бузиб ташланиши лозим, ушбу модданинг
тўртинчи қисмида
назарда тутилган ҳоллар бундан мустасно.
Иморат қурилган ер участкасининг мулкдори бўлган, унга умрбод мерос сифатида эгалик қилаётган, доимий эгалик қилаётган ва фойдаланаётган шахснинг ўзбошимчалик билан қурилган иморатга нисбатан мулк ҳуқуқи суд томонидан эътироф этилиши мумкин. Бу ҳолда иморатга нисбатан мулк ҳуқуқи эътироф этилган шахс иморат қурган шахснинг харажатларини суд белгилаган миқдорда қоплайди.
Башарти, ўзбошимчалик билан қурилган иморатнинг сақлаб қолиниши бошқа шахсларнинг ҳуқуқлари ва қонун билан қўриқланадиган манфаатлари бузилишига сабаб бўлса, ёхуд фуқароларнинг ҳаёти ва соғлиғига хавф туғдирса, ўзбошимчалик билан қурилган иморатга нисбатан мулк ҳуқуқи эътироф этилиши мумкин эмас.
Демак, сиз бу масалада фуқаролик судига мурожаат қилишингиз мумкин ушбу жойга мулк ҳуқуқини эътироф этиш бўйича.
Яқин кунларда бундай жойларга эгалик ҳуқуқини бериш бўйича умумдавлат акцияси ўтказилиши ҳам режалаштирилган. Лекин аниқ малумоти йўқ ҳозирча.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-08T17:40:03.000000Z
|
23,039 |
Dasturimizdan foydalanishi uchun biz dasturni yuridik shaxs nomiga patentlashimiz kerakmi yoki jismoniy shaxs nomigami.?
|
Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish, uni patentlash va foydalanish uchun ijara(yillik obuna)ga ruxsat berish.
Salom. Biz bir dastur ishlab chiqdik. Shu dasturni OTM(katta extimol bilan xususiy) larga foldalanish uchun taklif qilmoqchimiz. Ya'ni, OTM lar bizning dasturdan foydalangani uchun bizga yillik yoki oylik haq to'lashi kerak bo'ladi.
Savol 1. OTM lar Dasturimizdan foydalanishi uchun biz dasturni yuridik shaxs nomiga patentlashimiz kerakmi yoki jismoniy shaxs nomigami.?
Savol 2. OTM va biz o'rtamizdagi shartnoma qay tartibda tuziladi. Ham OTM ham biz tarafdan yuristlar bo'lishi kerakmi?
Savol 3. Umuman OTM lar bilan shartnoma tuzish uchun yuridik shaxs maqomida bo'lish kerakmi yoki jismoniy shaxs?
Savol 4. Agar, yuridik shaxs bo'ladigan bo'lsa bu MCHJ ni anglatadimi yoki boshqa bo'lishi ham mumkinmi? Masalan, Xususiy korxona.
Savol 5. Agar, yuqoridagi holat uchun yurist xizmatidan foydalansak o'rtacha hisoblaganda qancha haq to'lashga tayyor bo'lishimiz kerak?
|
civil
|
words.regions.bukhara
|
Feruz
|
2023-06-08T10:17:31.000000Z
| 12,592 |
Ассалому алайкум мазкур саволга
Давлат патент идораси директорининг 2004 йил 2 февралдаги 9-сон буйруғи билан ТАСДИҚЛАНГАН ИXТИРOГA ЎЗБEКИСТOН РEСПУБЛИКAСИ ПAТEНТИНИ БEРИШ УЧУН ТAЛAБНOМA ТУЗИШ, ТOПШИРИШ ВA КЎРИБ ЧИҚИШ
ҚOИДAЛAРИ асосида жавоб берамиз.
Сиз дастурий таъминотни патентлаш учун Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал департаментга талабнома билан мурожаат қиласиз.
Қоидаларнинг 5-бандига кўра тaлaбнoмa қуйидaги ҳужжaтлaрни ўз ичигa oлиши кeрaк:
a) иxтирo муaллифи (муaллифлaри) вa нoмигa пaтeнт бeрилиши сўрaлaётгaн шaxс (бундaн буён мaтндa тaлaбнoмa бeрувчи дeб юритилaди), шунингдeк улaрнинг яшaш ёки турaр жoйи кўрсaтилиб, пaтeнт бeрилиши сўрaлгaн aризa (1-илoвa);
б) иxтирoнинг уни aмaлгa oшириш учун етaрли бўлгaн дaрaжaдa тўлиқ бaён этилгaн тaвсифи;
в) иxтирo мoҳиятини aкс эттирувчи вa унинг тaвсифигa тўлa мувoфиқ бўлгaн иxтирo фoрмулaси;
г) иxтирo мoҳиятини тушуниш учун зaрур бўлсa, чизмaлaр вa бoшқa мaтeриaллaр;
д) рeфeрaт.
Savol 1. OTM lar dasturimizdan foydalanishi uchun biz dasturni yuridik shaxs nomiga patentlashimiz kerakmi yoki jismoniy shaxs nomigami? Бу катта аҳамиятга эга эмас. Жисмоний ёки юридик шахс номига бўлса ҳам бўлаверади. Жисмоний шахс бирмунча осонроқ жараён.
Savol 2. OTM va biz o'rtamizdagi shartnoma qay tartibda tuziladi. Ham OTM ham biz tarafdan yuristlar bo'lishi kerakmi? Юрист бўлиши бу мажбурий талаб эмас. Асосийси шартномани юрист тузиб бергани яхши. Ижара асосида шартнома тузиб фойдаланишга берсангиз ҳам бўлади.
Savol 3. Umuman OTM lar bilan shartnoma tuzish uchun yuridik shaxs maqomida bo'lish kerakmi yoki jismoniy shaxs? Бу ҳам аҳамиятга эга эмас. Агар жисмоний шахс бўлса шартнома тузиб, банк реквизит берсангиз шунга тўлов қилаверишади.
Savol 4. Agar, yuridik shaxs bo'ladigan bo'lsa bu MCHJ ni anglatadimi yoki boshqa bo'lishi ham mumkinmi? Masalan, Xususiy korxona. Энг яхши тури бу МЧЖ
Savol 5. Agar, yuqoridagi holat uchun yurist xizmatidan foydalansak o'rtacha hisoblaganda qancha haq to'lashga tayyor bo'lishimiz kerak? Бу келишувга кўра бўлади. Алоқа учун телеграм манзил 90 042 00 41
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-08T17:57:26.000000Z
|
23,038 |
Mehnat faoliyatimda mehnat ta'tili qanchani tashkil etadi?
|
Ассалом алейкум! Мен 2021 йил 5 сентябрда Болалар мусиқа ва санъат мактабига ўқитувчи бўлиб ишга кирдим. 2022 йил 20 апрелда туғишгача ва туғишдан кейинги таътилга чиқдим. Ойлигим 2 500 милион эди декретдан олдин.
Менга 2021/2022 ўқув йили учун меҳнат таътили берилмади.
2022 йил 5 сентябрдан декретдан қайтиб иш фаолиятимни бошладим. 2 500 милион ойлик маош билан.
2021/2022 ўқув йили ва 2022/2023 ўқув йили учун таътилларимни қўшиб бериладими?
Саволим шундаки 2021/2022 ўқувйилида фойдаланилмаган меҳнат таътилим неча кун бўлади ва қанча пул тўланиши керак.
2022/2023 ўқув йили учун меҳнат таътилим учун қанча пул тўланиши керак илтимос аниқ ва қонуний қилиб жавоб беринг.
Бухгалтер 16 кун таътил берилади деяпди.
|
labor
|
words.regions.karakalpakistan
|
Muradjon
|
2023-06-08T09:30:04.000000Z
| 12,614 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro
2022-2023-yilda siz ishlagan davringizga mutanosib ravishda ta'til olasiz
Bu mehnat kodeksining 224-moddasiga ko‘ra quydagicha amalga oshiriladi.
Har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilining to‘liq miqdorini o‘n ikkiga bo‘lish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendar kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi. Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
216-moddasiga ko‘ra
Har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.
Ya'ni siz 2021/2022-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ta'tilni o‘sha ish yilining o‘zida olish huquqiga egasiz endi siz bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya olish huquqiga egasiz
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-10T14:54:16.000000Z
|
23,024 |
Bu holatda qanday maslahat berasiz?
|
Assalamu allaykum
Uy qurayotgan edim qo'shni roziligi kerak ekan.
Orqa qo'shnim men tomonga deraza quymaysan deyapti 2 ta deraza bittasi xonaniki bittasi zinani derazasi bor ushani devor bilan uy orasida 2m joy bor qushnimga kurinmaydigan qilib baland devor qilib derazalar uz joyida qolsa buladimi?
|
housing
|
words.regions.tashkent_region
|
Lazizbek
|
2023-06-07T12:32:35.000000Z
| 12,593 |
Ассалому алайкум. Уй-жой қурилиш ишларини олиб боришдан аввал лойиҳа ҳужжати тайёрланиб, туман архитектура ва қурилиш бўлими томонидан келишувдан ўтказилади ва бош архитекторнинг қурилишга рухсатномасини олиш зарур.
Архитектор рухсат беришдан аввал жойига чиқиб ўрганади ва қўшнисига ҳеч қандай зарар етказилмаган ҳолда лойиҳалаштиради. Шунинг учун ушбу масала фақат архитектура томонидан ҳал этилади.
Сизга бу масалада туман архитектура ва қурилиш бўлимига мурожаат этишни маслаҳат бераман.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-08T18:00:16.000000Z
|
23,016 |
Harbiy xizmatni davom ettirishmni qanday talablari bor?
|
Assalomu alaykum Men Jizzax viloyati yashayman
Chegara qo'shinlarida hizmatni o'tadim va kelgacha tuman chaqiruv bo'limiga ham Jizzax shaxar bo'limlariga ham murojat qildim ishlash istagim borligini bayon qildim lekin javob yo'q 2 yil o'tib keti hizmatni davom etirmoqchima yana qayerga murojat qilsam bo'ladi Rashidov Sulton Alimjon o'g'li 2001 yildan yoshim 22da
|
military
|
words.regions.jizzakh
|
Sulton
|
2023-06-06T17:36:53.000000Z
| 12,590 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ishga olishga majbur emas, lekin O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari to‘g‘risidagi qonunga binoan murojaatizga uzog‘i bilan 1oyda javob berishi kerak. Endilikda Siz Bosh prokuraturaga yoki Mudofaa vazirligiga murojaat qiling.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-07T02:17:40.000000Z
|
23,015 |
Noturar joydan turar joy sifatida yashash noqonuniymi?
|
Assalom aleykum
Noturar joyda tunab qolish va uy kabi jihozlab uy turar joy sifatida foydalansa, qaysi qonun buziladi ? Va ushbu qonun buzilganda qaysi organga murojaat qilish kerak?
Raxmat
|
housing
|
words.regions.tashkent_region
|
Oto
|
2023-06-06T16:46:02.000000Z
| 12,594 |
Ассалому алайкум. Мазкур вазиятда Маҳкамасининг 2022 йил 20 апрелдаги 200-сон қарори билан тасдиқланган Бино ва иншоотларнинг ихтисослашишини ўзгартириш, қайта қуриш, реконструкция қилиш ҳамда ўз ҳудудида қўшимча бино ва иншоотларни қуришни лойиҳалаштиришга рухсатнома бериш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг МАЪМУРИЙ РЕГЛАМЕНТИ талаблари бузилади. Унга кўра
нотурар жойни турар жойга ўтказишда:
бино ва иншоотлар аҳоли пунктларининг (шаҳарлар, шаҳарчалар ва қишлоқ аҳоли пунктларининг) ерлари тоифасига мансуб ерлардаги турар жой зоналарида жойлашганлиги;
нотурар жой авария ҳолатида эмаслиги;
турар жойга ўтказилаётган хона бино ертўласи ёки ярим ертўласида жойлашмаганлиги;
турар жойга ўтказилаётган хона қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер майдонларида жойлашмаганлиги;
турар жойга ўтказилаётган хонани тўғридан-тўғри бошидан охиригача ёки бурчагидан шамоллатишни ташкил этиш имкониятининг мавжудлиги, шунингдек, ёндош турар жой ёки нотурар жойлардан тўлиқ изоляцияланганлиги;
хоналар шифтининг (максимум, минимум) баландлиги шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари талабларига мувофиқ эканлиги;
нотурар жойни бошқа шахсга ўтказишга тақиқ йўқлиги ёки ушбу нотурар жойга нисбатан хатлов мавжуд эмаслиги;
зарур санитария-гигиеник узеллар яратиш учун хоналарни мослаштириш имкониятининг мавжудлиги;
марказлаштирилган канализация мавжуд бўлмаган ҳолларда хонага бириктириладиган ер участкасининг майдони турар жой хонасидан, шунингдек, бириктириладиган ер участкасига туташ бўлган бошқа мулкдорларга тегишли турар жойлардан оқова сув ва ҳожатхона учун мўлжалланган ўралардан санитария нормаларига мувофиқ масофада жойлашганлиги;
жой муҳандислик ва транспорт коммуникациялари, ирригация иншоотлари, дарё ва сув ҳавзалари, ишлаб чиқариш объектлари, қабристонлар муҳофаза зоналари, қишлоқ хўжалиги экинларига ишлов бериш учун заҳарли кимёвий моддаларни қўллаш зоналари ҳудудида жойлашмаганлиги;
хонанинг мавсумий ва вақтинча яшаш учун мўлжалланмаганлиги;
шаҳарсозлик ҳужжатларига мувофиқ турар жой биноларини жойлаштириш учун мўлжалланмаган зоналарда жойлашмаганлиги;
хонанинг бозорлар ва бошқа савдо марказларида, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари биноларида жойлашмаганлиги;
тўй ва шунга ўхшаш маросимлар ўтказиш билан боғлиқ 100 тадан ортиқ ўтириш жойи бўлган умумий овқатланиш объекти, кино ва видеофильмлар намойиш қилинадиган стационар ва вақтинча павильонлар, ёзги очиқ эстрада, кинотеатрлар, рақс майдончалари, 500 ўрингача бўлган ёпиқ кинотеатрлар, инсон ҳаёти учун хавфли бўлган портловчи, ёнувчи ва кимёвий воситалар сақлаш омборхоналари, ангарлар, киоскалар, бостирма тоифасидаги объект эмаслиги;
ижтимоий соҳа объектларида ва унга тегишли ер майдонларида жойлашмаганлиги;
в) кўп квартирали уйларни қайта режалаштириш ва реконструкция қилишда қўшниларнинг ёки бошқа учинчи шахсларнинг умумий мулкдан фойдаланиш билан боғлиқ ҳуқуқлари бузилмаслиги ҳамда уларнинг ҳаёти ва соғлиғи учун хавф-хатар юзага келмаслиги;
г) шаҳарсозлик нормалари ва қоидаларига мувофиқлиги.
Бу вазиятда
туман (шаҳар)
қурилиш бўлимига шикоят қилиш мумкин.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-08T18:12:24.000000Z
|
23,009 |
Mazkur qurilishni qurishning tartibi qanday?
|
Hojatxona uchun o'rani ko'chaga qazdirishim mumkinmi?
Assalomu alaykum hurmatli yuristlar!
Hojatxonaga o'ra qazdirishim kerak. Men hovlida (uchastkada) yashayman. Bizda kanalizatsiya o'tmagan, hovli landshafti ham muammolik - hovlini yarmi 4-5 metrlikda joylashgan. Men hojatxonani hovlining tepa qismiga qurayapman. Agar hovliga qazdiradigan bo'lsam pastlikka juda yaqin bo'lib qoladi. Shuning uchun ko'chaga qazdirmoqchiman.
Hojatxonani ko'chaga qazdirishda qonun bo'yicha cheklovlar yo'qmi?
Agar cheklovlar bo'lsa asosni ilova qilsangiz, to'liq tanishib chiqishga imkon bo'lishi uchun.
|
housing
|
words.regions.tashkent_region
|
Baxtiyor
|
2023-06-06T05:52:22.000000Z
| 12,595 |
Ассалому алайкум.
Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизматининг 2022 йил 17 майдаги 0022-22-сон қарорига ИЛОВА Қурилиш ишларини ташкил қилиш бўйича санитария қоидалари, нормалари ва гигиена нормативлари (0022-22-сон СанҚваН)нинг 73-бандига асосан ошхона, ювиниш, чўмилиш ва кир ювиш хоналари, ҳожатхона ҳамда аёлларнинг шахсий гигиена хонаси поллари намликка чидамли жиҳозлардан, сув оқиб кетиш имкони бўладиган қилиб ташкил этилади.
Деворлар, девор оралиғи ва жиҳозлари намликка чидамли, осон тозаланадиган ва дезинфекция қилинишига имкон берадиган маҳсулотлардан тайёрланади.
Маиший бинолар ШНҚ 3.01.01 «Қурилиш ишлаб чиқаришини ташкил қилиш» да талаблари асосида ишлаб чиқарилган лойиҳа ҳужжатларига риоя қилган ҳолда ташкил этилади.
Демак, Сиз бу борада аниқ эчим олиш учун юқоридагини асос қилиб, туманингиздаги СЭСга мурожаат қилинг. Агар улар ўрганиб ижобий хулоса беришса унда қаздирсангиз бўлади.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-08T18:28:13.000000Z
|
23,006 |
Bu holatda kreditni qanday qilib to'latishim mumkin?
|
Ассалам алейкум. Дустим мени номимга кредит олиб беришимни илтимос килди. Кейин узини номига кредит олиб сеникини ёпамиз деди. Мен унга кредит олиб бердим. 38000000 уттиз саккиз миллион. Энди дустим мени кредитимни ёпмокчи эмас. Хар хил бахоналар килаябди. Менда далил сифатида видео обращенияси бор. Ва Анорбанк иловаси историясида уни картасига пул утказганим хам бор. Нима килсам булади. Ёрдам беришингизни сурайман. Олдиндан рахмат!
|
civil
|
words.regions.karakalpakistan
|
Жанибек
|
2023-06-05T16:20:47.000000Z
| 12,596 |
Ассалому алайкум. Бу ҳолатда кредит шартномаси сиз билан тузилган ва банк буни фақат сиздан талаб қилади. Мазкур вазиятда Сиз кредитни ўзингиз тўлаб боришингиз керак чунки тўловда кечикиш бўлса банк сиз билан шартнома тузгани учун сизни судга беради. Сиз эса тўлаган пулингизни ёки олиб берган кредитингизни ундириш мақсадида қўлингиздаги далиллар билан судга мурожаат қилишингиз мумкин. Агар банк рози бўлса ва у одам ўрнизга кирса қарздор бўлиб унда сиз бу вазитядан чиқиб кетасиз.
Ҳозирда ушбу масалада туман прокуратурасига шикоят қилишингиз мумкин.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-08T18:35:03.000000Z
|
22,992 |
Bu holatda qaysi aliment hisobi to'g'ri hisoblanadi?
|
Assalomu Alaykum!
Men hozirda Ayolimga Aliment tulab kelaman. Bir yildan buyon ijrochi oylik oshdi deb oylik aliment tulovi oyiga 1.154.000 buldi deyabdi.
Mib.uz saytidan tekshirsam 1085000 chiqyabdi ishsizlarniki qaysi biri qonunan tug'ri ijrochi hisoblab bergan 1154000 so'mmi yoki mib.uz saytida tekshirganim tug'rimi
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Hamro
|
2023-06-04T18:31:05.000000Z
| 12,583 |
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh hurmatli fuqaro!
Hozirda O‘zbekistonda ishsizlik bo‘yicha alument quydagicha hisoblanadi:
1nafar farzand uchun = 1 085 999.75 so‘m
2nafar farzand uchun =
1 447 999.67 so‘m
3 nafar va undan ortiq farzand uchun = 2 171 999.50 so‘m.
⭕SIZNING KATTA MUAMMOYINGIZGA BIZDA OSON, QULAY, ARZON ENG MUHIMI SAMARALI YECHIM BOR.
Bizda quydagi yuridik xizmatlar mavjud.
♻️Telefon va telegram orqali online maslahat
📄Aliment va moddiy ta'minot to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (3 kunda ijroga qaratiladi,zakssiz ham undirishmumkin)
🚻Ajrim to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish xizmati
💱Qarz to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (til xatsiz ham undirish mumkin)
♻️(jinoiy,ma'muriy,iqtisodiy va fuqarolik)sudlarga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro buyrosi va boshqa davlat tashkilotlariga da'vo, shikoyat yoki taklif yozib online jo‘natishda amaliy yordam
🆔One va mobile id ochishda amaliy yordam
🆔Elektron imzo ochishda amaliy yordam
🆙Prezident vertual qabulxonasiga ariza kiritib berish
🚻(zaks) Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini olib berish amaliy yordam
🚼Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining dublikatini olib berishda amaliy yordam.
Bog‘lanish uchun shaxsiy chatga murojaat qiling.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-05T02:39:37.000000Z
|
22,991 |
Men hozir OTMga topshirsam bo'ladimi?
|
Men Ixtisoslashgan maktabning o'qivchisiman. Bu yil 10 sinfni bitirdim shu yil oliy ta'limga topshirsam bo'ladimi Iltimos shuni batafsilriq tushuntiring Telefon 935444706
|
education
|
words.regions.surkhandarya
|
ozodbek
|
2023-06-04T17:07:14.000000Z
| 12,584 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro siz Otmga imtihon topshirib o‘z bilmingizni sinab ko‘rishingiz mumkin lekin Otmda ta'lim ololmaysiz.
⭕
SIZNING KATTA MUAMMOYINGIZGA BIZDA OSON, QULAY, ARZON ENG MUHIMI SAMARALI YECHIM BOR.
Bizda quydagi yuridik xizmatlar mavjud.
♻️Telefon va telegram orqali online maslahat
📄Aliment va moddiy ta'minot to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (3 kunda ijroga qaratiladi,zakssiz ham undirishmumkin)
🚻Ajrim to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish xizmati
💱Qarz to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (til xatsiz ham undirish mumkin)
♻️(jinoiy,ma'muriy,iqtisodiy va fuqarolik)sudlarga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro buyrosi va boshqa davlat tashkilotlariga da'vo, shikoyat yoki taklif yozib online jo‘natishda amaliy yordam
🆔One va mobile id ochishda amaliy yordam
🆔Elektron imzo ochishda amaliy yordam
🆙Prezident vertual qabulxonasiga ariza kiritib berish
🚻(zaks) Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini olib berish amaliy yordam
🚼Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining dublikatini olib berishda amaliy yordam
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-05T02:43:23.000000Z
|
22,990 |
Bu holatda sotilgan yerga da'vo qilishim mumkinmi?
|
Assalomu aleykum! 20 yil oldin Onamga bosim oʻtkazilgan holda oʻsha paytda Onamning nomida boʻlgan 16 sotx yer uchastkasi Togʻam (Onamning akasi) tomidan sotilgan lekin tilxatda onamning imzosi bor. Tilxat onamning roziligisiz yozilgan! Oradan 20 yil oʻtdi! Onam Togʻamga telefon orqali “yerimni olib berasizmi?” deb murojat qildi va haqoratli qoʻpol javob eshitdi! Men Onamni himoya qilish maqsadida:
“Togʻajon sotib yuborgan boʻlsangiz olib bering” dedim va quyidagi javobni eshotdim:
“Вымогательсто» sani orqanga qilaman, sani 15 yilga qamataman” javobini eshitdim va hamma bo’lgan gap-so’zni shaxsiy telefonimga yozib oldim!
Ma’lumot uchun: yerni sotib olgan shaxs”qarindoshimiz togʻamning bojasi” ga telefon qilib yerni kim sotgan va kim qoʻl qoʻyganligi haqida soʻraganimda quyidagi javibni oldim.
“Yerni togʻang sotgan oying esa qoʻl qoyib bergan”
Bundah holda qanday qilib sotilgan yerga da’vo qilishim mumkun?
Sizdan qonuniy javob berishingizni iltimos qilaman!
Xikmatullaev Yusufmirzo Alisher ogʻli
|
housing
|
words.regions.samarkand
|
Yusufmirzo
|
2023-06-04T15:36:33.000000Z
| 12,585 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro avvalombor yuqoridagi haqoratlar uchun O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga muvofiq
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari fuqarolik sudi orqali ma'naviy zararni ham undirib olish mumkin.
Ikkinchi masala yuzasidan agarda haqiqatdan ham bosim ostida majburiy imzo qo‘ydirilganligi o‘z isbotini topsa yerni o‘zini qaytarib olishni imkoni bo‘lmasa ham kompensatsiya undirib olish mumkin.
Bu masala yuzasidan Prokuraturaga murojaat qiling. Hohlasangiz ariza yozib online jo‘natish xizmati mavjud.
⭕SIZNING KATTA MUAMMOYINGIZGA BIZDA OSON, QULAY, ARZON ENG MUHIMI SAMARALI YECHIM BOR.
Bizda quydagi yuridik xizmatlar mavjud.
♻️Telefon va telegram orqali online maslahat
📄Aliment va moddiy ta'minot to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (3 kunda ijroga qaratiladi,zakssiz ham undirishmumkin)
🚻Ajrim to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish xizmati
💱Qarz to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (til xatsiz ham undirish mumkin)
♻️(jinoiy,ma'muriy,iqtisodiy va fuqarolik)sudlarga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro buyrosi va boshqa davlat tashkilotlariga da'vo, shikoyat yoki taklif yozib online jo‘natishda amaliy yordam
🆔One va mobile id ochishda amaliy yordam
🆔Elektron imzo ochishda amaliy yordam
🆙Prezident vertual qabulxonasiga ariza kiritib berish
🚻(zaks) Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini olib berish amaliy yordam
🚼Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining dublikatini olib berishda amaliy yordam
Aloqa uchun shaxsiy chatga murojaat qiling
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-05T03:00:47.000000Z
|
22,989 |
Bu holatda uy-joyni nomimga o'tkazish tartibi qanday?
|
Assalomu alaykam savolim shundan iboratki, otam yaqinda vafot etdilar, shunga uy va yerlarni o'z nomimga utkazmoqchiman. Dadamni ikkita turmushi bo'lgan. Birinchi ayollaridan 2 ta opam bor,ular ham biz bilan yashaydi. Lekin birinchi ayollari 30 yildan ham koproq oldin uydan ketgan kasalligi tufayli. Kiyin dadam u ayol bilan qonuniy ajrashmay onamlaga uylanganlar shar'iy nikoh bilan. Bu ayollaridan men va ukam bor men 28 yoshda ukam 25. Uy joyni nomimga utkazishda opamlar qarshi bo'lmasa ularni onasini ham roziligi kerakmi? U ayoldan ham roziligi tog'risida ariza yoki tilxat olishim shartmi yoki boshqa yo'li ham bormi. Javob uchun oldindan raxmat.
|
inheritance
|
words.regions.kashkadarya
|
Umid
|
2023-06-04T14:48:07.000000Z
| 12,586 |
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh hurmatli fuqaro!
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga muvofiq agarda shaxs vafot etsayu vasiyatnoma qoldirmasa uning birinchi navbatdagi merosxo‘rlari quydagilar hisoblanadi
Qonuniy turmush o‘rtog‘i
Bolalari
Otasi va onasi.
Demak qonuniy jihatdan otangizni sobiq turmush o‘rtog‘i ulushga ega. SHuning uchun uning roziligi kerak bo‘ladi.
⭕
SIZNING KATTA MUAMMOYINGIZGA BIZDA OSON, QULAY, ARZON ENG MUHIMI SAMARALI YECHIM BOR.
Bizda quydagi yuridik xizmatlar mavjud.
♻️Telefon va telegram orqali online maslahat
📄Aliment va moddiy ta'minot to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (3 kunda ijroga qaratiladi,zakssiz ham undirishmumkin)
🚻Ajrim to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish xizmati
💱Qarz to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (til xatsiz ham undirish mumkin)
♻️(jinoiy,ma'muriy,iqtisodiy va fuqarolik)sudlarga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro buyrosi va boshqa davlat tashkilotlariga da'vo, shikoyat yoki taklif yozib online jo‘natishda amaliy yordam
🆔One va mobile id ochishda amaliy yordam
🆔Elektron imzo ochishda amaliy yordam
🆙Prezident vertual qabulxonasiga ariza kiritib berish
🚻(zaks) Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini olib berish amaliy yordam
🚼Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining dublikatini olib berishda amaliy yordam
Aloqa uchun shaxsiy chatga murojaat qiling
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-06-05T03:08:29.000000Z
|
22,984 |
Bu holatda mashina ikki kishiga bo'linadimi?
|
Assalomu Alaykum Men Avtokridit olganman. 2022-yilni iyun oyida 2022-yilni iyun oyidan boshlab Aliment to'lab kelaman birga yashamaymiz. Mahalla ham dalolotnoma tuzgan.Shu orada uyda hech Kim yuqligidan xech xanday Sudni qarorisiz uydan uzini Meni narsalarimni olib chiqib ketgan ayolim bilan kelisholmay hozirda Ajrimga berganman. Ayolim ajralmayman deb otasini uyida yurubdi ertan Avtokriditni to'lab bo'lganimdan keyin Sud Bizni ajratsa Avtokriditga olgan moshin ikkiga bo'linadimi javob uchun raxmat.
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Hamro
|
2023-06-04T04:11:29.000000Z
| 12,603 |
Ассалому алайкум.
Агар никоҳ даврида уй олинган бўлса унда тенг иккига бўлинади. Оила кодексининг 23-моддасига кўра эр ва хотиннинг никоҳ давомида орттирган мол-мулклари, шунингдек никоҳ қайд этилгунга қадар, бўлажак эр-хотиннинг умумий маблағлари ҳисобига олинган мол-мулклари, агар қонун ёки никоҳ шартномасида бошқача ҳол кўрсатилмаган бўлса, уларнинг биргаликдаги умумий мулки ҳисобланади.
Эр ва хотиндан бири уй-рўзғор ишларини юритиш, болаларни парвариш қилиш билан банд бўлган ёки бошқа узрли сабабларга кўра мустақил иш ҳақи ва бошқа даромадга эга бўлмаган тақдирда ҳам эр ва хотин умумий мол-мулкка нисбатан тенг ҳуқуққа эга бўлади.
Мазкур кодекснинг 28-моддасига биноан эр ва хотиннинг умумий мол-мулкини бўлишда ҳамда уларнинг шу мол-мулкдаги улушларини аниқлашда, агар эр ва хотин ўртасидаги никоҳ шартномасида бошқача ҳол назарда тутилмаган бўлса, эр ва хотиннинг улушлари тенг деб ҳисобланади.
Энди қаранг! Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2023 йил 20 февралдаги 3-сонли қарорининг 7-бандига кўра агар эр-хотин никоҳдан ажратилгунга қадар оилавий муносабатларни тугатган, яъни алоҳида яшаган ва ўз маблағларидан алоҳида фойдаланган, умумий маблағлари ҳисобига мол-мулк олмаган бўлсалар, суд ОК 27-моддасининг
бешинчи қисмига
мувофиқ, эр ёки хотиннинг бири томонидан оилавий муносабатлар тугатилган даврда орттирилган мол-мулкни улардан ҳар бирининг ўз мулки деб топиши ва фақат эр-хотин томонидан оилавий муносабатлар тугатилган вақтга қадар орттирилган мол-мулкни бўлиши мумкин. Оилавий муносабатлар тугатилгандан кейин орттирилган мол-мулкни эр ёки хотиннинг ўз мулки деб топиш тўғрисида қарши даъво берилиши шарт эмас.
Агар Сизда шу ҳолат бўлса унда фуқаролик судига ушбу мулкни ўз мулкингиз деб топиш бўйича ариза билан мурожаат қилишингиз мумкин. Ариза ёзиш хизмати ҳам бор 90 042 00 41
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-09T08:21:20.000000Z
|
22,973 |
Bu holat fribgarlik hisoblanadimi?
|
Uzbekistan102 menistry.store dan davlat karta raqamiga jarima tulash keldi va uzbekiston respublikasi llV kiber jinoyatga qarshi kurash bulimidan bildirishnoma davlat karta raqamiga jarima tulash haqida ungainly Kira 350 Ming sum deyilgan 8600 3104 9816 3039 bu qancha lol tugri? Tulash shartmi? Yoki shart emas?
|
criminal
|
words.regions.ferghana
|
Hazratillo
|
2023-06-02T23:39:19.000000Z
| 12,582 |
Hech qayerga pul to'lamang. Bu firibgarlik. Brauzerni kesh xotirasini tozalab yuboring xabar yo'qolishi kerak.
|
Aslbek Kasimov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-06-03T03:17:55.000000Z
|
22,972 |
Bu holat uchun yangi mehnat kodeksi qanday muvofiqlashtiriladi?
|
Ассалому алейкум, 1 майдаги кучга кирган мехнат кодекси буйича иш жараёнида олган чора курилган булса бошка премияларни хам ола олмайди дейишди. 1 майдан аввалги чоралархам хисобланажими ёки 1 майдан бошлаб хисобланадими
|
labor
|
words.regions.karakalpakistan
|
Дурдана
|
2023-06-02T14:03:13.000000Z
| 12,588 |
Хурматли мижоз. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат Кодексининг (30.04.2023 йилда кучга кирган) 315-моддаси “Интизомий жазонинг амал
қилиш муддати, тугалланиши ва олиб ташланиши” кўрсатилган.
Интизомий жазонинг амал қилиш муддати у қўлланилган кундан эътиборан бир йилдан ошмаслиги керак.
Агар интизомий жазо қўлланилган кундан эътиборан бир йил ичида ходимга янги интизомий жазо қўлланилмаса, у интизомий жазога тортилмаган деб ҳисобланади. Бунда интизомий жазо иш берувчининг буйруғи чиқмасидан автоматик тарзда тугалланади.
Иш берувчи интизомий жазони ўз ташаббусига кўра, ходимнинг бевосита раҳбарининг, касаба уюшмаси қўмитасининг илтимосномасига, шунингдек ходимнинг илтимосига кўра, бир йил ўтгунига қадар муддатидан олдин олиб ташлаш ҳуқуқига эга. Интизомий жазони муддатидан олдин олиб ташлаш иш берувчининг буйруғи билан расмийлаштирилади.
Бу шуни англатадики, интизомий жазо 30 йил 2023 апрелгача амалдаги меҳнат кодексига мувофиқ бир йил давомида амал қилади
|
Viktor Matrasulov
|
words.regions.khorezm
| false | true |
2023-06-05T08:22:48.000000Z
|
22,969 |
Bu holatda yerni alohida bo'lib olish huquqim bormi?
|
Ассалому алейкум мен кушним Билан Бир том остида яшаймиш,турар жойлар кадастр килиб булинган .ер общий пользование дейилган кириш йулак битта жойдан.
Ерни колганини булиб олиш
мумкинми
|
housing
|
words.regions.tashkent
|
Исомиддин
|
2023-06-02T08:18:11.000000Z
| 12,581 |
Ассалому алайкум.
Ер кодексининг 64-моддасига кўра аҳоли пунктларининг умумий фойдаланишдаги ерларига қуйидагилар киради:
майдонлар, кўчалар, тор кўчалар, йўллар, суғориш тармоғи, соҳил бўйи ерлари ва шу каби ерлар;
аҳолининг маданий-маиший эҳтиёжларини қондириш ва дам олиши учун фойдаланиладиган ерлар (дарахтзорлар, боғлар, сайилгоҳлар, хиёбонлар, шунингдек ариқ тармоқлари эгаллаган ерлар);
коммунал-маиший аҳамиятга молик ерлар (қабристонлар, чиқиндиларни зарарсизлантириш ва улардан фойдаланиш жойлари ва бошқа шу каби жойлар).
Аҳоли пунктларининг умумий фойдаланишдаги ерлари ушбу модданинг биринчи қисмида кўрсатилган объектларни сақлаш вазифалари ўз зиммасига юклатилган давлат органлари, муассасалари ва корхоналарига, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларига доимий фойдаланишга берилади, бундай объектлар мавжуд бўлмаган тақдирда эса аҳоли пунктларининг умумий фойдаланишдаги ерлари давлат мулки сифатида шаҳар, туман давлат ҳокимияти органларининг бевосита тасарруфида бўлади.
Аҳоли пунктларидаги сув ҳавзаларининг соҳил бўйи ерлари ва қирғоқ минтақасидан биринчи навбатда дам олиш ва спорт мақсадларида фойдаланилади.
Умумий фойдаланишдаги ерларда бу ер қайси мақсадга хизмат қилса, фақат шунга мос келадиган иморат ва иншоотлар қуришга рухсат берилади.
Йўллар ва ариқ тармоқлари эгаллаган ерлардан ташқари умумий фойдаланишдаги ер участкалари ушбу модданинг иккинчи қисмида кўрсатилган ташкилотлар томонидан юридик шахсларга ва фуқароларга енгил турдаги объектлар (савдо чодирлари, дўкончалар, реклама конструкциялари ва шу кабилар) қуриш учун электрон онлайн-аукцион воситасида қисқа муддатли ижарага берилиши мумкин.
Энди қаранг! “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонуннинг 12-моддасига биноан қуйидаги ер участкалари хусусийлаштирилмайди:
табиатни муҳофаза қилиш, соғломлаштириш, рекреация мақсадлари ва тарихий-маданий мақсадлар учун мўлжалланган ерлар таркибига кирувчи ер участкалари, шунингдек ўрмон ҳамда сув фондларининг, муҳандислик ва транспорт инфратузилмаси объектларининг муҳофаза зоналари, шаҳарлар ва шаҳарчаларнинг умумий фойдаланишдаги ерлари (майдонлар, кўчалар, тор кўчалар, йўллар, соҳил бўйлари, скверлар, хиёбонлар, истироҳат боғлари).
Демак, бу ерларни бўлиб олиш имконсиз. Юқоридаги қоидалар бўйича эса ерни бериш мақсадига мувофиқ иморат қуришингиз мумкин.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-02T08:58:55.000000Z
|
22,961 |
Chet el fuqorosi nomida avtomabilni ishonchnoma bilan uzbekistonda minish tartibi qanday?
|
Chet el fuqorosi nomida avtomabilni ishonchnoma bilan uzbekistonda minish tartibi qanday? .
|
auto
|
words.regions.surkhandarya
|
Boxtiyor
|
2023-06-01T04:45:58.000000Z
| 12,589 |
Хурсматли мижоз. “Ўзбекистон Республикасида чет эл фуқароларининг ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг ҳуқуқий ҳолати тўғрисидаги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни 14 моддасига кўра “Мулкий ва шахсий номулкий ҳуқуқлар” ч
ет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар, агар Ўзбекистон Республикасининг қонунларида ёки халқаро шартномаларида бошқача қоида назарда тутилмаган бўлса, Ўзбекистон Республикаси ҳудудида Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари билан тенг равишда мулк ҳуқуқидан фойдаланади.
Чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар Ўзбекистон Республикасининг қонунларида ва халқаро шартномаларида белгиланган тартибда Ўзбекистон Республикаси ҳудудида ўзига мулк ҳуқуқи асосида тегишли бўлган мол-мулкни мерос қилиб олиш ёки васият қилиш, шунингдек бошқа мулкий ва шахсий номулкий ҳуқуқлардан фойдаланиш ҳуқуқига эга.
Шундай қилиб, чет эл фуқаросининг автомашинасини бошқариш ҳуқуқи учун ишончнома ҳар қандай нотариал идорада берилиши мумкун.
|
Viktor Matrasulov
|
words.regions.khorezm
| false | true |
2023-06-05T09:15:27.000000Z
|
22,953 |
Mazkur sohaga tegishli farmonni qanday topish mumkin?
|
Ассалому алайкум Мен бухгалтер бўлиб ишлайман ПҚ ёки ПФ қарор билан бино ва иншотга 50 фоиз эскириш хисоблаш тўғрисида қарор чиққан эди ушбу ПҚ ёоки ПФ ни топишда амалий ёрдам берингизлар ,,,,,,,????? Кимга мурожат қилсам бўлади 99/776-94-03
|
housing
|
words.regions.samarkand
|
Murodjon
|
2023-05-31T12:02:08.000000Z
| 12,598 |
Ассалому алайкум. Ўзбекистон Республикаси Қурилиш вазирининг 27.04.2022 йилдаги 74-сон буйруғи бор бу бўйича lex.uz да ҳам бор.
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-08T18:41:10.000000Z
|
22,951 |
Mazkur holat firibgarlik hisoblanadimi?
|
Ассалому алайкум. Жияним менинг телефонимдан ҳар хил порно сайтларга кирган ва ҳозир менга 242-модда билан жиноий иш очилади 300 000 сўм жарима тўламасангиз ва қурилмадаги контактларга СМСФ юборамиз, деб МВД-штраф24.ру сайтидан хабар келди браузеримга. 242-моддани тушинтириб берсангиз, илтимос! Бу хабар хаккерларни найранги эмасми?
Shu holat yuzasidan savolim bor edi: agar soʻralgan pul toʻlanmasa firibgarlar qandaydir yoʻl bilan qurilmadagi kontaktlarga sms yuborishi mumkinmi yoki bu hammasi insonga shunchaki ruhiy ta'sir oʻtkazishmi?
Javob uchun oldindan rahmat
|
criminal
|
words.regions.samarkand
|
Zaynab
|
2023-05-31T08:47:40.000000Z
| 12,580 |
Assalomu alaykum,
Bu internetdagi firibgarlik. Jinoyat kodeksi 242-moddasi Jinoiy uyushma tashkil etish jinoyati nazarda tutilgan.
|
Akbarjon Mamadaliyev
|
words.regions.namangan
| false | true |
2023-05-31T17:11:54.000000Z
|
22,948 |
Bu holatda haydovchilik guvohnomasini muddatidan oldin qaytarib olishim mumkinmi?
|
Assalomu Alaykum. Men O'zJKning 266-modda 2-qismi (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan sudlanganman 4yil uy qamogi qo'lanilindi va haydovchilik guvohnomadan mahrum boldim haydovchilik guvohnomani mudatidan oldin olsa boladimi
|
auto
|
words.regions.tashkent
|
Hojiakbar
|
2023-05-30T20:45:16.000000Z
| 12,575 |
Assalomu alaykum
Sizga asosiy jazodan tashqari mashina boshqarish huquqini ham cheklashganmi ? Haydash huquqidan qancha muddatga mahrum boʻlgansiz. Bu boʻyicha sudni hukmida yoki alohida qarori mavjudmi? Shuni ilova qila olasizmi?
|
Jahongir Dadajonov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-05-31T07:55:49.000000Z
|
22,948 |
Bu holatda haydovchilik guvohnomasini muddatidan oldin qaytarib olishim mumkinmi?
|
Assalomu Alaykum. Men O'zJKning 266-modda 2-qismi (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan sudlanganman 4yil uy qamogi qo'lanilindi va haydovchilik guvohnomadan mahrum boldim haydovchilik guvohnomani mudatidan oldin olsa boladimi
|
auto
|
words.regions.tashkent
|
Hojiakbar
|
2023-05-30T20:45:16.000000Z
| 12,577 |
Ассалому алайкум, амалдаги жиноят ижроия қонунчилигига мувофиқ, муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш жазосига ҳукм қилинган шахслар
қуйидаги асосларда
жазони ўташдан озод қилинади ва ҳисобдан чиқарилади:
суд ҳукми билан белгиланган жазо муддати ўтаб бўлинганда;
амнистия акти қўлланиши ёки афв этилиши муносабати билан;
жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинганда
;
суд ҳукми бекор бўлганда;
қонунда назарда тутилган бошқа асосларда.
Жазони ўташдан муддатидан илгари шартли равишда озод қилиш белгиланган
жазо турлари учун ўрнатилган тартиб-қоида талаб-ларини бажарган ва меҳнатга ҳалол муносабатда бўлган маҳкумга нисбатан қўлланилади.
Ша
ртли равишда озод қилиш маҳкум:
а) ижтимоий хавфи катта бўлмаган ёки унча оғир бўлмаган жинояти учун суд тайинлаган жазо муддатининг камида учдан бир қисмини;
б) оғир жинояти учун, шунингдек қасддан содир этган жинояти учун, агар шахс илгари қасддан содир этган жинояти учун озодликдан маҳрум этишга ҳукм қилинган бўлса, суд тайинлаган жазо муддатининг камида учдан икки қисмини;
в) ўта оғир жинояти учун, шунингдек жазодан муддатидан илгари шартли озод қилинган ёки жазоси енгилроғи билан алмаштирилган шахс жазонинг ўталмаган қисми мобайнида қасддан янги жиноят содир этганлиги учун ҳукм қилинган бўлса, суд тайинлаган жазо муддатининг камида тўртдан уч қисмини ҳақиқатда ўтаб бўлганидан кейин қўлланилиши мумкин.
Жиноят процессуал кодексининг 536-моддасига асосан м
уайян ҳуқуқдан маҳрум этиш тарзидаги жазодан озод қилиш
жамоат бирлашмаси, жамоа, маҳкумнинг ўзи ёки унинг ҳимоячисининг илтимосномасига
биноан судья томонидан амалга оширилади.
|
Baxtiyorjon Vaxobov
|
words.regions.ferghana
| false | true |
2023-05-31T08:27:48.000000Z
|
22,948 |
Bu holatda haydovchilik guvohnomasini muddatidan oldin qaytarib olishim mumkinmi?
|
Assalomu Alaykum. Men O'zJKning 266-modda 2-qismi (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan sudlanganman 4yil uy qamogi qo'lanilindi va haydovchilik guvohnomadan mahrum boldim haydovchilik guvohnomani mudatidan oldin olsa boladimi
|
auto
|
words.regions.tashkent
|
Hojiakbar
|
2023-05-30T20:45:16.000000Z
| 12,578 |
Assalomu aleykum hurmatli fuqaro. Sizga nisabat sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 4 yil ozodlikni cheklash asosiy jazo hamda ma'lum bir muddatga muayyan huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish bo'yicha jazo chorasi belgilanagan bo'lishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum etish jazosi asosiy jazo muddatida amal qiladi, agar hukmda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa. Bunda
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 27-iyuldagi 157-son
buyrug‘iga asosan
muayyan huquqdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar
quyidagi asoslarda jazoni o‘tashdan ozod qilinadi va hisobdan chiqariladi:
sud hukmi bilan belgilangan jazo muddati o‘tab bo‘linganda;
amnistiya akti qo‘llanishi yoki afv etilishi munosabati bilan;
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda;
sud hukmi bekor bo‘lganda;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarda.
Yuqoridagi asoslar mavjud bo'lgan taqdirda siz guvohnomangizni olishingiz mumkin bo'ladi.
|
Dostonbek Yunusov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-05-31T10:07:13.000000Z
|
22,946 |
Bu vaziyatda yolg'iz onalar uchun qanday yordam mavjudmi?
|
Здравствуйте хочу уточнить у меня двое детей а мужа нет есть ли какая то помощь как мать одиночке у меня есть кредит мне предлагали сделать какой то бизнес не получилось в итоге у меня былл банкротство а есть платить в месяц 1,5 миллиона нет возможности как мне дальше быть сможете что-то подсказать
|
socialsecurity
|
words.regions.samarkand
|
Kamila
|
2023-05-30T16:12:44.000000Z
| 12,604 |
Если заемщик не имеет финансовой возможности выполнять долговые обязательства, то он подает заявление в суд на признание его неплатежеспособным. Далее назначается финансовый управляющий, который займется делом о банкротстве. Далее все долги списываются:
• Если не имеет смысла реструктурировать долг, план реструктуризации не одобрен кредиторами, судом, либо не дал результатов (это бывает в 99% дел при введении этапа реструктуризации). К примеру, у заемщика нет дохода или он недостаточный, чтобы обеспечивать семью и еще платить кредит после реструктуризации. Если план априори никак не решит проблему долга, то финансовый управляющий сразу подает ходатайство на пропуск данного этапа банкротства и введение этапа реализации.
• Если нет имущества, которое по закону подлежит продаже в счет погашения долга. Следующим этапом после реструктуризации идет реализация имущества. http://lex.uz//docs/5957616 О неплатежеспособности
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-06-09T08:24:21.000000Z
|
22,940 |
Passportda tug'ilgan sanani qanday o'zgartirsam bo'ladi ?
|
Assalomu alaykum.Mening pasportimdagi tug'ilgan kunim 4-Sentabr kuni.Guvohnomamda ham xuddi shunday.Aslida esa boshqa sanada tug'ilganman.Shu sababli pasportdagi sanani o'rgartirmoqchi edim.Buning iloji bormi.Bor bo'lsa qayerga murojaat qilishim kerak?
|
government
|
words.regions.navoiy
|
Axror
|
2023-05-30T07:44:39.000000Z
| 12,572 |
Eng birinchi tug'ilganlik haqidagi guvohnomani to'g'rilashiz kerak. Bu uchun FHDY ga borasiz. Keyin pasportni o'zgartirishiz mumkin bo'ladi
|
Aslbek Kasimov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-05-30T08:43:59.000000Z
|
22,933 |
bu holatda o'qishni boshqa fakultetga ko'chirsam bo'ladimi?
|
Men Jahon tillari nemis tili yo'nalishda kechki talimda oqiyman 2- kurs tamomlaganman turmushga chiqvoman xojaynim prapiskasi jizzaxda men 3-smestrda qarzim bor lekin perovod olishim kerak lekin bizda jizzaxda nemis tili yunalishi yuq menga boshqa tilga perovod olsam boladimi?Turmushga chiqanimdan keyin toshkenda o'qishga oilaviy sharoitimiza ko'tarmaydi
|
education
|
words.regions.tashkent_region
|
Gulrux
|
2023-05-30T04:45:22.000000Z
| 12,568 |
Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 20 июндаги 393-сон қарори билан тасдиқланган “Олий таълим муассасалари талабалари ўқишини кўчириш, қайта тиклаш ва ўқишдан четлаштириш тартиби тўғрисида”ги Низомнинг 4-бандига биноан олий таълим муассасалари талабалари ўқишини кўчириш ва қайта тиклашда (кейинги ўринларда талабалар ўқишини кўчириш ва қайта тиклаш деб аталади) таълим йўналишларининг (мутахассисликларининг) номланиши бир хил бўлганда бундай таълим йўналишлари (мутахассисликлари) мос деб ҳисобланади.
Олий таълимнинг турдош таълим йўналишлари рўйхати Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ишлаб чиқилади ва Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссияси томонидан тасдиқланади.
15-бандига кўра олий таълим муассасалари талабаларининг ўқишини кўчириш (кейинги ўринларда Талабалар ўқишини кўчириш деб аталади) бўйича аризаларни топшириш ва кўриб чиқиш қуйидагича амалга оширилади:
ўқишини кўчириш бўйича аризаларни тақдим этиш — ҳар йили 15 июлдан 5 августга қадар амалга оширилади;
аризаларни олий таълим муассасаси, тегишли вазирлик (идора) ёки Давлат комиссияси томонидан кўриб чиқиб, қарор қабул қилиш — ҳар йили 5 августдан 30 августга қадар амалга оширилади.
Талабалар ўқишини кўчириш узрли сабабларга кўра (республиканинг бир ҳудудидан иккинчи ҳудудига доимий яшаш учун ёки турмушга чиқиш муносабати билан турмуш ўртоғи доимий яшайдиган (паспорт бўйича доимий рўйхатдан ўтган) ҳудудга кўчиб ўтганда, турмуш ўртоғи ёки ота-онаси ҳарбий хизмат ўташ жойини ўзгартирганда, ёхуд ота-онаси (турмуш ўртоғи) хориждаги давлат хизматидан қайтганда) баҳорги семестрда ўқув машғулотлари бошланишидан олдин ҳам амалга оширилиши мумкин. Бунда:
ўқишини кўчириш бўйича ариза топшириш — ҳар йили 20 декабрдан кейинги йилнинг 20 январига қадар;
ўқишини кўчириш бўйича аризани кўриб чиқиб, қарор қабул қилиш — ҳар йили 25 январдан 15 февралга қадар амалга оширилади.
Демак, Сиз Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигига мурожаат қилиб, турдош таълим йўналишларини сўраб олинг. Агар Сизга мос келадиган бор бўлса ва юқоридаги 15-бандга тушсангиз перевод қилсангиз бўлади.
Вазирликнинг телефон рақами:
71 246-0112
|
Muxriddin Shamsiddinov
|
words.regions.tashkent_region
| false | true |
2023-05-30T05:21:52.000000Z
|
22,925 |
Bu faoliyat uchun oylik maosh qanday hisoblanadi?
|
Filologiya (ona tili)sirtqi yónalishda óqib shu bóyicha kasb hunar maktabida soatbay ishlayman. Yiliga 2 marta o'qishga kelgan paytim manga oylik qancha miqdorda tólanishi kerak?
|
labor
|
words.regions.bukhara
|
Ozoda
|
2023-05-28T15:00:45.000000Z
| 12,560 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 385-moddasiga ko‘ra oliy ta'limning sirtqi shaklida tahsil oluvchi birinchi bosqich talabalariga yil davomida 20 kun ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil oluchilar uchun yil davomida kamida 40 kun sessiya yoki labaratoriya ishida qatnashishi uchun
O‘RTACHA OYLIK ISH HAQQI SAQLANGAN
holda qo‘shimcha ta'til beriladi.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-05-28T16:21:40.000000Z
|
22,924 |
Mazkur harakat firibgarlik hisoblanadimi?
|
Assalomu alaykum menda ham xuddi shu holat kuzatildi. Va menga 350.000 som deb xabar keldi. Iltimos sizlardan menga tushuntirib beringlar. Men hali maktabni tuganmaganman. Menda kuchli xavotir boshlandi.
|
criminal
|
words.regions.tashkent_region
|
Asadbek
|
2023-05-28T10:46:37.000000Z
| 12,555 |
Bu narsa firibgarlik xolos. Broutherni kesh xotirasini o'chirib yuboring xabar yo'qolishi kerak
|
Aslbek Kasimov
|
words.regions.andijan
| false | true |
2023-05-28T10:55:50.000000Z
|
22,921 |
IIBlarga qabul qilinishning qanday tartib qoidasi mavjud?
|
Assalomu alaykum. Men Almamatova Mashxura hozirda O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Tarjimonlik fakulteti 2-bosqich talabasiman. Savolim shundan iboratki, ichki ishlarga hijobli qizlar ham qabul qilinadimi? Javob uchun oldindan rahmat.
|
military
|
words.regions.sirdarya
|
Mashxura
|
2023-05-28T04:17:51.000000Z
| 12,556 |
Assalomu alaykum hurmatli Almamatova Mashhura
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra Ichki ishlar organlari safiga 18yoshdan kichik bo‘lmagan 30yoshdan yuqori bo‘lmagan (ayrim bo‘linmalariga 30yoshdan yuqori fuqarolar ham qabul qilinadi) bo‘yi (o‘g‘il bola 165,Qizlar 160sm) bo‘lgan, kerrakli bilimga ega bo‘lgan hamda ichki ishlar xodimlari vazifalarini bajarishga sog‘ligi to‘g‘ri keluvchi fuqarolar qabul qilinadi. Bunda nazariy: psixologik suhbat, tarix va huquqdan test sinovlari
Jismoniy: turniketda tortinish va ikki xil masofaga yugurish sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Diqqat bu yerda hijob ishga kirishga to‘sqinlik qilmaydi.
L E K I N

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.07.2019 yildagi PQ-4394-son DAVLAT ORGANLARI XODIMLARINING FORMALI KIYIM-BOSH KIYIB YURISHI TARTIBINI MAQBULLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA qaroriga muvofiq
Ichki ishlar xodimlarining ayollarga alohida erkaklarga alohida kiyinish madaniyati xatto har bir kiyimning ko‘rinishi smgacha ko‘rsatilgan.
Ushbu qarorga ko‘ra xodimlarning bosh kiyimi sifatida furajka va shlyapa ko‘rsatilgan.
XULOSA QILIB aytganda sizni ishga kirishingizga hech qanday to‘sqinlik mavjud emas. Lekin ishga qabul qilingandan so‘ng ichki tartib qoidaga amal qilib yuqoridagi qarorda ko‘rsatilgan kiyimlarni kiyishingiz kerak bo‘ladi.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-05-28T13:29:04.000000Z
|
22,919 |
Men bu holatda uy-joy uchun subsidiya olishim mumkinmi?
|
Assalomu alekum meni nomimda uy bor u uyda 3 xojalik yashaymiz men davlat tashkilotida ishlayman subsidiya uylardan olish niyatidaman nomimda uy bolsa xam menga subsidiya uy beriladimi
|
socialsecurity
|
words.regions.andijan
|
Gulnoza
|
2023-05-27T17:35:10.000000Z
| 12,563 |
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ushbu holatda sizning arizangiz rad etiladi.
|
G'ayrat Abdinazarov
|
words.regions.kashkadarya
| false | true |
2023-05-28T17:26:14.000000Z
|
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.